К содержанию
РецензированоUZ2023

JO‘XORI (SORGHUM BICOLOR) RIVOJLANISHINING FENOLOGIK BOSQICHLARI

Latipova Ro`zajon · Otanazarova Gulandon

Журнал универсальных научных исследований · 302–333 · 2023

Аннотация

Jo‘xori (Sorghum bicolor L.) — iqlim o‘zgarishlariga bardoshli, ko‘p maqsadli donli ekin hisoblanadi. Uning o‘suv davridagi fenologik bosqichlarini to‘g‘ri aniqlash agrotexnik tadbirlarni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada jo‘xorining vegetativ, generativ va fiziologik pishish davrlariga asoslangan 10 ta rivojlanish fazasi morfologik belgilar, fiziologik ehtiyojlar va stressga sezuvchanlik nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida samarali yetishtirish uchun amaliy tavsiyalar beriladi. Kalit so`zlar: Sorghum bicolor, rivojlanish bosqichlari, ro`vak, vegetativ o‘sish, fiziologik pishish, O‘zbekiston Kirish. Jo‘xori (Sorghum bicolor L. Moench) — dunyoning turli mintaqalarida oziq- ovqat, chorva yemi, bioyoqilg‘i va sanoat xomashyosi sifatida keng qo‘llaniladigan, iqlim o‘zgarishlariga bardoshli donli ekinlardan biridir. Xususan, O‘zbekistonda ushbu ekin Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va boshqa yarim qurg‘oqchil hududlarda muvaffaqiyatli yetishtirilmoqda (USDA-FAS, 2023). Iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va sho‘rlanishga moyillik sharoitida jo‘xorining agroekologik va iqtisodiy ahamiyati tobora ortib bormoqda (Berhanu va boshqalar, 2020). Jo‘xori donining ozuqaviy sifati, tarkibida glyuten bo‘lmasligi, yuqori energiya va kraxmal miqdori uni oziq-ovqat xavfsizligi va hayvonlar uchun yuqori qiymatli yem sifatida alohida ahamiyatga ega. (Taylor, 2003). Bundan tashqari, jo‘xorida biomassa mahsuldorligi yuqori bo‘lgani uchun bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda ham istiqbolli ekin hisoblanadi (Gnansounou va boshqalar, 2005). 408 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Jo‘xori o‘suv davridagi fenologik bosqichlarning aniqligi agrotexnika choralari, masalan, sug‘orish, o‘g‘itlash va zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlarini samarali rejalashtirish uchun muhim hisoblanadi (Vanderlip & Reeves, 1972; Eastin, 1972). Ayniqsa O‘zbekiston sharoitida mahalliy va duragay navlarning rivojlanish xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqali hosildorlikni oshirish va stressga chidamlikni aniqlash mumkin (Rao va boshqalar, 2004). Ushbu maqolada jo‘xori rivojlanishining 0 dan 9 gacha bo‘lgan bosqichlari bosqichma-bosqich yoritiladi. (1 jadval) Har bir bosqichda o‘simlikning morfologik belgilarini, davomiyligini, agrotexnik talablari va stressga sezuvchanlik darajasini tahlil qilish orqali ilmiy-amaliy tavsiyalar beriladi. Bu esa dehqonlar, agronomlar, talabalar va ilmiy xodimlar uchun foydali ma’lumotlar manbai bo‘lishi mumkin. 1 jadval. Jo`xorining fenologik bosqichlari. O‘sish bosqichi Bosqich raqami Unib chiqishdan Davomiyligi boshlab o‘tgan (kunlarda) kunlar Unib chiqish 0 0 0 3-barg bosqichi 1 6 6 5-barg bosqichi 2 16 10 Yon kurtaklarning 3 32 16 rivojlanishi Bayroqcha barg hosil 4 50 18 bo`lishi Rovak shakllanishi 5 60 10 bosqichi (Boot) Gullash 6 68 8 Sut pishish (Soft dough) 7 80 12 Qattiq pishish (Hard 8 96 16 dough) Fiziologik pishish 9 106 10 Eslatma: Urug‘ ekishdan unib chiqishgacha bo‘lgan vaqt taxminan 4 kunni tashkil qiladi. Jo`xorining o‘sib rivojlanishi uchta asosiy bosqichga ajratiladi: vegetativ, generativ (reproduktiv) va fiziologik pishish bosqichlari (Murdy va boshqalar, 1996). 409 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Ushbu uchta asosiy bosqich, o‘z navbatida, 0 dan 9 gacha raqamlangan o‘nta o‘sish bosqichiga bo‘linadi. (1 rasm) 1 rasm. Jo`xorining rivojlanish bosqichlari. Vegetativ bosqich.Vegetativ bosqichda o‘simlik faol vegetativ o‘sishga kirishadi. Bu davrda barglar va yon kurtaklar rivojlanadi, ular oxir-oqibat don shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu bosqichning davomiyligi havo harorati va navning erta yoki kech pishishiga bog‘liq. Erta pishadigan navlarda odatda 15 ta barg, o‘rta pishar navlarda 17 ta, kech pishar navlarda esa 19 ta barg hosil bo‘ladi. Bu bosqichda o‘simlik qurg‘oqchilik, do‘l yoki sovuq kabi stress omillariga nisbatan chidamli bo‘ladi, va bu omillar hosildorlikka kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi (Kelley va boshqalar, 2004). Vegetativ bosqich asosan to`rt guruhga ajratiladi: • 0-faza: Unib chiqish – Urug‘ sepilgandan keyin 3-10 kun ichida nihol chiqadi. Bu jarayon tuproq harorati, namlik, urug‘ sifati, ekish chuqurligi va agrotexnik tadbirlarga bog‘liq. Optimal sharoitda unib chiqish tez va bir xilda yuz beradi. • 1-faza: 3-barg bosqichi – Niholdan 10-20 kun o‘tib kuzatiladi. Bu davrda barglar soni uchta bo‘lib, o‘sish nuqtasi hali yer ostida bo‘ladi. Bu fazada o‘simlik zararli hasharotlar yoki sovuq ob-havo ta’siriga sezuvchanligi oshadi. • 2-faza: 5-barg bosqichi – Niholdan 20-25 kun o‘tgach barglar soni ortadi, fotosintez faollashadi va ildiz tizimi kengayadi. Bu bosqichda begona o‘tlar bilan kurashish juda muhim hisoblanadi. 410 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya •

Доказательный фрагмент

«Jo‘xori (Sorghum bicolor L.) — iqlim o‘zgarishlariga bardoshli, ko‘p maqsadli donli ekin hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jo‘xori (Sorghum bicolor L.) — iqlim o‘zgarishlariga bardoshli, ko‘p maqsadli donli ekin hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sorghum bicolor
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники