Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY IJODKORLIKGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART - SHAROITLARI
RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN · Saidova Dilnoza Baxtiyor qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli vositalardan samarali foydalanish orqali tarbiyachilar ijodiy yondashuv, innovatsion fikrlash, hamda zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkinligi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada pedagogik jarayonda raqamli texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar — texnik, metodik va psixologik omillar tahlil etilgan. Muallif ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli resurslarni integratsiyalash orqali tarbiyachilar faoliyatida ijodkorlikni rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni ilgari suradi. Kalit so‘zlar: bo‘lajak tarbiyachi, kasbiy ijodkorlik, raqamli texnologiyalar, pedagogik shart-sharoitlar, innovatsion ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli kompetensiya KIRISH.Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagog kadrlar, xususan, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. XXI asrda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga chuqur integratsiyalash, shuningdek, pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Ana shunday sharoitda tarbiyachilar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, shuningdek, ijodkorlik bilan faoliyat yuritishi talab etiladi. 42 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 Bugungi kunda raqamli texnologiyalar nafaqat ta’lim mazmunini boyitmoqda, balki tarbiyachining kasbiy shakllanishida ham muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Interaktiv platformalar, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari, sun’iy intellekt imkoniyatlari orqali tarbiyachilarning o‘qitish va tarbiyalash jarayonidagi yondashuvlari takomillashmoqda. Raqamli muhitda samarali ishlash, innovatsion vositalardan ijodkorona foydalanish tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, ularni samarali yo‘lga qo‘yish muhim ilmiy-amaliy vazifalardan biridir. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari, ularni tatbiq etishdagi pedagogik, metodik va texnologik shart-sharoitlar, shuningdek, tarbiyachilar faoliyatida ijodkorlikni shakllantirishga oid mexanizmlar atroflicha yoritiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashga oid ilmiy-tadqiqotlar soni ortib borayotgan bo‘lishiga qaramay, ularning bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirishdagi roli hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu boisdan mavjud ilmiy manbalarni tahlil qilish, bu boradagi ilg‘or tajriba va nazariy yondashuvlarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlarning asarlarida raqamli texnologiyalarning pedagogik jarayonga ta’siri, ta’lim sifatini oshirishdagi imkoniyatlari, o‘qituvchining raqamli kompetensiyasi, shuningdek, innovatsion texnologiyalar yordamida ijodiy fikrlashni shakllantirishga oid fikrlar ilgari surilgan. Jumladan, A.V. Khutorskoy, E.S. Polat, T.I. Shamova, M.V. Klarin, N.S. Serova kabi pedagog-olimlar o‘z tadqiqotlarida raqamli vositalarning ta’limdagi metodik asoslari va pedagogik imkoniyatlarini yoritib berganlar. O‘zbekistonlik olimlardan esa G'.Yo. Khamidov, M.T. Ismoilov, S.Q. Juraev, D.Sh. G‘ofurov va boshqalar tomonidan raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiyalash, ta’limning raqamlashtirilgan muhitini yaratish, raqamli savodxonlik va pedagogik innovatsiyalarni tatbiq etish masalalari atroflicha yoritilgan. Jumladan, S.Q. Juraev raqamli ta’lim muhitida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi interaktiv munosabatlarning 43 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 ahamiyatini ta’kidlaydi. G‘.Yo. Khamidov esa raqamli vositalarning kasbiy kompetensiyani rivojlantirishdagi rolini chuqur tahlil qilgan.Bo‘lajak tarbiyachilar kasbiy faoliyatga tayyorlanar ekan, ularning ijodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, kreativ yondashuvlar, loyiha usullari, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) bilan uyg‘unlashgan metodik ishlanmalar orqali amalga oshirilmoqda. Raqamli texnologiyalardan foydalanish bu jarayonni tezlashtiradi, samaradorligini oshiradi hamda individual yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha P. Torrens, G. Aliev, D.B. Bogoyavlenskaya kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy modellarda ijodiy tafakkur, muammoli vaziyatlarda yangicha yondashuv, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarining rivoji asosiy mezon sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Bu ko‘nikmalarni shakllantiri
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bo‘lajak tarbiyachi, pedagogik shart-sharoitlar, raqamli texnologiyalar, innovatsion ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kasbiy ijodkorlik, raqamli kompetensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024