Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA KUZGI BUGʻDOY NAVLARINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARINI DSSAT MODELI ASOSIDA MODELLASHTIRISH
G.Q.Raximova (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti) · T.R.Matqurbonov (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti) · M.X.Masharipov (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti)
Журнал универсальных научных исследований · 4 · 89–107 · 2026
Аннотация
Climate change is having a serious impact on agriculture, especially on the growth and yield of grain crops, including winter wheat. In this study, the growth and development indicators of winter wheat varieties under climate change conditions were modeled based on the DSSAT (Decision Support System for Agrotechnology Transfer) model, and the factors affecting yield were assessed. The results of the study are of practical importance in planning agrotechnologies, selecting varieties suitable for regional conditions and resistant to climate change, implementing effective resource management, and ensuring food security. Keywords: Climate change, winter wheat varieties, DSSAT model, modeling, yield, phenological phases. Kirish. So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligi tizimlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Atmosferadagi karbonat angidrid miqdorining ortishi, haroratning oshishi va yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi kabi omillar g‘alla yetishtirish, ayniqsa kuzgi bug‘doy kabi asosiy don ekinlarining hosildorligiga tahdid solmoqda [1]. Iqlim o‘zgarishining bu ta’sirlarini baholash va moslashuv choralarini ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Kuzgi bug‘doy – O‘zbekiston hududida, xususan Xorazm viloyatida keng yetishtiriladigan muhim qishloq xo‘jaligi ekinidir. Ushbu mintaqada bug‘doy yetishtirish agroiqlimiy sharoitlarga bevosita bog‘liq bo‘lib, iqlim o‘zgarishlari bu jarayonlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun, iqlim o‘zgarishining turli kuzgi bug‘doy navlarining rivojlanishiga bo‘lgan ta’sirini chuqur o‘rganish va bashorat qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi [2]. Zamonaviy texnologiyalar, jumladan, o‘simliklar o‘sishini modellashtirishga ixtisoslashgan DSSAT (Decision Support System for Agrotechnology Transfer) modeli orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishi va hosildorligini aniq prognoz qilish imkoniyati mavjud. Ushbu modellashtirish usuli yordamida turli agrotexnik tadbirlarning samaradorligini baholash, navlarni solishtirish va iqlim ssenariylariga moslashish choralarini ishlab chiqish mumkin [3]. Shuningdek, Lobell tomonidan olib borilgan tadqiqot global hosildorlikning iqlim tendensiyalariga bog‘liqligini statistik modellar yordamida isbotlaydi. Bu esa modellashtirish yondashuvining dolzarbligini mustahkamlaydi [4]. Rosenzweig esa DSSAT va boshqa ekin modellarini solishtirgan holda, XXI asrda qishloq xo‘jaligi ta’sirlarini tahlil qilgan. Bu model asosida ishlab chiqilgan prognozlar real siyosiy qarorlar qabul qilishda yordam beradi [5]. Tao va Zhang tomonidan olib borilgan tadqiqotda esa DSSAT va 389 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya AquaCrop modellarini birgalikda tahlil qilgan holda, suv resurslarining tejamkorligi va iqlimga moslashuv mexanizmlarini o‘rganadi [6]. FAO ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun ekin tanlovi, texnologiya va ilmiy yondashuvlar muhim vositalardan biridir. DSSAT modeli bu borada o‘zini ishonchli vosita sifatida namoyon qilmoqda [7]. Ushbu tadqiqotda iqlim o‘zgarishi sharoitida Xorazm viloyatida yetishtirilayotgan kuzgi bug‘doy navlarining rivojlanishini DSSAT modeli asosida modellashtirish orqali baholash va optimal navlarni aniqlash maqsad qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida Xorazm viloyatidagi “Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm viloyat tajriba stansiyasi” dalalarida ekilgan turli kuzgi bug‘doy navlari tanlab olindi. Tajribalar 2023-2024 yilgi vegetatsiya davrida olib borildi. Dala taqdqiqot materiallari. Don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasida viloyat sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari iqlim sharoitiga chidamli kuzgi bug‘doy navlarini aniqlash borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Stansiyada mahalliy va xorijdan olib kelingan kuzgi bug‘doy nav namunalarining Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarni tanlash va amaliyotga joriy qilish maqsadida 45 ta (Krasnodarskaya 99 nazorat nav, Andijon-2, Nodir, ASR, Navbahor, Qadr, Aziz, O‘zbekiston-25, Davr, Durdona, Bobur, Mars-1, Yog‘du, Andijon-4, Yuka, Drujba, Grom, Gurt, Vexa, Zimnitsa, Antonina, Timiryazevka 150, Soberbash, Pervitsa, Vassa, Tanya, Velena, Brigada, Elanchik, Kroshka, Alekseich, Bezostaya-100, Ultra, Starshina, Zvezda, Gomer, Graf, Step, Jiva, Karavan, Ravnaq, Andijon-3, Qoradaryo, Grat va Oq-daryo) bug‘doy nav namunasi 2023 yil 30 sentyabr hamda 7 oktyabr kunlari LEMKEN Saphir 9 rusumli seyalka yordamida ekildi. Uslublar. Xorazm viloyati iqlim sharoitiga mos mahalliy va xorijiy kuzgi bug‘doy navlarini o‘rganishda nav namunalari tizimli shaklda joylashtirildi va Krassnodar 99 navi nazorat varianti sifatida tanlab olindi. Barcha ekish texnologiyalarda urug‘, o‘g‘it va sug‘orish me’yorlari kabi agrotexnik tadbirlar bir xilda olib borildi. Tadqiqot dalasidan ekin ekishdan oldin tuproq namunalari olinib, laboratoriya shar
Доказательный фрагмент
«Climate change is having a serious impact on agriculture, especially on the growth and yield of grain crops, including winter wheat.»
Образец извлечения
Демо-превьюClimate change is having a serious impact on agriculture, especially on the growth and yield of grain crops, including winter wheat. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Climate change, winter wheat varieties, DSSAT model, modeling, Iqlim o‘zgarishi, modellashtirish, hosildorlik, DSSAT modeli, fenologik fazalar, kuzgi bugʻdoy navlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025