К содержанию
РецензированоRU2020

DANAKLI MEVALARDA ZAMBURUG‘ KASALLIKLARINI UCHRASHI

Y.A. Matyakubova (ABU Rayhon beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti) · B.O.Aminboyeva (ABU Rayhon beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti)

Журнал универсальных научных исследований · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada Xorazm viloyati sharoitida danakli mevalarda uchraydigan zamburug‘ kasalliklari va shaftoli daraxtining fenologik fazalari o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: shaftoli, jigar rang chirish, kurtak, gul kurtak, meva, fenologik faza, klyasterosporioz. Аннотатция. В статье рассматриваются грибковые заболевания косточковых культур и фенологические фазы персиковых деревьев в Хорезмской области. Ключевые слова: персик, бурая гниль, почка, цветочная почка, плод, фенологическая фаза, клястероспориоз. Annotation. The article discusses fungal diseases of stone fruit crops and phenological phases of peach trees in the Khorezm region. Keywords: peach, brown rot, bud, flower bud, fruit, phenological phase, clasterosporium. Kirish. Shaftoli (Prunus persica (L.) Batsch) – Rosaceae (o‘rikdoshlar) oilasiga mansub, dunyo bo‘ylab o‘stiriladigan barg to‘kuvchi daraxt yoki buta. Shaftoli vatani bo‘lgan Xitoy dunyoda yetakchi ishlab chiqaruvchi bo‘lib, 2020-yilda 15,02 million tonna shaftoli yetishtirgan, bu global ishlab chiqarishning 61,12% ini tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Ispaniya (1,31 million tonna), Italiya (1,02 million tonna), Turkiya va Gretsiya (0,89 million tonnadan), Eron (0,66 million tonna), AQSh (0,56 million tonna), Misr (0,34 million tonna), Chili (0,31 million tonna) va Hindiston (0,27 million tonna) joylashgan (FAOSTAT, 2020). Shaftoli yangi meva, konservalangan mahsulotlar, quritilgan gazaklar va meva sharbati sifatida ishlatilishidan tashqari, bahorda oq, pushti yoki qizil gullari tufayli bezak o‘simliklari sifatida ham qadrlanadi. 417 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Tijorat maqsadida shaftoli yetishtirish bir qancha sabablarga ko‘ra murakkab jarayondir. Bunga asosiy sabab, shaftolining ko‘plab zamburug‘li va bakterial kasalliklarga moyilligi bo‘lib, bu kasalliklar hosil miqdori va sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayrimlari esa daraxtlarning umrini qisqartiradi. Emi D. Ziems (2009) ma’lumotlarida o‘rik va boshqa tosh mevalarda jigarrang chirish Alomatlarni tanib olish va kasallik siklini tushunish, uni nazorat qilishga yordam berish haqida ilmiy izlanishlar qildi. Jigarrang chirish Nebraska shtatidagi o‘rik va boshqa tosh mevalarga (gilos, nektarin, shaftoli va olxo‘ri) ta’sir qiluvchi keng tarqalgan va halokatli kasallikdir. Bu zamburug‘ gullarga, mevali shoxlarga (gul va mevali novdalar) va mayda shoxlarga hujum qilishi mumkin. Ushbu kasallikdan ko‘p zarar meva pishib etishdan oldin yoki o‘rim-yig‘im paytida va undan keyin infektsiyalanganida sodir bo‘ladi. Atrof-muhit sharoitlari qulay bo‘lganda, butun hosil daraxtda butunlay chirishi mumkin. O‘rim-yig‘imdan so‘ng, saqlash vaqtida sovutilmagan mevalar ikki yoki uch kun ichida chirishi mumkin. Tadqiqot materiallari va uslubi. Tadqiqotlar Xorazm viloyati Yangibazar tumani fermer xo‘jaligida 2024-2025 yillar davomida olib borildi. Xronik kasalliklar bilan asosan daraxtlarni ko‘p yillik organlari, tanalari, shoxlari va ildiz sistemasi zararlanadi. Bu kasalliklarga monilioz (shoxlarning po‘stlog‘ini qurishi), qora rak (tana va shox po‘stloqlarini qurishi), klyasterosporioz (shoxlari), danakli sitosporozi va boshqalar kiradi. Kasalliklarga qarshi kurash choralarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda ularning birinchi belgilarini o‘z vaqtida aniqlash katta ahamiyatga ega. Lekin kasallikni birinchi belgisini o‘z vaqtida aniqlash juda mushkul ishdir. Faqat kasallikni tushgan organlarda ko‘zga ko‘ringan vaqti shartli ravishda kasallikni paydo bo‘lgan payti deb qabul qilinadi. Kasallikni birinchi ko‘zga ko‘ringan belgilari vaqtini aniqlash uchun mevazorlarda har 5 kunda 1 marta mevali daraxtlarni tekshirib turiladi va kasallik paydo bo‘lgan vaqti aniqlanadi. Bunda atrof-muhit, obi havo, daraxtlar yoshi, navlar hisobga olinishi lozim. Chunki bu faktorlar kasallikni har xil navlarda 1 vaqtda ko‘rinmasligiga sabab bo‘ladi. Tahlil va natijalar . Viloyatimizning Yangibozar tumanlarida danak mevali daraxtlarini morfo-biologik xususiyatlari va zamburug‘ kasalliklarida uchrash darajasi o‘rganilgan. 418 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (1-jadval) Kuzatuvlarimiz jarayonida shaftolining fenologik fazalari kuzatildi Danakli mevali shaftoli daraxtning o‘sish bosqichi tavsifi. O‘sish bosqichi Tavsifi Tinim Hech qanday shish ko‘rinmaydi. 12.03. 2024 Kurtakning Shishgan kurtaklar sezilarli bo‘ladi bo‘rtishi va yashil to‘qimalar ko‘rinmaydi. 19.03.2024 Yon tomondagi Kurtakning yon tomonlarida yashil yashil qism yoki oq to‘qimalar ko‘rinadi. 23.03.2024 Kurtak yorilishi Kurtakning tepasi ochilib, alohida yoki yashil uchi ko gul kurtaklari ko‘rinadi. Gilos va ‘rinadi olxo‘ri meva kurtaklari bir nechta gullarga ega. 25.03.24 Dastlabki oq kurtak Gul kurtaklari rivojlanishda davom etmoqda. Kurtaklari ochilib, alohida gullar ajralib chiqadi. Oq gulbarglar ko‘rinadi. 27.03.24 419 «EKOL

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Xorazm viloyati sharoitida danakli mevalarda uchraydigan zamburug‘ kasalliklari va shaftoli daraxtining fenologik fazalari o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Xorazm viloyati sharoitida danakli mevalarda uchraydigan zamburug‘ kasalliklari va shaftoli daraxtining fenologik fazalari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
peach, brown rot, bud, flower bud, fruit, phenological phase, shaftoli
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники