К содержанию
РецензированоUZ2026

EKISH ME’YORI, KO‘CHAT QALINLIGI VA MA’DAN O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIRI

D. B.Holiqova

Журнал универсальных научных исследований · 67 · 1-36 · 2026

Аннотация

The paper studies the effect of different planting rates and mineral fertiliser application on soil agrochemical properties. According to the results, by the end of the application period, the amount of humus decreased by 0.005-0.002% and nitrogen by 0.001-0.005% in the variants with 10 kg/ha sowing and different fertiliser rates, while the amount of humus increased by 0.001-0.008% and nitrogen by 0.003- 0.005% compared to the variants with 14 and 18 kg/ha sowing and different rates. Kalit so‘zlar: Crotalaria juncea L., ko‘chat qalinligi, ma’dan o‘g‘itlar me’yori, gumus, azot, fosfor, nitratli azot, harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliy. Ключевые слова: Crotalaria juncea L., густота стояния всходов, норма минеральных удобрений, гумус, азот, фосфор, нитратный азот, подвижный фосфор, обменный калий. 487 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Key words: Crotalaria juncea L., sprouting density, mineral fertiliser rate, humus, nitrogen, phosphorus, nitrate nitrogen, mobile phosphorus, exchangeable potassium. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tuproq unumdorligini saqlab qolish va oshirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada o‘g‘itlash tizimi va ekish me’yorining o‘zaro uyg‘unligi katta ahamiyatga ega. O‘g‘itlar tuproqning agrokimyoviy xossalarini o‘zgartirish orqali o‘simliklarning oziqlanish rejimini yaxshilaydi, ekish me’yori esa o‘simliklar orasidagi raqobatni belgilaydi. Dehqonchilikda qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahsuldorligi va sifatini oshirish uchun albatta tuproq unumdorligini tiklash va yaxshilash eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Ma’lumki, qo‘llaniladigan ma’dan o‘g‘itlar (NPK) tuproqdagi chirindi miqdorini oshirmaydi, balki uning zahirasini parchalanishi va saqlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Krotalariya (Crotalaria juncea L.) tropik o‘simlik bo‘lib, tuproqqa azot va organik moddalar qo‘shish, begona o‘tlarning o‘sishini oldini olish va almashlab ekishda samarali hisoblanadi. O‘simlik gullari changlatuvchilar uchun nektar manbai hisoblanadi [5; 343-350-b]. O‘simlik turli xil almashlab ekishda ham sinab ko‘rilgan. Eng yaxshi natija krotalariyadan keyin bug‘doy ekilganda kuzatilib, uning hosildorligini 10-15 % oshganligi kuzatilgan [1]. Shuningdek, J.D.Junior, F.Coelho [3] kabi tadqiqotchilar o‘simlikning havo biomassasida gektariga 320 kg azot to‘plashini aytishgan. A.Clark Editor [2] kabi xorijiy olimlarning ta’kidlashicha, krotalariya tuproq eroziyasini kamaytirish va namligini saqlash, begona o‘tlarning o‘sishini kamaytirish va tuproqqa azot miqdorini ko‘paytiradi degan xulosaga kelishgan. Shuningdek, krotalariya begona o‘tlarni bostirishga va zarakunandalarni kamaytirishga yordam beradi. U tuproqni azotga boyitadi hamda yashil go‘ng sifatida ishlatsa bo‘ladi [4. Yuqorida keltirilgan ilmiy manbalar tahlilidan ko‘rinadiki, krotalariya o‘simligi tuproqning agrokimyoviy xossalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Adabiyotlarda qayd etilganidek, krotalariya ekinini ekish orqali tuproqning unumdorligini barqaror saqlash va yuqori hosildorlikka erishish mumkin. Tajribalar 2022-2024 yillarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti markaziy tajriba maydonida olib borilgan. 2023 yilda olingan ma’lumotlarga qaraganda, tadqiqotlar o‘tkazilgan dalaning amal davri boshida 0-30 sm tuproq qatlamidagi gumus miqdori 0,844%, azot 0,042 %, fosfor 488 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 0,150 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 30-50 sm qatlamda ushbu ko‘rsatgichlar, gumus 0,520%, umumiy azot 0,040%, umumiy fosfor 0,121 % oralig‘ida bo‘ldi. Oziqa elementlarini amal davri boshidagi harakatchan shakllari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga qaraganda, tuproqning haydov qatlamida nitratli azot miqdori 17,59 mg/kg ni, haydov osti qatlamida esa 15,20 mg/kg oralig‘ida, harakatchan fosfor miqdori tegishlicha 9,66 mg/kg va 7,39 mg/kg oralig‘ida bo‘lganligi aniqlangan bo‘lsa, almashinuvchi kaliy miqdori esa tuproqning 0-30 sm qatlamida 144,0 mg/kg ni, 30-50 sm qatlamida esa 115,5 mg/kg ni tashkil etdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tadqiqotlar o‘tkazilgan tajriba uchastkasining tipik bo‘z tuproqlari klassifikasiya bo‘yicha azot va fosfor bilan juda kam va almashinuvchi kaliy bilan esa kam darajada ta’minlanganligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlarga qaraganda, tadqiqotlar o‘tkazilgan dalaning 0-30 sm tuproq qatlamidagi gumus miqdori mavsum boshiga nisbatan mavsum oxirida Crotalaria juncae ni ekish me’yori va o‘g‘itlash me’yoriga bog‘liq holda taqqoslanganda oziqa elementlarini o‘zlashtirilishi turlicha bo‘lganligi aniqlandi. Jumladan, gektariga 10 kg dan urug‘ ekilgan variantlardan nazorat va N P K kg/ga ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilgan 2-variantda 60 90 60 gumus miqdori tuproqning 0-30 sm qatlamida 0,005% ga, umumiy azot 0,005-0,002 % ga, umumiy fosfor 0,015-0,007 % ga kamaygan bo‘

Доказательный фрагмент

«The paper studies the effect of different planting rates and mineral fertiliser application on soil agrochemical properties.»

Образец извлечения

Демо-превью

The paper studies the effect of different planting rates and mineral fertiliser application on soil agrochemical properties. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Crotalaria juncea L, sprouting density, mineral fertiliser rate
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники