К содержанию
РецензированоRU2019

TAKRORIY KO‘CHAT USULIDA EKILGAN SHOLI NAVLARINING O‘SUV DAVRI

Urazmetov K K (UrDU dotsenti) · Yakubova N B (UrDU mustaqil tadqiqotchisi) · Rajabova SH Z. (UrDU talabasi)

Журнал универсальных научных исследований · 2019

Аннотация

Для повышения продуктивности растений риса провести селекцию сортов «Искандар» и «Гулистон», высадку повторных сортов риса рассадным способом, проведение полевых опытов, проведение технологических наблюдений. Ключевые слова: Сорт риса, урожайность, всходы, полевые опыты, фенологические наблюдения. Annotation: To increase the productivity of rice plants, select the varieties "Iskandar" and "Guliston", plant the main and repeat rice varieties in seedlings, conduct field experiments and conduct observation processes. Key words: Rice variety, yield, seedlings, field experiments, phenological observations. Hozirgi kunda jahon aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun boshoqli don ekinlari, jumladan, sholi hosildorligini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo bo‘yicha sholi 2019 yilda 165 mln gektar maydonda yetishtirilib, deyarlik 95 foizi ko‘chat usulida ekilgan. Ekin maydoni bo‘yicha birinchi o‘rinni Hindiston (43,4 ming/ga), ikkinchi o‘rinni Xitoy (30,8 ming/ga), uchinchi o‘rinni Indoneziya (13,8 ming/ga), to‘rtinchi o‘rinni Bangladesh 393 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (11,8 ming/ ga), beshinchi o‘rinni Tailand (10,8 ming/ga), oltinchi o‘rinni esa Vetnam (7,8 ming/ga) egallaydi. Prezidentimizning “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida sholini ko‘chatlab ekish, 50 foizida lazer uskunalari yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, 30 foizida sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish, 2022 yilda esa bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 100-110 ming gektar maydonda sholi ekilib, o‘rtacha hosildorlik gektariga 35-38 senterni, yalpi hosil 395 ming tonnani tashkil etmoqda. Ushbu miqdor mamlakatimizning kun sayin ortib borayotgan aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lgan guruchga bo‘lgan talabini minimal darajada qondira olmoqda, xolos. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aholi talabini to‘liq ta’minlash uchun har yili 55 ming tonna atrofida guruch mahsuloti import qilinmoqda. O‘zbekistonning tuproq va iqlim sharoitida ko‘chat usulida asosiy ekin sifatida ekish uchun “UzROS 7-13”, “Mustaqillik”, “Marvarid”, takroriy ekin sifatida “O‘zbek- 5”, “Nukus-2” va iqtidorli “3205-86” navlarini ekish tavsiya qilingan. Sholini ko‘chat qilib ekish muddatlarining sholi navlariga bog‘liqligini o‘rganish davomida kechpishar navlar erta muddatlarda, ertapishar navlar kech muddatlarda ekilganda yuqori hosil berishi, kechpishar navlar esa kech muddatlarda ekilganda hosildorlikning pasayish qonuniyati aniqlangan. Sholini ko‘chat usulida yetishtirish natijasida an’anaviy usulga nisbatan o‘rta hisobda 5-6 ming kubometr suvni tejash mumkinligi, urug‘ sarfi 3-4 marta kam bo‘lishi haqida aytilgan. Olimlar yana shuni alohida ta’kidlaydiki, ko‘chat usulida sholini takroriy ekin sifatida ekish usulida ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati oddiy usulda yetishtirilganga nisbatan yuqori bo‘ladi. Sholining o‘suv davri navning tez, o‘rta yoki kechpisharligini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, bu ayniqsa mineral o‘g‘itlar miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi [1. 68-68b, 2. 123-126 b]. Tadqiqot natijalarida sholining o‘rtapishar Iskandar hamda ertapishar Guliston navlarini asosiy va takroriy ekin sifatida ko‘chatidan yetishtirilganda o‘simlikning o‘suv davriga ekish sxemalarining ta’siri o‘rganildi. O‘rtapishar Iskandar navini asosiy ekin sifatida iyun oyining 1-dekasida ekilganda 3 xil ekish sxemasida (30x10x1, 30x10x2, 30x10x3) sholi ko‘chatlarini 30 kunlik maysalarini ochiq dalaga olib chiqib 394 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ekildi. Ekish sexemasi (30x10x1) o‘simlikning tuplash fazasiga 26 iyul sanasida, naychalash fazasiga 8 avgust sanasida, ruvaklash fazasiga 20 avgust sanasida, gullash fazasiga 25 avgust sanasida va pishish davriga 28 sentabr sanasida kirganligi aniqlandi. Ekish sxemalarida (30x10x2, 30x10x3) mazkur ko‘rsatkichlar tuplash fazasiga 5-9 iyul, naychalash fazasiga 19-22 iyul, ruvaklash fazasiga 7-9 avgust, gullash fazasiga 11-12 avgust va pishish fazasiga 7-9 sentabr sanasida o‘tganligi kuzatildi.(1-jadval) 1-jadval Takroriy ekin sifatida ko‘chat usulida yetishtirishda sholining Guliston navining o‘suv davri. Var Ekish Ko‘chat ko‘chatlari Tuplash Naychalash Ro‘vaklashgacha Gullash Pishish № sxemasi soni yoshi, kun 1 3 4 5 6 7 8 9 10 Guliston navi (takroriy ekin sifatida) 1 30x10x1 333 30 13.VII 26.VII 11.VIII 14.VIII 13.IX 2 30x10x2 666 30 9.VII 22.VII 9.VIII 12.VIII 9.IX 3 30x10x3 999 30 5.VII 19.VII 7.VIII 11.VIII 7.IX M.Sattarov va boshqalar takroriy ekin sifatida ko‘chat usulida ekish uchun sholining o‘rtapishar “Ilg‘or”, “Istiqbol”, “Iskandar” va ertapishar “Nukus 2”, “Gulzor”, “Jayxun”, “Guljaxon”, “Sito

Доказательный фрагмент

«Для повышения продуктивности растений риса провести селекцию сортов «Искандар» и «Гулистон», высадку повторных сортов риса рассадным способом, проведение полевых опытов, проведение технологических наблюдений.»

Образец извлечения

Демо-превью

Для повышения продуктивности растений риса провести селекцию сортов «Искандар» и «Гулистон», высадку повторных сортов риса рассадным способом, проведение полевых опытов, проведение технологических наблюдений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rice variety, yield, seedlings, field experiments, phenological, Sholi navi, hosildorlik, fenologik kuzatuvlar., ko‘cha, dala tajribalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники