Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORA TURP (RAPHANUS SATIVUS L. VAR NIGER) FOYDALI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Журнал универсальных научных исследований · 30 · 2026
Аннотация
Black radish (Raphanus sativus L. var. niger) is a root crop cultivated in various climatic conditions and has been used for food and medicinal purposes since ancient times. This article analyzes the nutritional, medicinal and biologically active properties of the black radish (Raphanus sativus L. var. niger) plant. The important vitamins, minerals and bioactive compounds contained in black radish make it a medicinal plant widely used not only as food, but also in medicine. The study analyzed its liver function-improving, choleretic, anti-inflammatory and immune system- strengthening effects based on scientific literature. The beneficial properties and uses of black radish components for human health are also highlighted. Keywords. Black radish, vitamin, antioxidant, raphanin, hypertriglyceridism, glucosinolate. Kirish. Sabzavot ekinlaridan biri bo‘lgan qora turp (Raphanus sativus L. var. niger) dorivor oʻsimliklardan biri boʻlib, u nafaqat oziq-ovqat sifatida, balki qadimdan tibbiy maqsadlarda qoʻllanib kelinadi. Tarkibidagi karbon suvlar, oqsillar, moylar inson organizmi uchun qo‘shimcha ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligini yanada isloh etish va modernizatsiya qilish, yerning meliorativ holatini va irrigatsiya tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni davom ettirish, yangi ekin turlaridan yoki kam e’tibordagi ekinlardan foydalanish zarur. Bu borada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish, ularni saqlash, iste’molchilarga yetkazib berishning zamonaviy tizimini shakllantirish ham muhim masalalar sirasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi sohasini jadal rivojlanishida, sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish bilan birga bir yilda bir yerdan turli xilma-xil hosil olish usullarini qo‘llash asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda qishloq xo‘jalik samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hozirgi kunda dolzarb masaladir. Aholini yil davomida meva- sabzavot va poliz mahsulotlari bilan ta’minlash uchun saqlash hamda qayta ishlash ishlariga alohida e’tibor berish lozim. Qora turp o‘simligini boshqa sabzavot ekinlariga nisbatan yetishtirish sharoitlari birmuncha oson bo‘lib, undan yuqori hosil olish 438 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya imkoniyati mavjud. O‘zbekiston asrlar davomida sabzavot va polizchilik keng rivojlangan mintaqa hisoblanib, so‘nggi yillarda bu sohaga yangi texnologiyalar joriy qilish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bundan maqsad, mavjud bo‘lgan ekin maydonlarini kengaytirmasdan, yangi texnologiya va mexanizatsiyalarni joriy etib, yuqori hamda sifatli mahsulot yetishtirishdir. Qora turp (Raphanus sativus L var niger) oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va farmatseftika sohasida qimmatli xomashyo hisoblanadi. Qora turp tarkibida ko‘p miqdorda K mavjud bo‘lib, organizmda suv va mineral tuzlar metabolizmini tartibga soladi, ortiqcha suyuqlikni yo‘q qiladi. Qish, bahor davrida qora turp immunitetni mustahkamlashning ajoyib vositasidir. Bu oddiy ildiz hosili ko‘p miqdorda aminokislotalarga, fermentlarga, yog‘larga, oqsillarga ega. Bundan tashqari tarkibida askorbin kislota, tokoferol, B vitaminlari mavjud. Qora turp ildizmevasida bakterosit xususiyatlari piyoz va sarimsoqqa nisbatan yuqori bo‘lib, tarkibidagi glikozidlar va efir moyi miqdori bilan bog‘liq. Qora turp tarkibida antimikrobial modda “lizozim”ning yuqori miqdorda mavjudligi sababli, organizm uchun qora turpdan foydalanish zararli mikroorganizmlarning ko‘plab turlarini streptokokklar, stafilokokk, difteriya, ko‘kyo‘tal va boshqalarni tarqatib yuboradi . Qora turp tarkibida ko‘p miqdorda K mavjud bo‘lib organizmda suv va mineral tuzlar metabolizmini tartibga soladi, ortiqcha suyuqlikni yo‘q qiladi [1]. Bolalar uchun qora turpning foydali xususiyatlari yuqori bo‘lib, sharbati yo‘talda samaralidir. Bolalarda bu sabzavot oson hazm qilinmaydi, shuning uchun 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Ozuqa moddalari tufayli sistitga yordam beradi, homiladorlik va emizikli davrda ist’mol qilmaslik kerak. U kuchli qon aylanishga yordam beradi. Bu sabzavot erta yoshda qon tomirlari va yurak xurujlariga qarshi faol kurashuvchidir. Qora turp tarkibidagi foydali komponentlar ayirish tizimining ishi uchun javobgardir va prostata bezining o‘smalari paydo bo‘lishining oldini oladi. Me’yorida iste’mol qilinsa ovqat hazm qilish tizimini normallashtirishga yordam beradi. Qora turp o‘simligining ildizmevasi tanadan zararli moddalarni olib tashlaydi, ichak mikroflorasini tiklaydi va metabolizmni yaxshilaydi. Bundan tashqari terini holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki u oqartirish xususiyatiga ega. Tish toshlaridan halos bo‘lishga ham yordam beradi [ 2]. Jigar tanamizning eng muhim organidir qora turp bu organning
Доказательный фрагмент
«Black radish (Raphanus sativus L. var. niger) is a root crop cultivated in various climatic conditions and has been used for food and medicinal purposes since ancient times. This article analyzes the nutritional, medi…»
Образец извлечения
Демо-превьюBlack radish (Raphanus sativus L. var. niger) is a root crop cultivated in various climatic conditions and has been used for food and medicinal purposes since ancient times. This article analyzes the nutritional, medi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Black radish, vitamin, antioxidant, raphanin, hypertriglyceridism, Qora turp
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024