К содержанию
РецензированоUZ2026

SUDON O’TI “CHIMBAYSKAYA 8” NAVINING URUG’LARINI UNUVCHANLIGIGA EKISH SXEMASI VA BIOSTIMULYATORLAR ME’YORINING TA’SIRI

ME’YORINING TA’SIRI · ARahimova N.O. · Bobojonov J.U

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

This article studies the effect of the sowing scheme and the rate of biostimulants on the germination of Sudan grass seeds in field conditions. It was found that the application of the Fertilize biostimulant at a rate of 0.7 l per hectare as a standard had a positive effect on the germination of seeds, and it was found in the experiments that the rate of Geogumant at a rate of 1.2 l per hectare had a positive effect on the germination of plant seeds. Keywords. Sudan grass, biostimulant, rate. stem, leaf, bunching, harvest. 452 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Kirish. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2023 yil 24 avgustdagi PQ – 285 son “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida paxta va g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100-150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratilishi, hamda tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga qulay bo‘lgan hududlarda sotish shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan. [1] Sudan oʻti Yevropaning janubida, shimoliy va sharqiy Afrikada, Hindiston, Shimoliy Amerika, Antil orollari, Janubiy Amerika va Avstraliyada yetishtiriladigan bir yillik oʻsimlik hisoblanadi. Sudanda va Nil daryosi vodiysida yovvoyi holda oʻsadi. Ajoyib em-xashak o'simligi, yuqori ozuqaviy qiymati, yaxshi hazm bo'lishi bilan ajralib turadi va chorva mollari yaylovda ham, pichan sifatida ham oson iste'mol qilinadi. Boshqa jo'xori turlari kabi, kamdan-kam hollarda u zaharli bo'lishi mumkin. [2] Sudan o‘ti bir yillik qo‘ng‘irbosh o‘t, qurg‘oqchilikka chidamli, yuqori to‘yimli, chorva mollari tomonidan to‘la yeyiladigan o‘t. Sudan o‘ti ko‘kat, pichan silos, senaj va urug' tayyorlash uchun ekiladi. Ko‘kat hosili 60-80 t, urug‘ hosili 2,5 t. Ko‘katning 100 kg 22 ozuqa birligi va 2,8 kg oqsil, pichanida esa tegishlicha ozuqa birligi 57 va 7,4 kg oqsil mavjud. Sudan o‘ti takroriy ekin sifatida ham ekiladi va o‘t aralashmalariga qo‘shiladi. Sudan o‘tining ko‘payish koeffitsiyenti yuqori: gektariga 15-20 kg urug‘ ekilib 20-30 s urug5 olish mumkin. Sudan o‘ti Poaceae oilasiga, Sorghum turkumiga va sudanense P. Per. turiga mansub. 255 Vatani Sudan (Afrika). 0‘zbekistonda XX asrning 20-chi yillaridan beri ekiladi. Tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Ildizi popuk ildiz bo‘lib yaxshi rivojlangan, ildizi 2-2,5 m chuqurlikka kirib boradi va 70 sm yon tomoniga larqaladi. Sudan o‘ti tuproqning ozuqa elementlarini yaxshi o‘z!ashtiradi. [3] So'nggi paytlarda jo'xori turlari issiqlik va qurg'oqchilikka chidamliligi, o'ziga xos kasalliklar va zararkunandalarga chidamliligi kabi ko'plab afzalliklari tufayli mashhurlikka erishdi. Bundan tashqari, ular tuproq turlarining keng doirasiga yaxshi moslashgan. Sorghum donalari glyutensiz oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin, qo'ylarga, cho'chqalarga va hatto parrandalarga berilishi mumkin, lekin odatda qoramollar uchun maydalanadi. Butun zavod sirop, qurilish materiallari va 453 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to'siqlar, hayvonlar uchun ozuqa va qayta tiklanadigan energiya uchun xom ashyo ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin [4]. O'tsimon turlar o'sish bosqichida o‘riladi, chorva hayvonlari uchun ajoyib yashil massa hosil qiladi. Bunday holda, o'simlik o‘rilgandan keyin juda tez o'sadi. Qulay sharoitlarda, to'g'ri sug'orish va belgilangan muddatlarga rioya qilgan holda, mavsumda 3-4 tagacha o't olish mumkin [5]. Jo‘xori-sudan duragaylari, sudan o‘ti va qand jo‘xori ko‘k massa va pichan uchun ko‘p marta o‘rib yetishtirilganda har bir o‘rimdan keyin 600 m3/ga hisobidan qo‘shimcha sug‘orish amalga oshiriladi. [6] Tajriba o’tkazish uslubu va maydoni. Tajribalar 2023 yilda “Nurulla safarboy” fermer xo’jaligida dala tajriba maydonining o’rta qumoqli, o’tloqi alluvial tuproqlari sharoitida va Xorazm viloyati KRASS Agromaslaxat laboratoriyasida olib borildi. Tajriba 15 variantli 4 takrorlanishda olib borilgan bo’lib, har bir paykalning maydoni 28 m2 ni tashkil qilgan. Umumiy tajribo olib borilgan maydon 0.2 ga ni tashkil qildi. Sudon o’ti “Chimbayskaya 8” urug’lari ekishdan oldin geogumat biostimulyatorining 1.0, 1.2, 1.4 l/t va fertilayf biostimulyatorining 0.7 l/t urug’larga ishlov berilgan. Tajribaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, sudon o’ti navining kuzatuv ishlari va biometerik ko’rsatgichlar olib borildi. Geogumat biostimulatori – bu o'simliklarning o'sishini va rivojlanishini rag'batlantirish uchun mo'ljallangan tabiiy modda. U asosan gumus va biologik faol moddalar asosida yaratilgan. Fertilayf biostimulatori – bu o'simliklarning o'sishini rag'batlantirish va ularning sog'lig'ini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan organik biostimulator. U o'simliklarning rivo

Доказательный фрагмент

«This article studies the effect of the sowing scheme and the rate of biostimulants on the germination of Sudan grass seeds in field conditions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article studies the effect of the sowing scheme and the rate of biostimulants on the germination of Sudan grass seeds in field conditions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sudan grass, biostimulant, rate. stem, leaf, bunching, harvest, Sudon o’ti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники