Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAM OLISH MASKANLARI VA ISTIROXAT BOG‘LARI QURILISHIDA BAJARILADIGAN GEODEZIK QIDIRUV ISHLARI
Katta o‘qituvchi: Kenjayev Ulug‘bek Abdulakimovich · Talaba: Rasulov Asilbek Baymurod o‘g‘li
Педагоги · 2026
Аннотация
В статье дается информация о функциях зон отдыха и парков, геодезических работах, выполняемых при их строительстве, работах по созданию геодезического обеспечения территории, рассматриваются методы их создания. Annotation: The article provides information on the functions of recreation areas and parks, geodetic work carried out during their construction, work on creating geodetic support for the territory, and discusses methods for their creation. Kalit so‘zlar: Geodezik qidiruv ishlar, elektron taxeometr, nivelir, poligonometriya tarmog‘i, balandlik tarmog‘i, geodezik usul, poligonometriya punkti. Ключевые слова: Геодезическая съемка, электронный тахеометр, нивелир, полигонометрическая сеть, высотная сеть, геодезический метод, полигонометрический пункт. Keywords: Geodetic survey, polygonometrik network, altitude network, geodetic method, polygonometrik point. elektronik total station, Kirish qismi. Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoevning tashabbuslari bilan Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabani ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasini keng miqyosda yoritish, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish, ularning beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida xususan Toshkent shaxrida “Shon-sharaf” davlat muzeyi hamda Yurtimizning bir qator tuman, shaharlarida, “Mangu jasorat” va “Matonat” monumentlari shuningdek dam olish maskanlari barpo etilmoqda. Asosiy qism: Maxsuslashtirilgan yirik masshtabli planlarning asosiy qismini loyihalash, qurish va injenerlik-inshootlaridan foydalanish jarayonida tuziladigan plan https://scientific-jl.com/ped 3 02 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 va profillar tashkil etadi. Qoʻllanilishiga qarab qidiruv planlari, ijroviy planlar va kadastr planlariga boʻlinadi. Qidiruv planlari qurilish maydonlari yoki trassaning eng qulay variyantlarini tanlash uchun; ijroviy planlar qurilish jarayonida tuzilib, qurilayotgan binoning loyiha bilan mosligini tekshirish uchun; kadastr planlari bino va inshootlardan foydalanish jarayonida ularning maydoni, oʻlchamlari, yer osti kommunikatsiyalari, yuridik, egalik va hokazolarni roʻyhatga olish uchun tuziladi. Hozirgi davrda tuzilayotgan planlarning aksariyat qismi kadastr planlari boʻlib, ularda xususiy va davlat mulki, oʻrmon, yer, suv havzalari tasvirlanadi va ularning tannarxi va sifati haqidagi toʻliq maʼlumotlar keltiriladi. Yirik masshtabli plan olish maydon hajmiga bogʻliq ravishda stereotopografik, taxeometrik, teodolit bilan plan olish va maydonni nivelirlash usullari yordamida amalga oshiriladi. Yirik masshtabli planlarda plan olish usulidan qatʼiy nazar joyning relyefi otmetkalar bilan birga gorizontal orqali ifodalanadi, temir va avtomabil yoʻllari, elektr uzatish tarmoqlari, quvur oʻtkazgichlar, kanallar, daryolar va boshqalar o‘z shartli belgilari bilan toʻliq koʻrsatiladi. Planli va balandlik syomka asoslari joyda mavjud geodezik asosni yirik masshtabli topografik syomkalarni taʼminlash darajasigacha zichlab yetkazish maqsadida quriladi. Syomka asosi davlat geodezik tarmoqlari, 1-va 2-razryad zichlash tarmoqlari punktlarida rivojlantiriladi. Maydoni 1 km² gacha boʻlgan joylarda syomka asosi tarmogʻi mustaqil tarmoq sifatida qurilishi mumkin. Planli syomka tarmoqlari teodolit yoʻli yoki yoʻllar sistemasi, mikrotriangulyatsiya va diagonalsiz toʻrt burchaklar tarmoqlari hamda geodezik toʻgʻri va teskari kesishtirishlarni bajarish orqali quriladi. Bunda ushbu tarmoqlar nuqtalari balandligi birdaniga aniqlanadi. Bizga geodeziyadan ma’lumki har qanday barpo etiladigan geodezik tarmoqlar oʻzidan bir pogʻona yuqori tarmoq punktlariga bogʻlanishi lozim. Dam olish maskanlari va istiroxat bog‘lari qurilishidan avval qurilish maydoniga bino va inshootlar, yer osti va usti kommunikatsiyalarini rejalash uchun talab etiladigan aniqlikda rejalash asosi barpo etilgan boʻlishi lozim. Ana shu geodezik asos rejalash asosi boʻlishi bilan birga, qidiruv plani uchun ham syomka asosi boʻlib xizmat qiladi. Topografik-geodezik qidiruv ishlarini dastlabki qismini yuqorida aytib oʻtganimizdek qurilish maydoni chegarasiga yaqin joylashgan, barpo etilishi rejalashtirilgan planli va balandlik geodezik tarmoqlari sinfidan yuqori boʻlgan joyda mavjud geodezik tarmoq punktlarini tadqiq qilishdan boshlanadi. Masalan, katta maydondagi bir istiroxat bog‘i obyekti uchun rejalangan geodezik tarmoqlarlar chegarasi yaqinida olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 ta 98 markadagi II klass triangulyatsiya punkti, 1 ta 158 markadagi 1-razryad poligonometriya punkti hamda 1 ta 145 markadagi III-klass devoriy reperlari joyda mavjud bo‘lishi bajariladigan geodezik ishlarning aniqligini ta’minlaydi. h
Доказательный фрагмент
«В статье дается информация о функциях зон отдыха и парков, геодезических работах, выполняемых при их строительстве, работах по созданию геодезического обеспечения территории, рассматриваются методы их создания.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье дается информация о функциях зон отдыха и парков, геодезических работах, выполняемых при их строительстве, работах по созданию геодезического обеспечения территории, рассматриваются методы их создания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Geodetic survey, polygonometrik network, altitude network, geodezik usul, elektron taxeometr, nivelir, balandlik tarmog‘i, poligonometriya tarmog‘i, poligonometriya punkti., Kalit so‘zlar: Geodezik qidiruv ishlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025