Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUG‘DOYNING KO‘CHAT QALINLIGI VA UMUMIY TUPLASHIGA EKISH MUDDATI VA ME’YORINING TA’SIRI.
Z.B.Alloberganova (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.) · O.J.Palvanov (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.) · K.S.Atajanova (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.)
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
The article presents the results of scientific research conducted to study the influence of planting date and rate on seedling density and tillering of local wheat varieties, which have long been cultivated in Uzbekistan, in the conditions of the Khorezm region. Key words: Planting rate, crop structure, productivity, seedling thickness, yield, seed mass, number of productive stems. Kirish. Mamlakatimiz aholisining don va non mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining o‘sib borishi don yetishtirishni ko‘paytirish hamda uning sifatini oshirishni taqoza etadi. Axolining don va don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, bugungi bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan, mulkchilikning yangi shakllari shakllanayotgan davrda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Xar bir davlatning iqtisodiy salohiyati, aholining turmush tarzi, don va don maxsulotlari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. G‘alla don ekinlari asosan non 460 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maxsulotlari olish uchun ekib yetishtiriladi. Kundalik xayotimizni nonsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Bug‘doy noni insoniyat tomonidan ochilgan eng buyuk ixtiro hisoblanadi. Shu sababli don hosildorligi, sifati, yetishtiriladigan yalpi don hosilini barqarorlashtirishga qaratilgan har qanday tadbir olimlarni qiziqtirib kelgan. Non asosiy oziq-ovqat mahsuloti, dasturxonimizning fayzi. Kuzgi bug‘doy ko‘p davlatlarda asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lganligi sababli ilmiy jihatdan yaxshi o‘rganilgan ekin sanalasdi. Uning hosili va don sifati ekish me’yorlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun, bu muammoga bag‘ishlanib mamlakatimizda va xorijda ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan va otkazilib kelinmoqda. Bug‘doy siyrak ekilganda tuplanishning kuchayishi, bosh poyalar sonining kamayib ikkilamchi, uchlamchi va keyingi poyalarning ko‘payishi, ekinzorning begona o‘tlar bilan ifloslanishi fotosintetik, assimilyasiya yuzasinig kam bo‘lishi hisobiga don hosilining kamyishi kuzatiladi. Tup qalinligini me’yoridan oshirish, tuproqda namlik va oziq moddalar yetishmasligiga, o‘simliklarni yotib qolishiga, kasallik va zararkunadalar bilan zararlanishiga, hosilning pasayishiga sababchi bo‘ladi. Demak o‘simliklarni siyrak bo‘lishi hamda me’yoridan ortiq zich bo‘lishi hosildorlikni va don sifatini pasayishiga olib keladi. Ekish me’yorlarini ekish muddatlari davomida yo‘l qo‘yilgan xatolarni ekish me’yorlarini ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali qisman bartaraf qilish mumkin. Shuning uchun ekish muddatlarini ekish me’yorlariga bog‘lab o‘rganish so‘nggi yillarda eng dolzarb muammoga aylanmoqda. Kuzgi bug‘doy don hosildorligi shuningdek urug‘ ekish me’yoriga bog‘liq. Ekish me’yori navning biologik xususiyatlari, tuproq sharoiti, urug‘ning kattakichikligi singari omillarni hisobga olgan xolda belgilanadi. Yaxshi tuplanadigan navlarning ekish me’yori kamroq, tuplanuvchanligi past bo‘lgan navlarning ekish me’yori esa yuqoriroq bo‘ladi. Respublikamizning shimoliy viloyatlarida janubiy viloyatlariga nisbatan ekish me’yorini biroz yuqoriroq belgilash lozim. Iqlim qancha issiq va quruq bo‘lsa, ekish me’yorlari shunchalik kichik bo‘ladi. Shuningdek urug‘ kechroq ekilganda urug‘ ekish me’yori 10 % ko‘paytiriladi. Yuqori don hosilini shakllanishida sug‘oriladigan yerlar sharoitida boshoqli ekinlarning maqbul tup hamda mahsuldor poyalar qalinligi muhim ahamiyatga ega. Siyrak va ortiqcha zich ekilganda hosilining pasayishi aniqlangan. Birinchi holda, ayniqsa, keyingi yillarda o‘simliklar begona o‘tlar bilan ko‘proq ifloslanib, mahsuldor 461 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya poyalar kam bo‘lsa, ikkinchi holda esa ko‘proq namlik va oziq moddalar yetishmasdan qoladi. Bundan tashqari, zich ekilgan dalalardagi o‘simliklarning tez yotib qolishi kuzatilgan. Mahsuldor poyalar optimal ekish me’yorlarida shakllanishini va, ayniqsa, navlarning ekish aniqlash hosildorlikning mo‘l bo‘lishini ta’minlaydi [2,6,7]. Turli mintaqalarda boshoqli don ekinlaridan yuqori hosilli va sifatli don yetishtirish uchun tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan nav agrotexnikasini ishlab chiqish zarur. Akademik V.Ya.Yurevning ta’kidlashicha, har bir navning maqbul tup qalinligi bir qator biologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi [8]. Ekish me’yori o‘simlikning tezpisharligi, tuplanish qobiliyati, yotib qolishga chidamliligiga bog‘liq bo‘lishini akademik V.N.Remeslo aniqlagan [4]. Ko‘pchilik olimlarning ta’kidlashicha tup qalinligi o‘simlikning urug‘ massasi, unuvchanligi, fizik tozaligi, tuproq-iqlim sharoiti, tuproqni unumdorlik darajasi, o‘tmishdosh ekin, solinadigan o‘g‘itning miqdoriga bog‘liq ekanligini ta’kidlashsa, ayrim tadqiqotchilar ekish me’yorining oshishi bilan dala unuvchanligini pasayishini, boshqa tadqiqotchilar esa aksincha, oshishini ko‘rsatganlar [1,3,5]. O‘simlik hosil strukturasining aniqla
Доказательный фрагмент
«The article presents the results of scientific research conducted to study the influence of planting date and rate on seedling density and tillering of local wheat varieties, which have long been cultivated in Uzbekis…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents the results of scientific research conducted to study the influence of planting date and rate on seedling density and tillering of local wheat varieties, which have long been cultivated in Uzbekis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Planting rate, crop structure, productivity, seedling thickness, yield, Ekish me’yori
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025