Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QOVOQ O‘SIMLIGI VA URUG‘INING FOYDALI XUSUSIYATLARI
M.B.Sabirova (Urganch davlat universiteti magistranti)
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Pumpkin – is an important food and medicinal plant cultivated worldwide. Its fruit, seeds, flowers, leaves and stems contain many substances beneficial to human health. This article analyzes the chemical composition, medicinal properties, use in the food industry and its importance in traditional medicine of pumpkin. Keywords: Pumpkin, microelements, macroelements, antioxidants, vitamins, seeds, oil, immunity. Kirish. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda qishloq xoʻjaligida boʻlayotgan oʻzgarishlar tufayli polizchilikka ham e’tibor kuchaymoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti davrida, oziq-ovqat muammo boʻlib turganda qimmatbaho ekinlardan boʻlgan tarvuz, qovun va qovoq yetishtirishni koʻpaytirish taqoza etilmoqda. Poliz ekinlarini yetishtirishning oʻziga xos agrotexnik xususiyati mavjud boʻlib, oʻsimliklar yerning relyefiga talabchan emas ya’ni tuproq tanlamaydi. Shoʻrga va qurgʻoqchilikka chidamli boʻlib, kam sugʻorish orqali oʻstirish mumkin. Bu xususiyatlardan tashqari 443 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya poliz ekinlari issiqlikka, yorugʻlikka, tuproqning yumshoqligiga va tarkibidagi oziq moddalar miqdoriga nihoyatda talabchanligi bilan boshqa ekinlardan farqlanadi [1]. Poliz ekinlaridan turli maqsadlarda ishlatilib, iste’molda yangiligicha va sanoatda qayta ishlash uchun xom-ashyo sifatida, bundan tashqari chorvachilikda ozuqa sifatida foydalaniladi. Poliz ekinlari mevasi tarkibida inson organizmi yaxshi oʻzlashtiradigan organik mahsulotlardan uglevodlar mavjuddir. Bu xususiyatlardan tashqari poliz ekinlari mevasining tarkibida har xil vitaminlar boʻlib, B B va PP, kul elementlari, 1, 2 organik kislotalardan limon, olma va qahrabo kislotalari uchraydi. Poliz ekinlarni mevasini qayta ishlab ulardan har xil mahsulotlar olinadi. Tabobatda ham poliz ekinlarining mevasi juda katta ahamiyatga egadir. Qovoq mevasi shifobaxshlik xususiyatlari yuqoriligi bilan tarvuz va qovundan ajralib turadi. Qovoq organizmda moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi va vazn tashlashga yordam beradi. Terining yorilishi va ajin tushishidan himoya qiladi va immunitetni mustahkamlaydi. Sababi qovoq tarkibidagi beta-karotin ultrabinafsha nurlari ta’sirida teriga yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytiradi. Yurak-qon tomir, jigar kasalliklarini davolashda xizmat qiladi va oshqozon-ichak, buyrak faoliyatini, koʻrish qobilyatini yaxshilaydi. Bu xususiyatlaridan tashqari qovoq yurak-qon tomir tizimi salomatligini mustahkamlaydi. Sababi o‘simlik tarkibidagi kaliy, B vitamini, klechatka va antioksidantlar yurak-qon tomir tizimi faoliyatini rag‘batlantiradi. Pnevmoniya, shamollashni davolaydi va saraton hujayralarining rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Urugʻlari qon bosimini pasaytirishda va gijjalarni haydashda foydalaniladi. Qovoq mevasining tarkibida koʻpgina minerallar, antioksidantlar, vitaminlar A, C, E, K, PP, B B mavjuddir. Bulardan tashqari turli xil organlar va tizimlarning 6, 12, salomatligini ta’minlaydigan mikroelementlarni – kalsiy, kaliy, magniy, rux, mis, fosfor va temirni oʻz ichiga oladi va butun tanaga ijobiy ta’sir koʻrsatadi [2]. Qovoqni tarkibidagi beta-karotin mavjud boʻlib, u A vitaminiga aylanib, koʻrish qobilyatini yaxshilashga yordam beradi. Ya’ni qovoq o‘simligi lyutein va zeaksantinning eng yaxshi manbalaridan biri hisoblanadi. Bulardan tashqari meva tarkibidagi karotinoidlar koʻz pardasini mustahkamlashga yordam beradi. Ayniqsa, katarakta kasalligini oldini olishda qovoq mevasi samarali vosita hisoblanadi. Qovoq tarkibidagi antioksidantlardan alfa hamda beta-karotin, beta-kriptoksantin va boshqalar saqlanadi, ular esa organizmga oksidlovchi stress hamda uning asoratlariga qarshi kurashish 444 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun yordam beradi. Qovoqning bu xususiyatlaridan tashqari bu o‘simlik vazn tashlashga ham yordam beradi. Sababi qovoq etining 94 foizi suvdan iborat. Bu ko‘rsatkich uning kam kaloriyali ekanligini ko‘rsatadi. Qovoq o‘simligi urug‘ining organizm uchun bir qancha foydali xususiyatlari aniqlangan. Xususan, kuchli antioksidant, yurak uchun foydali, saratondan himoya qiladi, qandli diabetni davolaydi, immunitetni mustahkamlaydi, uyqu sifatini yaxshilaydi, ozishga yordam beradi va suyaklarni mustahkamlaydi. Qovoq urug‘lari tarkibidagi E vitamini va karotinoidlar tufayli kuchli antioksidant hisoblanadi. Ushbu antioksidantlar yallig‘lanishni kamaytiradi va organizmni turli tashqi ta’sirlardan himoya qiladi va xuddi shu antioksidantlar yurakni bir qancha kasalliklardan himoya qiladi. O‘simlik urug‘i tarkibidagi magniy qon bosimini pasaytiradi. Bundan tashqari, zararli xolesterin va triglitseridlarni kamaytiradi. Qovoq urug‘larini muntazam iste’mol qilish oshqozon, ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratoni xavfini oldini oladi. Bu xususiyat ham tarkibidagi antioksidantlar bilan bo‘liqdir. Urug‘i tarkibidagi karotin
Доказательный фрагмент
«Pumpkin – is an important food and medicinal plant cultivated worldwide.»
Образец извлечения
Демо-превьюPumpkin – is an important food and medicinal plant cultivated worldwide. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pumpkin, microelements, macroelements, antioxidants, vitamins, Qovoq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025