К содержанию
РецензированоRU2020

XORAZM VILOYATI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN NO’XAT O’SIMLIGINING (CICER ARETINUM L) BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ollanazarov Satimboy Boltaboyevich · Babajanov Ilyor Tajibayevich

Журнал универсальных научных исследований · 2020

Аннотация

Среди бобовых культур горох является одним из наиболее устойчивых к воздушно-почвенным климатическим условиям и засухе. Установлено, что сорта нута, высаженные в научно-исследовательских целях в Хорезмской области в 2020-2023 годах, по биологическим и экологическим признакам являются эффективными по росту, развитию и урожайности. В Средней Азии нут выращивают в основном в засушливых районах. В засушливых регионах урожайность нута зависит от весенней влажности. Annotation. Among legumes, the pea plant is one of the most resistant to air and soil climatic conditions and drought. In the conditions of the Khorezm region, it was found that the varieties of pea plant planted for research purposes in 2020-2023 were effective in terms of their biological and ecological characteristics, growth and development, and productivity. In the conditions of Central Asia, peas are mainly grown in arid regions. In arid regions, the yield of peas depends on spring moisture. No’xat O'zbekistonda eng keng tarqalgan dukkakli don ekinlaridan biri. Donidan turli taomlar tayyorlanadi, ayniqsa, sho'rva, palovga ko'p solinadi. Oq donli navlari oziqovqat, qora donli navlari em-xashak uchun o'stiriladi. No‘xat (Cicer arietinum L.), dunyodagi ikkinchi eng ko‘p iste’mol qilinadigan dukkakli ekinlardan biri bo’lib dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida yetishtiriladi. Bu diabetga chalinganlar uchun ne'mat bo'lib, inson salomatligiga foydali ta'sir 447 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ko'rsatadigan A, C, E, K, B1-B3, B5, B6, B9 vitaminlari va minerallar (Fe, Zn, Mg va Ca) kabi muhim oziq moddalarning ajoyib manbaidir. 2050 yilga kelib, dunyo aholisi 9 milliarddan oshib ketishi mumkin va millionlab odamlarni boqish uchun no'xat ishlab chiqarishni ko'paytirish kerak, chunki bu bug'doy uniga sog'lom alternativa va diabetga chalinganlar uchun foydalidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqatning ekologik xavfsizligi va resurslari kam bo'lgan kichik fermerlarning hayoti uchun juda muhim bo'lgan dukkakli o'simlik hisoblanadi. Biotik va abiotik stressga chidamli navlarni yaratishda ajoyib yaxshilanishlarga erishilgan bo'lsa-da, hali ham ko'plab kamchiliklar mavjud va buni amalga oshirish uchun no'xat etishtirishga genomik texnologiyalarni kiritish, shunga muonan turli iqlim sharoitlarga mos navlarni takomillashtirgan xolda yetishtirishni rivojlantirish talab qilinadi. No’xat yetishtirish Xorazi viloyati sharoitida shu kungacha ilmiy asoslangan xolda ekib yetishtirilmagan. 2020 yildan boshlab no’xatning 6 ta navini ekish muddatlari va ko’chat qalinligining xosildorlikka tasirini o’rganish maqsatida PSU ilmiy tadqiqot tajriba maydonlarida ekib o’rganilmoqda. 2023 yilgacha tajriba uchun ekilgan noxat vavlarining Xorazm viloyati sharoitiga biologik va bioekologik moslanishlari fenologik va biologik kuzatuvlardan ma’lum bo’ldiki, Xorazm viloyati sharoitida yetishtirish orqali 29-30 sentenergacha xosil olish mumkin ekanligi isbotlandi. No'xat – Cicer aretinum L. bir yillik o'tsimon o'simlik. Ildizi 100-150 sm chuqurlikka kirib boradi. Yon ildizlari yaxshi rivojlangan. Poyasi tik, sershox, bo'yi 60- 80 sm ga etadi. Barglari murakkab, toq patsimon, chetlari mayda tishsimon 11-17 ta barglardan iborat. O'simlik bezchali dag'al tuklar bilan qoplangan. Tuklardan ajralib chiqadigan organik kislotalar no'xatni zararkunandalar (no'xat qurti, biti) dan saqlaydi. Gullari yakka, barg qo'ltig'ida hosil bo'ladi, mayda, rang-barang oq, qizil, pushti va boshqa ranglarda bo’ladi. Dukkagi pufaksimon bo'rtgan, tuxumsimon cho'ziq, rombsimon, sertuk, yorilmaydi, pishganda somonsimon bo'lib sarg'ayadi. Urug'i burchakli, qo'y boshiga o'xshaydi, cho'zinchoq tumshuqli yoki yumaloq bo'ladi. Bir dona dukkakda 1-2 ta urug'lari bo'ladi, 1000 urug' vazni 100-600 g. Issiqqa talabchan, ayniqsa, gullash va pishish fazalarida. U sovuqqa ham chidamli bo’lib O'zbekiston sharoitida qishlab chiqadigan shakllari, navlari bor. Urug'lari 2-50S haroratda ko'kara boshlaydi. Maysalari 110S sovuqqa chidaydi. Qurg'oqchilikka va 448 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori haroratga chidamli. O'zbekistonning tog'li mintaqasida va umuman seryog'in yillari askoxitoz, fuzarioz singari zambrug' kasalliklari bilan zararlanadi. Bruxus qo'ng'izidan kam zararlanadi, ammo no'xat qo'ng'izidan kuchli zararlanadi. Ular no'xat urug'larini kuchli zararlaydi, ayniqsa, sug'oriladigan erlarda, desis yoki zolon bilan ishlanadi. Dukkaklari pishganda yorilmaydi. O'zbekistonda bo'z, o'tloq-bo'z, o'tloq tuproqlarda yaxshi o'sadi. Sho'rga chidamsiz ammo nisbatan sho’rlanishga ega bo’lgan Xorazm viloyati sharoitida o’sib rivojlanishi va xosil berishi aniqlandi. Ekish muddatlari. No'xat erta bahorgi ekin. U erta bahori don ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Tuproqni urug' ekiladigan qatlamida harorat 6-70S ga etishi urug' ekish uchun

Доказательный фрагмент

«Среди бобовых культур горох является одним из наиболее устойчивых к воздушно-почвенным климатическим условиям и засухе.»

Образец извлечения

Демо-превью

Среди бобовых культур горох является одним из наиболее устойчивых к воздушно-почвенным климатическим условиям и засухе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
No‘xat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники