К содержанию
РецензированоEN2026

XORAZM VOHASI SHAROITIDA CHUMOLILARNING (FORMICIDAE) BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARINI O`RGANISH

Dots. Z.R.Tajiyev

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Ants are also considered intelligent creatures. The head of a door ants is the same size as the mouth of the nest. Ants build nests in the soil, under stones, and in rotting tree trunks (wood-eating ants). Sometimes they build nests of dry branches, with the roof protruding above the ground in the form of a cone. Ants build very complex, multi-chambered nests in the soil. Eng ko‘p ko‘zimiz tushadigan hasharotlardan biri chumolidir. Ana shu hasharotning hayot kechirish tarziga diqqat qilsak, ko‘p ajoyibotlarga duch kelamiz. Chumoli – uyqu nima, tinim nima bilmaydigan mehnatkash jonzot. Uning insonlarga foydali jihati shundaki, ko‘p xonali uya qilgani bois daraxtlar va o‘simliklarning ildizlari atrofi birmuncha ochilib u yerga kislorod kirishi yaxshilanadi. Bu esa o‘simliklar rivojiga ijobiy ta’sir qiladi. Chumolilar aqlli jonzot ham sanaladi. Ular uyasiga tashib olgan arpa-bug‘doy boshoqlarini ikkiga bo‘lib qo‘yadi. Shunday qilsa, don nam tortib ko‘klab ketmasligini biladi. Shunga aqli yetganiga hayron qolayotgan odam ularning kashnich urug‘ini to‘rtga bo‘lib qo‘yishini, agar bu urug‘ ikkiga bo‘linsa ham ko‘klab ketishi mumkinligini eshitsa, hayrati yanada oshadi. Negaki, kashnich donining ikki bo‘lakka ajratib qo‘yilsa ham ko‘klab ketishini uncha-muncha dehqon ham bilmaydi. 319 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Chumoli to‘dalarida mustahkam ish nizomi mavjud va har bir chumoli o‘z zimmasiga yuklangan vazifani rosmana fidokorlik bilan bajaradi. Biz chumolilarni ko‘rganda hammasini bir xil deb o‘ylaymiz. Lekin ular bajaradigan vazifalar turli-tuman bo‘ladi. Masalan, to‘dadagi bir qism chumolilarning vazifasi uyaning eshigida qorovullik qilmoqdir. Eshikbon chumolilarning boshining kattaligi uyaning og‘zi bilan bir o‘lchamda bo‘ladi. Uya og‘ziga maxsus mo‘ljallangan bu bosh strukturasi uning uyaga o‘zining kirishiga ham, boshqalarning kirishiga ham to‘sqinlik qiladi. Eshikbonlar kun uzog‘i hech qimirlamasdan uyaning og‘zida qaqqayib turadi. Bu chumolilar uyaga faqat o‘z to‘dasidan bo‘lgan chumolilarni kiritadi, boshqalarni uya og‘ziga yo‘latmaydi. Shuning uchun biror xatar tug‘ilsa, dushmanga birinchi bo‘lib duchlashadiganlar – eshikbon chumolilar bo‘ladi. Chumolilarning bir qismi esa tadqiqotchi chumolilardir. Ular uyadan chiqib atrofni aylanib yegulik axtaradi. Biror yegulik manbasini topgani zahoti qornini mumkin qadar ovqatga tuydiradi va boshqa chumolilarga xabar berish uchun jadallik bilan uyaga qaytadi. Qaytib kelayotganda har-har yerga qornini ishqalab kimyoviy belgi qo‘yib keladi. Uyaga qaytar-qaytmas hamma chumoliga xabar berib, ularning orqasidan yurishini aytadi. Shu tariqa tadqiqotchi chumoli qolgan chumolilarni belgi qo‘yib kelgan yo‘lidan yurib o‘zi topgan ozuqaga manbaiga boshlab boradi. Chumolilarning antennaga o‘xshagan a’zolari ta’m bilish, hid sezish, namlik va kimyoviy moddalarni farqlash vazifasini bajaradi. Chumolilar ana shu antennalar yordamida boshqa chumolilar to‘dasi qoldirgan kimyoviy ishoratni anglaydi va ular bilan muloqotga kirishadi. Barg kesuvchi chumolining oldingi jag‘lari qaychi kabi keskin qirrali; jangchi chumolilarni esa o‘tkir bo‘lib, dushmanning boshini qimirlatmaydigan darajada kuchlidir. Ba’zilarining jag‘lari esa arraga yoki tegirmon toshiga o‘xshaydi. Ayrim chumoli turlarining og‘zida boshqa chumolilarni ko‘chirish yoki lichinkalar hosil qilish uchun moddalarni saqlaydigan mitti cho‘ntagi ham bo‘ladi. Chumolilar nihoyatda fidokor va topganini baham ko‘rishni sevadigan saxiy hasharotlardir. Mabodo, bir to‘dadan ikki chumoli duchlashib qolsa, ulardan biri och va chanqagan bo‘lsa; ikkinchisining og‘zida chaynalgan yoki yarim hazm bo‘lgan yegulik bo‘lsa, ehtiyoji bo‘lgan chumoli yegulik talabida bo‘ladi. Ovqati bor chumoli 320 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hech qachon uni rad etmaydi va o‘zidagi yegulikni u bilan baham ko‘radi. Chumolilar lichinkalarini o‘zlarining oziq-ovqatlari bilan boqadilar. Hatto aksaran o‘zlariga boshqalarni mehmon qilganidan kam yegulik ayiradi. Chumoli to‘dasidagi bir qism chumolining vazifasi esa uyani himoya qilmoqdir. Bu vazifaga maxsus tayyorlangan chumolilar uyalarini himoya qilish uchun jonlarini ham fido etadi. Bir tur chumoli dushmaniga zarar berish uchun jag‘idan tanasining orqasiga qarab cho‘zilgan zaharga to‘la lohas qiluvchi bezidan foydalanadi. Agar chumoli jangda jarohat olsa, qorin bo‘shlig‘ining muskullarini qattiq urib sekresiya bezlarini yirtib yuboradi va zaharini dushmanga qaratib purkaydi. Ana shu jang asnosida chumoli o‘z jonini fido etadi. Chumolilarning hammasi ham zaharli emas. Ba’zilari formik kislota yordamida o‘zlarini himoya qiladi. Bu tur chumolilar dushmanlarini jag‘lari bilan yarador qiladi, so‘ngra esa yaraning ustiga formik kislotani purkaydi. Chumoli antikoridi hasharotning asab tizimiga va terisiga zarar yetkazadi. B

Доказательный фрагмент

«Ants are also considered intelligent creatures.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ants are also considered intelligent creatures. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jag lari, ants build, build nests, nests soil, ekologiya atrof, atrof muhit, muhit muhofazasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники