К содержанию
РецензированоUZ2026

SUNIIY OZUQA YEMINING BALIQCHILIK XO’JALIKLARIDA TUTGAN O’RNI

TUTGAN O’RNI

Исследователь · 2026

Аннотация

Baliqchilik ko’llarida suniiy ozuqa yemi baliqlar tomonidan oson hazm bo'lishi uchun ularni ozroq 2-3 maxal berish tavsiya qilinadi, meyoridan ortiqcha ozuqa yemini baliqlarda hazm bo'lmasa yoki ortib qolsa u suvni ifloslantiradi va baliqlarning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bu ozuqa yemi tarkibida protein, yog', uglevodlar, vitaminlar va minerallar muvozanatli bo'lishi taminlash baliqlarning o'sish, rivojlanishi va maxsuldorligini oshirishda aloxida axamiyatga ega bo’ladi. Kalit so’zlar; Baliqchilik, ko’l, baliq, suniiy, ozuqa, protein, o'sish, rivojlanish. Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda baliqchilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini sifatli va puxta ta’minlash choralari ko’rilmoqda [1,2]. Sun’iy suv havzalari baliq maxsuldorligini oshirish uchun baliqchilik xo’jaliklarining ozuqa yemiga bo’lgan talabi qondirish dunyo bo’yicha global muammolarni ko’ndalang qilib quymoqda. Bu global muammolarni yechimi uchun butun bir kopleks omillarga demografik, ekologik, iqtisodiy, texnologik, sotsialsiyosiy harakterga ega bo’lib, bir – biri bilan o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan masalalarni yechimini topishni ko’ndalang qilib qo’yadi [3]. O’zbekiston Respublikasida kundan kunga jalal suratlar bilan o’sib kelayotgan aholini oziq-ovqat xavsizligini taminlash, aholini turmish darajasini oshirish, yangi ish o’rinlari yaratish va ho’jalik yuritishni yanada yaxshilashda baliq mahsulotlarini ishlab chiqish xajmini oshirish va baliqchilikni respublikamizda rivojlantish dolzarb muammo bo’lib hisoblanadi. Baliqlarning ozuqaga bo’lgan talabini, organizm hayoti faoliyati uchun zarur bo’lgan va doimiy o’sishni ta’minlovchi (yilar davomida yuqorida ko’rsatqich va aniq suv omborida) energiya miqdori bilan belgilanadi va quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: Cn = 1,25 [(R:Ck) + (P:Ck)] (1) https://scientific-jl.com 3 2 63-son_4-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Bu yerda, C =ozuqaga bo’lgan talab (g x dona-1 x sutka-1 yoki Dj.dona-1 x dona) n sutka-1. C – ratsionining energetik ekzivalenti (Dj2-1). k Baliqlarni ozuqa bilan ta’minlanishi har bir baliq zotining ozuqa bilan ta’minlanishini boholash uchun bir yoshdagi zotlar gurpasi yoki butun baliqlar populyatsiyasini ozuqaga bo’lgan talabini va real (aniq) ratsion bilan solishtirish natijasida aniq yoki aniq suvlik uchun zaruriy ozuqa aniqlanadi[4]. Respublikamizda tovar baliqlarni etishtirish asosan, ikki yo’nalishda tabiiy sharoitlarda (ko’l, daryo va boshqa suv havzalarida) hamda sun’iy havzalarda (baliqchilik ko’llari va boshqa) baliqchilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarda tovar baliqlari yetishtiriladi. Bu baliq turlari O’zbekistondagi yer hovuzlariga, chuchuk va nimsho’r suvda o’sib-rivojlanish uchun juda qulay moslashgan sanoat ahamiyatiga molik baliqlar turi xisoblanadi. Bugungi kunda sun’iy hovuz xo’jaligida baliq boqish va baliqlarni oziqlantirish haqida juda ko’p adabiyotlar mavjud. Ayniqsa, baliqlarni ozuqaga bo’lgan talabi, aniq ozuqa muhitida ozuqa bilan ta’minlash, baliqlarning ozuqa organizmlarni jadal iste’mol qilishi hamda ozuqa ob’ektining baliqlar populyatsiyasi tomonidan samarali foydalanishi, qo’shimcha baliq ozuqa emi bo’yicha ma’lumotlar keltirish mumkun. Bu borada intensiv va annanaviy usulda baliq yetishtirishda baliqlar kichik ko’llarda juda tig’izlikda, maxsus Omixta yem bilan boqiladi va yuqori hosildorlikka erishiladi. Intensiv usulda baliqlar tor muhitda kamharakat bo’ladi va muntazam berib turiladigan ozuqa bois juda tez o’sishi va maxsuldorligini oshiradi. Baliqchilik ho’jaliklarida baliqlarni boqishda omixta yem, ortiqcha yer va suv resurslari kam talab etadi. Annanaviy usulda tabiiy sharoitlarda rivojlangan baliqlar ozuqa topish uchun doimiy harakatda bo’ladi va o’sish jarayoniga uzoq vaqt ketadi va katta yer va suv resurslari kerak bo’ladi[5]. Baliqlar uchun Omixta em (kombikorm) bir necha xil kontsentrat yemlarning aralashmasidan iborat bo’lib, baliqlarni boqishda tekshirilib aniqlangan va oziqlik ahamiyati tasdiqlangan maxsus retseptlar bo’yicha tayyorlandi. Retseptlar esa baliqlar uchun zarur bo’lgan barcha oziq moddalar yetarli miqdorda bo’lishini, ularning energiyasi molning fiziologik talabini qondira olishi hisobga olib tuziladi[6]. Baliqlarni ozuqa yemi bilan baliqlantirish — bu baliqlarning tez o’sishini va sog’lom holda bo’lishini ta’minlash maqsadida ularga maxsus xo’rak berish jarayonidir. Baliqlar uchun yemi shaklidagi ozuqalar odatda ularning oziqlanish ehtiyojlariga moslashtirilgan bo’lib, baliqlar turiga, hayot davriga va muhitiga qarab tanlanadi. Tovar baliqlari uchun ozuqa yemi tayyorlashda har bir baliq turi, yoshini o’ziga xos ozuqa yemi mavjud va bu yemi to’g’ri tanlash baliql

Доказательный фрагмент

«Baliqchilik ko’llarida suniiy ozuqa yemi baliqlar tomonidan oson hazm bo'lishi uchun ularni ozroq 2-3 maxal berish tavsiya qilinadi, meyoridan ortiqcha ozuqa yemini baliqlarda hazm bo'lmasa yoki ortib qolsa u suvni if…»

Образец извлечения

Демо-превью

Baliqchilik ko’llarida suniiy ozuqa yemi baliqlar tomonidan oson hazm bo'lishi uchun ularni ozroq 2-3 maxal berish tavsiya qilinadi, meyoridan ortiqcha ozuqa yemini baliqlarda hazm bo'lmasa yoki ortib qolsa u suvni if… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
protein, suniiy, rivojlanish., ko’l, baliq, Kalit so’zlar, ozuqa, o'sish, Baliqchilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники