К содержанию
РецензированоRU2026

Iqlim o‘zgarishining ekinlar hosildorligiga ta’sirini baholashda modellashtirish yondashuvlari: DSSAT va AquaCrop modellarining roli

B.M.Abdullayeva (“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislar universiteti” Milliy tadqiqot universiteti, magistrantlari) · A.Sh.Iskandarova (“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislar universiteti” Milliy tadqiqot universiteti, magistrantlari)

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Изменение климата оказывает серьёзное влияние на сельскохозяйственные системы. Для анализа и прогнозирования изменений урожайности широко используются системы математического моделирования, в частности модели DSSAT и AquaCrop. В данном обзоре проанализированы возможности и ограничения обеих моделей, а также их эффективность в оценке урожайности сельскохозяйственных культур в условиях климатических сценариев. Annotation: Climate change is having a significant impact on agricultural systems. Mathematical modeling systems, particularly DSSAT and AquaCrop models, are widely used to analyze and predict changes in crop yields. This review analyzes the capabilities and limitations of both models, as well as their effectiveness in assessing crop productivity under climate scenarios. Kalit so‘zlar: Iqlim o‘zgarishi, modellashtirish, DSSAT, AquaCrop, hosildorlik, ekinlar, simulyatsiya. Ключевые слова: Изменение климата, моделирование, DSSAT, AquaCrop, урожайность, сельскохозяйственные культуры, симуляция. Keywords: Climate change, modeling, DSSAT, AquaCrop, yield, crops, simulation. 376 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Kirish. Iqlim o‘zgarishi global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda. Haroratning oshishi, yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi va ekstremal hodisalarning ko‘payishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda keskin pasayish kuzatilmoqda (IPCC, 2021). Ekinlarning hosildorligi va o‘suv jarayonlariga ta’sirini oldindan baholash uchun agroekologik modellashtirish tizimlari muhim vosita sifatida rivojlandi. Eng keng tarqalgan tizimlardan ikkitasi — DSSAT (Decision Support System for Agrotechnology Transfer) va AquaCrop (FAO tomonidan ishlab chiqilgan suvga sezgir ekinlar modeli). Iqlim o‘zgarishi bugungi kunda insoniyat duch kelayotgan eng yirik global muammolardan biri hisoblanadi. Bu hodisa ayniqsa qishloq xo‘jaligi sektorida o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsatmoqda. Haroratning muttasil ortib borishi, yog‘ingarchilikning vaqt va miqdor bo‘yicha nomutanosib taqsimlanishi, qurg‘oqchilik, toshqinlar va boshqa ekstremal ob-havo hodisalarining kuchayishi natijasida hosildorlikda pasayish, tuproq degradatsiyasi va suv resurslariga bosim ortmoqda (IPCC, 2021; Wheeler & von Braun, 2013). Ushbu salbiy ta’sirlar natijasida global oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘ilmoqda. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining asosiy oziq-ovqat manbalari bo‘lgan ekinlarning hosildorligi keskin kamaymoqda. Shu sababli, iqlim o‘zgarishining ekinlar o‘suv fazalari, hosildorligi va resurslarga ehtiyojlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini oldindan baholash va prognoz qilish dolzarb ilmiy masalaga aylandi (Lobell et al., 2008). Bu ehtiyojga javoban, agroekologik tizimlarning simulyatsiyasiga asoslangan modellashtirish yondashuvlari keng rivojlanmoqda. Bunday modellar ekinning o‘suv bosqichlari, meteorologik sharoitlar, tuproq xususiyatlari, agrotexnika tadbirlari va suv resurslarini o‘zaro bog‘lab, turli ssenariylarda hosildorlikni bashorat qilishga imkon beradi. Xususan, eng keng tarqalgan va ilmiy hamjamiyatda tan olingan modellashtirish tizimlaridan ikkitasi bu — DSSAT (Decision Support System for Agrotechnology Transfer) va AquaCrop (FAO tomonidan ishlab chiqilgan suvga sezgir ekinlar modeli) hisoblanadi. DSSAT modeli turli agroekologik sharoitlarda hosildorlikni bashorat qilish uchun murakkab fizik-biologik jarayonlarni hisobga oladi (Jones et al., 2003). AquaCrop esa ayniqsa suv cheklangan hududlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘simlik suv foydalanish samaradorligiga asoslangan yondashuvni qo‘llaydi 377 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (Steduto et al., 2009). Har ikkala model ham iqlim ssenariylari ostida turli ekin turlarining moslashuv strategiyalarini ishlab chiqish, hosildorlikni saqlab qolish hamda resurslardan samarali foydalanishga oid qarorlarni qabul qilishda beqiyos ahamiyatga ega. 2. Modellashtirish tizimlarining umumiy tavsifi 2.1. DSSAT modeli DSSAT modeli turli xil ekinlar, tuproq turlari va iqlim sharoitlari uchun hosildorlikni simulyatsiya qilish imkonini beradi. Model ekinlarning fiziologik rivojlanishi, suv va azot sikllari, fotosintez va o‘simlik o‘sishi jarayonlarini modellashtiradi (Jones et al., 2003). DSSAT 40 dan ortiq ekin turini qo‘llab- quvvatlaydi va turli agrotexnologiyalarni baholash imkoniyatini beradi. DSSAT (Decision Support System for Agrotechnology Transfer) — bu ko‘p komponentli, integratsiyalashgan agroekologik modellashtirish tizimi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi tizimlarida ekinlar hosildorligini bashorat qilish, agrotexnik usullar samaradorligini baholash va iqlim o‘zgarishi sharoitida turli variantlarni sinab ko‘rish imkonini beradi. Model o‘simlikning biologik jarayonlarini – urug‘dan unib chiqish, vegetativ va generativ o‘suv bosqichlari, hosil to‘plash

Доказательный фрагмент

«Изменение климата оказывает серьёзное влияние на сельскохозяйственные системы.»

Образец извлечения

Демо-превью

Изменение климата оказывает серьёзное влияние на сельскохозяйственные системы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Climate change, modeling, DSSAT, AquaCrop, yield, crops, Iqlim o‘zgarishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники