Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZARARKUNANDA HASHORATLARNI BASHORAT QILISH VA ULARGA QARSHI KURASHISHNING AHAMIYATI.
QARSHI KURASHISHNING AHAMIYATI. · S.Y. Babajanova
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Qishloq xo`jalik ekinlarining zararkunanda organizmlarini oldindan bashorat qilishning ahamiyati va zazarkunanda hasharotlarga qarshi kurashish usularini samaradorligi, ekologik toza mahsulot hamda yuqori va sifatli hosil olishning agrotexnik tadbirlari. Kalit so`zlar: zazarkunanda hasharotlar, oldindan bashorat qilish, zararli hashorotlarga qarshi kimyoviy va biologik kurash,sifatli va yuqori hosil. Абстрактный: Значение прогнозирования появления вредителей сельскохозяйственных культур и эффективность методов борьбы с вредителями, агротехнических мероприятий для получения экологически чистой продукции и высококачественных урожаев. Ключевые слова: Вредные насекомые, прогнозирование, химические и биологические меры борьбы с вредными насекомыми, качественные и высокоурожайные сельскохозяйственные культуры. Annotation: The importance of predicting the occurrence of pests of agricultural crops and the effectiveness of methods for combating pests, agrotechnical measures for obtaining environmentally friendly products and high and quality yields. Keywords: pests, prediction, chemical and biological control of harmful insects, high-quality and high yields. Respublikamizda mustaqillikka erishganimizdan keyingi paytlarda viloyatlarning deyarli barcha tumanlarida qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shug`ullanib kelinmoqda. Qishloq xo`jalik ekinlaridan ayniqsa: paxta, bug`doy, sholi va turli xil sabzavot ekinlari asosiy o`rinni egallaydi. Bularni hosildor bo`lishi 399 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun juda ko`p agrotexnik tadbirlar amalga oshirilishi kerak.Aks holda ulardan yuqori va sifatli hamda ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonsizdir [1]. Hozirgi kunda butun dunyoda shu jumladan O`zbekiston Respublikasida ham oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga bo`lgan talab kundan -kunga oshib borayotganini hisobga oladigan bo`lsak qishloq xo`jaligi ekinlari kasallik va zararkunandalar, begona o`tlarga qarshi kurashishda imkon darajasida kimyoviy kurash usullaridan kamroq foydalangan holda aksincha biologik kurash usullaridan keng miqyosda samarali tarzda foydalanish ayni muddao bo`lar edi [2]. Qishloq xo`jaligida ekologik toza,arzon, yuqori va sifatli hosil yetishtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Buning uchun esa qishloq xo`jalik ekin maydonlarida zararli hashoratlarni tarqalishini oldindan bashorat qilish,ularga qarshi o`z vaqtida kurashish muhim hisoblanadi. Qishloq xo`jalik ekinlarini zararli hashorotlariga qarshi kurashishda to`g`ri o`tkazilgan monitoring ishlari juda muhim hisoblanadi. Olib borilgan tadbirlar zararli hashorotlarni paydo bo`lishini, rivojlanishini,tarqalishini oldindan bashorat qilishni asosini tashkil etadi. To`g`ri qilingan bashorat natijasi, zararli hashoratlarga qarshi kurash ishlari,chora tadbirlari o`z vaqtida tizimli ravishda amalga oshirilishini ta`minlaydi [3]. Kuzgi bug`doy o`simlik navlarini kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilmasdan turib, ulardan sifatli va yuqori mo`l hosil olib bo`lmaydi. Kuzgi bug`doy o`simligining asosiy zararkunandalariga -zararli xasva (Eurygaster integriceps Put) Scutelleridae — skutelleridlar oilasi hamda oʻsimlik bitlari, shiralar — tengqanotli xartumli hashortlar kenja turkumi vakillarini aytish mumkin.O`simlik bitlarini mingga yaqin turi maʼlum. Masalan, 6 dona voyaga yetgan xasva 0,30 m.kv maydondagi bug‘doy yoki arpani boshoq chiqarishi davrida batamom nobud qilishi mumkin [4]. Xozirgi kunda yer yuzida ekologiya va iqlim o`zgarishi tufayli zararkunanda hasharotlarning bir qancha yangi turlari paydo bo`la boshlagan. Bundan tashqari qishda havoning keskin sovuq bo`lmaganligi tufayli yerning yuza qatlamidagi va daraxtlar po`stlog`i ostida o`rnashib qolgan zararkunandalar nobud bo`lmay erta bahordan o`simliklar va daraxt mevalariga o`rnashib oladi. Shu tufayli erta bahorda daraxtlarning pastki qismi ohak eritmasi bilan oqlanadi. Bunda daraxt po`stlog`i ostida o`rnashib qolgan zararkunanda hasharotlarning tuxumi ohak eritmasi tarkibidagi ishqor ta`sirida nobud bo`ladi [5]. Erta bahorda amalga oshirilgan bu agrotexnik tadbir daraxt mevasining sifatli va hosilining yuqori bo`lishiga zamin yaratadi. 400 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Qishloq xo`jaligi tarmoqlarining rivojlanishi bugungi kunda insonlar hayotiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Yangi texnika va tehnologiyalar kirib kelishi esa dehqonlar va fermerlar mushkulini osonlashtirish bilan qatorda ish sifatini yaxshilanishiga olib keldi. Qishloq xo`jaligida ko`p yillardan beri o`simliklar orasidagi begona o`t va zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish asosiy muammolardan bo`lib hisoblanadi. Chunki, o`simliklardagi zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishni bir kunga kechiktirish butun ekinni nobud qilishi mumkin. Bunday holatda zararkunanda hasharotlarga
Доказательный фрагмент
«Qishloq xo`jalik ekinlarining zararkunanda organizmlarini oldindan bashorat qilishning ahamiyati va zazarkunanda hasharotlarga qarshi kurashish usularini samaradorligi, ekologik toza mahsulot hamda yuqori va sifatli h…»
Образец извлечения
Демо-превьюQishloq xo`jalik ekinlarining zararkunanda organizmlarini oldindan bashorat qilishning ahamiyati va zazarkunanda hasharotlarga qarshi kurashish usularini samaradorligi, ekologik toza mahsulot hamda yuqori va sifatli h… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pests, prediction, chemical and biological control of harmful insects, zazarkunanda hasharotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025