Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILIDAGI “DO‘PPI” LEKSEMASI ISHTIROK ETGAN MILLIY-MADANIY BO ‘YOQDORLIKGA EGA FRAZEOLOGIK IBORALARNING TAHLILI
Rustamova Shohzodabonu Jahongir qizi · Ilmiy rahbar: Mamatova Feruza Maxammadovna
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Фразеологические единицы в узбекском языке отражают национальный дух и жизненный опыт народа. Слово «доппи» (узбекская традиционная тюбетейка) является одним из основных компонентов таких фразеологических выражений. Оно встречается во многих идиомах, отражающих культурные и социальные особенности узбекского народа. В данной статье рассматриваются фразеологические единицы с участием слова 500 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman «доппи», их значения, сферы употребления и национальные особенности. Эти выражения, с одной стороны, демонстрируют богатство узбекского языка, а с другой — отражают образ жизни и ценности народа. Ключевые слова: Тюбетейка, идиома, национальный, менталитет, ценности, социальный. Annotatsiya: O‘zbek tilidagi frazeologik birliklar milliy ruhni va xalqning hayotiy tajribasini aks ettiradi. “Do‘ppi” so‘zi ham ana shunday frazeologizmlarning asosiy qismlaridan biridir. U ko‘plab iboralarda ishlatilib, o‘zbek xalqining madaniy va ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiradi. Ushbu maqolada “do‘ppi” so‘zi ishtirok etgan frazeologik birliklar tahlil qilinadi, ularning ma’nolari, qo‘llanilish doirasi va milliy xususiyatlari o‘rganiladi. Bu iboralar, bir tomondan, o‘zbek tilining boyligini ko‘rsatib, boshqa tomondan, xalqning turmush tarzini, qadriyatlarini ifodalaydi. Kalit so‘zlar: Do‘ppi, ibora, milliy, mentalitet, qadriyat, ijtimoiy. Xalqning turmushidagi jarayonlar va shunga suyanuvchi obraz va predmetlar asosida shakllangan frazeologik birikmalar ushbu millat mentaliteti va madaniyatining ko‘zgusidir [1]. O‘zbek tilidagi “do‘ppi” so‘zi ko‘plab frazeologik birliklarda ishlatiladi va bu iboralar xalqimizning dunyoqarashi, hissiyoti va madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Quyidagilar o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan “do‘ppi” so‘zi ishtirok etgan iboralarga misollardir. 1. Do‘ppisini osmonga otmoq. Ma’nosi: Juda xursand bo‘lish, quvonchini yashirmaslik. Misol: “Sizni qarang, men “to‘rt” olsam, do‘ppimni osmonga otgan bo‘lardim!” (O. Yoqubov, “Muqaddas”) [2]. Bu ibora o‘zbek xalqining quvonchni oshkora ifodalashga bo‘lgan moyilligini ko‘rsatadi. Do‘ppining osmonga otilishi tasviriy tarzda baxtiyorlikni, erishilgan muvaffaqiyatni ifodalaydi. Milliy-madaniy jihatdan o‘zbek xalqida xursandchilik va quvonchni jamoaviy tarzda, oshkora ifodalash qadriyatiga katta e’tibor beriladi. Bu ibora, shuningdek, kuchli ijtimoiy aloqalar va birgalikdagi quvonchni ifodalaydi. 2. Do‘ppisi tor kelmoq. Ma’nosi: Ilmiy imkonsizlik, og‘ir holatga tushish. Misol: “Azim boyvachcha Xolxo‘janing joniga ora kiradi… do‘ppisi tor kelib qolganida, 501 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ikkinchi magazindan pora uchun gurunch olganini gapirgan edi.” (A. Muhiddin, “Qitmir”) [3]. Bu iboraning milliy-madaniy xususiyati shundaki, ibora o‘zbek tilida kishining cheklangan holatga tushishini, ya’ni qiyin ahvolda bo‘lishi inson do‘pissi tor kelgan payttagi noqulaylik va qiyinchilik bilan qiyoslanadi. Do‘ppi, bu yerda, insonning tashqi holatini (bosh kiyimi tor kelish) ichki ruhiy ahvoli bilan bog‘lash orqali uni simvolik tarzda ifodalash imkonini beradi. 3. Do‘ppining tagida odam bor. Ma’nosi: Odamlarning ichki dunyosi va tashqi ko‘rinishining farqini ko‘rsatish. Misol: “Bundan keyin bunaqa gapni sekinroq gapiringlar, do‘ppining tagida odam bor-a.” (S. Ahmad, “Qadrdon dalalar”) [3]. Bu ibora xalqimizning insonlarni tashqi ko‘rinishidan ko‘ra ichki sifatlariga ko‘proq e’tibor berishini ko‘rsatadi. Do‘ppi, shunday qilib, tashqi ko‘rinishni anglatib, shaxsiyatni yashirishning imkoniyatlarini ta’kidlaydi. Shuningdek, bu yerda gapirganda ehtiyot bo‘lish, ya’ni ko‘rganlarimiz har doim ham haqiqat bo‘lavermasligi ham ta’kidlanadi. 4. Do‘ppining tagidakkina. Ma’nosi: Juda kichik, kichik bir joyda mavjud bo‘lgan narsani ifodalash. Misol: “Bizning Qamishkapa do‘ppining tagidakkina joy bo‘lsa ham, bu yerda turli toifa odamlar bor…”(P. Tursun, “O‘qituvchi”) [3]. Bu ibora kichik joylarning ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilida kichik joylar va hamda ularda yashovchi turli odamlar o‘rtasidagi aloqalar muhim o‘rin tutadi. Ushbu ibora kichkina narsalarni ifodalash orqali o‘zbek xalqi madaniyatidagi qanoat tushunchasini ham ilgari suradi. 5. Do‘ppisini yerga qo‘yib. Ma’nosi: O‘z fikrlarini bir joyga yig‘ib, mushohada qilish, ochiq gapirish. Misol: “Uyga qaytgan-u, do‘ppisini yerga olib qo‘yib o‘ylagan: “Nimaga shoshilyapman, elburutdan bo‘ynimga to‘rva-xalta ilib nima qilaman?”’’(J. Abdullaxonov, “To‘yga kelinglar”) [3]. Milliy-madaniy tahliliga ko‘ra, bu ibora odamlarning o‘z fikrlarini joyiga qo‘yib, asosli qarorlar qabul qilishga bo‘lgan e’tiborini aks ettiradi. Shuningdek, xalqimizda mas’uliyatli fikrlash va qaror qabul qilishda hushyor bo‘lish qadriyatining mavjudligini ko‘rsatadi. 6. Do‘ppini yarimta qilib. Ma’nosi: Yengil, beparvo kayfiyatda bo‘lish. Misol: “Sessiya, sessi
Доказательный фрагмент
«Фразеологические единицы в узбекском языке отражают национальный дух и жизненный опыт народа.»
Образец извлечения
Демо-превьюФразеологические единицы в узбекском языке отражают национальный дух и жизненный опыт народа. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Doppi, idiom, national, mentality, values, social values
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025