Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EKISH MUDDATLARINI SHOLG`OMNING “NAMANGAN MAHALLIYSI” VA “SAMARQAND MAHALLIYSI” NAVLARINI HOSILDORLIGIGA VA OZUQAVIY QIYMATIGA TA`SIRI.
OZUQAVIY QIYMATIGA TA`SIRI. · S.Y. Babajanova · G.J. Sabirova
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
As we know, in order to obtain high and stable yields from agricultural plants, it is necessary to conduct agrotechnical measures in a timely manner, taking into 402 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya account the bioecological characteristics of certain plant varieties. Turnip is used not only as food, but also as a medicinal plant, since it contains chemicals that cure respiratory diseases and eye diseases. To obtain high and quality yields from turnips by studying the effect of planting dates on the yield of turnip varieties such as "Namangan local", "Samarkand local". Keywords: turnip plant, composition of turnip plant, planting dates, medicinal properties, fertilizer requirements, yield. Kirish.Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining barqaror o`sishi ekinlarni yetishtirishda resurs va energiya xarajatlarni kamaytirish, atrof muhitning ekologik xavfsizligini saqlab qolish va o`zgaruvchan ob-havo hodisalari, hosil sifatini yaxshilash bilan birga uning begona o`tlar, turli xil kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish, yuqori mahsuldor agrofitosenozlarni yaratishga qaratilgan texnologik jarayonlarning kuchayishi bilangina bog`liqdir[1]. O`zbekistondagi qulay iqlim sharoiti, suniy sug`orish imkoniyati va tuprog`ining unumdorligi bu yerda xilma xil sabzavot ekinlari o`stirish va ulardan mo`l-ko`l hosil olish imkonini beradi. Bizga ma`lumki,qishloq xo`jalik o`simliklaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun muayyan o`simlik navlarining bioekologik xususiyatlarini inobatga olgan holda agrotexnik tadbirlarni o`z muddatlarida sifatli qilib o`tkazmoq ayni muddao hisoblanadi. Shularni hisobga olgan holda Xorazm vohasi sharoitlarida dehqonchilik qilishni o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur. Ya`ni vohamizning iqlimi keskin o`zgaruvchan bo`lib, bahori kech ba`zida erta, kuzi esa doimo erta tugaydi[2,5]. Keyingi paytlarda qishloq xo`jalik ekinlarini yetishtirishda ayniqsa sabzavot ekinlarini asosiy va takroriy ekin sifatida almashlab ekishni qo`llanilishi orqali tuproqning unumdorligini oshirishga, bundan tashqari almashlab ekishni to`g`ri tashkil qilish orqali ekinlar hosildorligini oshirishga, hamda ekinlarning kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishini oldini olishga ham erishilmoqda. Shunday sabzavot ekinlaridan bir turi,bozor peshtaxtalaridan hamisha o`rin olgan halqimiz sevib istemol qiladigan ildizmevali ekinlardan biri sholg`om o`simligidir[3]. Sholg`om o`simligi tarkibida yengil hazm bo`luvchi oqsil va uglevodlar mavjuddir.Shuning uchun ham sholg`om o`simligi oziq ovqat ekini sifatida yetishtirib kelinmoqda. Sholg`om o`simligining ildizmevasi xomligicha, qovurilgan, dimlangan 403 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va qiymalangan holda iste`mol etiladi, shuningdek chorva mollariga yem xashak sifatida xam beriladi.Sholg`om nafaqat oziqa sifatida ishlatiladi,uning tarkibida nafas organlari kasalliklariga hamda ko`z kasalliklariga shifo bo`luvchi kimyoviy moddalar borligi uchun dorivor o`simlik sifatida xam undan foydalaniladi[4]. Sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi yozning oxirida va kuzda yetiladi. Lekin aholini sabzavot mahsulotlari bilan ta`minlashdagi bunday mavsumiylikni yo`qotish uchun himoyalangan yer sabzavotchilik maydonlarini oshirish, shimoliy viloyatlarda va mintaqalarni ta`minlash uchun janubda sabzavot yetishtirishni ko`paytirish, ochiq yerda sabzavot yetishtirish mavsumini uzaytirish, mahsulotlarni yaxshi holatda va uzoq saqlanishini tashkil etish kerak bo`ladi.Yetishtirilayotgan sabzavotlar xilini va ularni kam tarqalgan turlarini ko`paytirish lozim. Sabzavot mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun oliy navlarni maqbul texnologiya bo`yicha yetishtirish, shuningdek, ularni o`z vaqtida tashib keltirish hamda yaxshi saqlash hisobiga erishiladi. Biz ovqat(ya`ni o`simlik va hayvon) mahsulotlaridan quyidagi moddalarni: 20 xil aminokislota;12 xil vitamin;7 xil ferment;15 xil mineral modda;3 xil yog`li kislotalarni olamiz.Odam organizmining normal rivojlanishi va ishlab turishi uchun ba`zi bir mineral birikmalar, chunonchi, temir, fosfor, kaliy, kaltsiy, natriy, magniy tuzlari, yod va boshqa elementlar zarur, ana shu birikmalarni yetkazib beruvchi asosiy manba sabzavot va mevalar hisoblanadi.Ismaloq, salat, petrushka (bargi), pomidor va bodring temir moddasiga ayniqsa boy. Organizmga natriy yetishmasa toshma chiqadi, kalsiy, kaliy, magniy yetishmasa bo`yi o`smaydi, kalsiy, magniy, ftor yetishmasa tishning kariyes kasalligi rivojlanadi. Yod, kaliy, magniy, mis, natriy, fosfor, xrom, rux elementlari yetishmaganda srunkali charchoq kuzatiladi. Sholg`om ildizmevasi tarkibida ayniqsa kaliy, kaltsiy, fosfor kabi minerallar ko`p bo`lib, natriy, magniy, temir elementlarining miqdori xam boshqa sabzavotlarnikidan qolishmaydi, yani 1 jadvalda keltirilgan sabzavotlar ichida sholg`om tarkibidagi natriyn
Доказательный фрагмент
«As we know, in order to obtain high and stable yields from agricultural plants, it is necessary to conduct agrotechnical measures in a timely manner, taking into 402 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA…»
Образец извлечения
Демо-превьюAs we know, in order to obtain high and stable yields from agricultural plants, it is necessary to conduct agrotechnical measures in a timely manner, taking into 402 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turnip plant, composition of turnip plant, planting dates, medicinal, sholg`om o`simligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025