Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GʻOʻZA ILDIZ TIZIMI RIVOJLANISHIGA OʻGʻIT BERISH MEʼYORINING TAʼSIRI
Dots.Ismayilova Intizar · Maxmudova Munisa Mansur qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
The article studies the effect of nitrogen fertilizer rates on the development of the root system of cotton (Gossypium hirsutum L.) in the conditions of the Khorezm oasis. The study showed that moderate application of nitrogen fertilizers significantly increases the length of roots, surface area and biomass. This has a positive effect on the aboveground biomass and productivity of plants. It was also noted that the use of large amounts of nitrogen fertilizers can suppress the development of the root system and negatively affect crop yields. Based on the research results, it was emphasized that the correct determination of the fertilizer application rate in cotton cultivation is important for achieving optimal crop development. Kalit soʻzlar: gʻoʻza, ildiz tizimi, azotli oʻgʻit, hosildorlik, Xorazm vohasi. Ключевые слова: хлопчатник, корневая система, азотные удобрения, урожайность, Хорезмский оазис. Keywords: cotton, root system, nitrogen fertilizers, crop yield, Khorezm oasis. Kirish. Gʻoʻza (Gossypium hirsutum L.) Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligidagi asosiy texnik ekinlardan biridir va u ko‘plab agrotexnik tadbirlarga, shu jumladan oʻgʻitlashga sezgir ekin hisoblanadi. Xorazm vohasi sharoitida, bu ekin ekilgan tuproqlarning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari gʻoʻzaning ildiz tizimi rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Ildiz tizimi oʻsimlikning suv va oziqa moddalari bilan taʼminlanishida muhim rol oʻynaydi, shuningdek, u oʻsimlikni tuproqqa yaxshi integratsiyalashuvi va mustahkamlashida ham ahamiyatli boʻladi. Oʻgʻitlar, xususan, azotli oʻgʻitlar, ildiz tizimi rivojlanishini yengillashtirish va hosildorlikni oshirishda katta rol oʻynaydi. Shu bois, gʻoʻza uchun eng samarali oʻgʻitlash meʼyorini belgilash ushbu soha uchun katta ahamiyatga ega. Azotli oʻgʻitlar oʻsimliklarning vegetatsiya davrida ozuqa moddalarini koʻpaytirishga yordam beradi. Biroq, ortiqcha azotning kutilgan foydasi boʻlmasligi mumkin, aksincha, bu o‘sishning noto‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, gʻoʻza ildiz tizimi rivojlanishini taʼminlashda azotli oʻgʻitlarni meʼyorida qoʻllash muhimdir. Tadqiqot maqsadi. Xorazm vohasi sharoitida azotli oʻgʻitlarning ildiz tizimi rivojlanishiga taʼsirini baholash maqsad qilingan. Tadqiqotning vazifalari: • G’o’za ildiz tizimining chuqurligi, massasi va tuzilishini o’rganish; • Har xil NPK o’g’it me’yorlarining ildiz rivojlanishiga ta’sirini taqqoslash; 382 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya • Iqtisodiy va agrotexnik nuqtai nazardan eng maqbul o’g’itlash sxemasini tavsiya etish. Tadqiqot obyekti va predmeti – g’o’za Xorazm-127 navi va uning turli o’g’it miqdorlarining g’o’za ildiz tizimi rivojlanishiga ta’siri. Tadqiqot uslubi. Tadqiqotlar 2023–2024 yillarda Xorazm viloyatining kuz-qish davridagi tuproq-iqlim sharoitlarida olib borildi. Tadqiqot maydoni sifatida gʻoʻza ekilgan yer tanlandi, u yerda tuproq turi — o’tloqi allyuvial, tuproqning pH darajasi 7.4, tuzilishi esa ogʻir mexanik tarkibli tuproq edi. Tajriba uch xil oʻgʻit meʼyori (N- 250, P-150, K-100 kg/ga) bilan amalga oshirildi. Tajribalar Urganch davlat universitetining o’quv tajriba xo’jaligi tajriba maydonida 4 replikatsiya bilan tajriba oʻtkazildi, har bir variantning maydoni 210 m² bo‘ldi. Har bir maydonda ildiz tizimi rivojlanishini oʻlchash uchun standart usullar qoʻllanildi. Ildiz uzunligi, ildiz sirt maydoni va biomassasi o‘lchandi. Shuningdek, hosil olingan yer usti biomassasi va hosildorlik darajalari ham baholandi. Ildiz tizimi va hosil oʻrtasidagi bogʻlanishni aniqlash uchun analitik tahlil usullari, jumladan, dispersiya tahlili (ANOVA) va regressiya tahlili qoʻllanildi. Buning natijasida mineral oʻgʻitlarning ildiz tizimi rivojlanishi va hosilga taʼsiri aniqlanishi kutilgan edi. Natijalar va tahlil. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, Xorazm vohasining tuproq-iqlim sharoitlarida gʻoʻza ildiz tizimi rivojlanishi mineral oʻgʻitlar miqdoriga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Azotli o‘g‘itlarning ta’siri. Azot g‘o‘za o‘sishi va protein sintezi uchun muhim bo‘lib, ayniqsa vegetativ o‘sishni faollashtiradi. N250 kg/ga me’yorida qo‘llanganda ildiz uzunligi 31 sm, ildiz biomassasi 52 g ni tashkil etdi. Ammo azotning haddan ortiq qo‘llanilishi ildiz o‘sishida biroz pasayish, lekin poya va barglarda ortiqcha o‘sishni keltirib chiqardi. Shuningdek, azotning yetishmovchiligi o‘sishning sekinlashuviga olib keldi. Fosforli o‘g‘itlarning ta’siri. Fosfor ildizning dastlabki o‘sishi, hujayra bo‘linishi va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Faqat 150 kg/ga me’yorida ildiz chuqurligi 26 sm, biomassasi 41 g bo‘ldi. Kombinatsiyalangan (NPK) shaklda esa bu ko‘rsatkichlar yanada yuqori bo‘ldi. Fosforli o‘g‘itlar g‘o‘zaning erta bosqichda ildizini chuqur va ko‘p tarmoqlanishiga olib keldi. Bu esa o‘simlikka suv va oziqa moddalarini chuqur qatlamlardan olish imkonini berdi. 383 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
Доказательный фрагмент
«The article studies the effect of nitrogen fertilizer rates on the development of the root system of cotton (Gossypium hirsutum L.) in the conditions of the Khorezm oasis.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article studies the effect of nitrogen fertilizer rates on the development of the root system of cotton (Gossypium hirsutum L.) in the conditions of the Khorezm oasis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cotton, root system, nitrogen fertilizers, crop yield, Khorezm oasis, ildiz tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025