Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZM VILOYATI BUG‘DOY EKINIGA ZARAR BERUVCHI TRIPSLARGA (HAPLOTHRIPS TRITICI KURD) QARSHI KURASHIDA BIOAGENTLARDAN FOYDALANISH
BIOAGENTLARDAN FOYDALANISH · Xorazm Ma’mun Akademiyasi tayach doktoranti
Журнал универсальных научных исследований · 3807 · 1—82 · 2026
Аннотация
This article provides general information about the bioecology and morphology of the main pest of wheat, Haplothrips tritici Kurd, as well as the importance of entomophages in controlling them. Keywords: Wheat, phenology, entomophage, pest, ecology, morphology, protective measure, individual, larva, imago, nymph. Bozor munosabatlari davrida don ekinlari, ayniqsa, bug‘doy mahsulotlari, millionlab insonlarning farovonligi asosini tashkil etadi. Biroq, don ekinlariga zarar yetkazuvchi ba’zi hasharotlar guruhlari hali yetarlicha o‘rganilmagan. Zararkunandalar butun dunyo bo‘ylab bug‘doy ishlab chiqarishiga jiddiy xavf soladi, bu esa katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi.O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligi hamon zararli hasharotlardan, jumladan, bug‘doy tripsidan aziyat chekmoqda. Shu sababli, ekinlar uchun zararli bo‘lgan barcha turlarni aniqlash, eng zararli turlar ekologiyasi va biologiyasini batafsil o‘rganish zarurati tug‘iladi. Bu esa ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish va takomillashtirishni osonlashtiradi. 424 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Bug‘doy ekiniga eng ko‘p zarar beruvchi turlardan biri bu bug‘doy tripsi (Haplothrips tritici kurd) hisoblanadi. Tripslarning yer yuzida 250 ga yaqin turi bor [1] qishloq xo‘jaligida ahamiyatga molik bo‘lgan Haplothrips tritici kurd zarari tufayli deyarli har yili don 10-30% ga kamayadi [2]. Trips turlari har doim kuzgi bug‘doy ekinlarining asosiy zararkunandalaridan biri bo‘lgan. Ushbu turning zarari to‘g‘ridan-to‘g‘ri barglarning gullari yoki mevalari bilan oziqlanishi yoki bilvosita viruslarning tashuvchisi sifatida ishlaydi [3] Tripsning bo‘yi urg‘ochi individlarda uzunligi 1,5-2,2 mm, erkak individlarda esa - 1,2-1,3 mm keladi. Tanasi ingichka, qornining oxirgi segmenti naysimon cho‘zilib, orqa uchi biroz toraygan. Imogolarining rangi qora-jigarrangdan qora ranggacha . Ko‘zlar to‘q jigarrang, deyarli qora, katta, bosh uzunligining 1/3 dan 1/2 qismini egallaydi. Mo‘ylovi 8 bo‘g‘imli, uning tanasi qora, 3 ta bo‘g‘imi oqish, uchi sal qo‘ng‘ir bo‘lib , qanotlari shaffof,qanoti asos qismi qoraygan, qanotining chetlarida uzun qilchalar bor. Old ko‘kragining o‘rta qismi biroz toraygan. Tuxum rangi och sariq, cho‘zinchoq oval, uzunligi 0,5-0,6 mm. Voyaga yetgan lichinka yorqin qizil rangga ega, qorin oxirida ikkita to‘siq bor. Yiliga bir avlod rivojlanadi. Lichinkalar tuproqda va somonda qishlaydi. Bahorda ular yuzaga ko‘tariladi. Lichinkalarida murakkab metamorfoz sodir bo‘ladi (pronimfa, nimfa I, nimfa II, Imogo). Tripsning lichinkasi ingichka, bo‘yi 2 mm gacha, mo‘ylovi 7 bo‘g‘imli, qornining oxirgi bo‘g‘imidagi qilchasi kaltaroq. Bug‘doy tripsi yosh lichinkalik davrida bedapoyalarda tuproq kesaklari ostida, yer yoriqlarida qishlaydi. Erta bahorda harorat 8°C ga yetganda, lichinkalar harakatlanib oziqlana boshlaydi. Aprel oyida voyaga yetgan tripslar paydo bo‘ladi. Ular may oyining o‘rtalariga kelganda juda ko‘payib ketishi kuzatiladi va bu vaqtda tuxum qo‘yishi avjiga chiqadi. Urg‘ochi trips boshoq bandiga, ba’zan qobig‘iga bittadan, ba’zan bir nechtadan tuxum qo‘yadi. Zararkunada lichinkalari tuxumdan 1 hafta ichida chiqadi. Bug‘doyning qobiqlari orasiga kirib o‘simlik shirasini so‘ra boshlaydi. Lichinkalar birinchi navbatda gul pardalaridan olingan sharbat bilan, so‘ngra donalarning sharbati bilan oziqlanadi. Lichinkalarning maksimal soni sutli pishib yetish davrida sodir bo‘ladi. Mum pishishining boshlanishi bilan lichinkalar bug‘doyni tark eta boshlaydi. Imogo bosqichiga yetganda esa ekinlarning poya uchlarini va barg qinini so‘rishi tufayli bug‘doy boshoqlari qurib qoladi. bazan uchki qismi qurib, barglari yozilmaydi. Zararlangan bug‘doy donining vazni va sifati past bo‘ladi. Ayrim hollarda bitta donda tripsning bitta lichinkasi bo‘lsa, hosil 11%ga, uchta bo‘lganda 34—35% gacha, 5 ta bo‘lganda 50% gacha nobud bo‘lishi kuzatilgan. Yozning oxirida issiq, quruq ob-havo ham noqulay bo‘lib, donning tez pishishiga yordam beradi va shunga mos ravishda lichinkalarning oziqlanish muddatini qisqartiradi. Shu sababdan Trips populatsiyasining o‘zgarishi yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari kamayadi[4]. 425 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Taqiqotlar Xorazm viloyati Xiva shaharida bug‘doy dalasida o‘tkazildi . Bug‘doy tripsini tur darajada aniqlashda qiyosiy adabiotlardan foydalanildi .[5] Bug‘doy tripsini yetuk vakillarini hisobga olishda entomologik matrabdan foydalanildi matrabning aylana diametri 30 sm bo‘lib u 50 sm2 maydonni egallaydi. Matrap dastagi uzunligi - 120 sm; matrab teshigining diametri - 0,057 mm. Hisoblash may oyining birinchi o‘n kunligidan avgust oyining uchinchi o‘n kunligigacha bo‘lgan davrda hosilning rivojlanish bosqichlariga ko‘ra har 2-3 haftada bir marta o‘tkazildi. Har bir mayd
Доказательный фрагмент
«This article provides general information about the bioecology and morphology of the main pest of wheat, Haplothrips tritici Kurd, as well as the importance of entomophages in controlling them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides general information about the bioecology and morphology of the main pest of wheat, Haplothrips tritici Kurd, as well as the importance of entomophages in controlling them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Wheat, phenology, entomophage, pest, ecology, morphology, Bug‘doy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025