К содержанию
РецензированоUZ2026

XORAZM MILLIY TABIAT BOG‘I HUDUDLARIDAGI FLORA VA FAUNASIDAGI O’ZGARISHLAR

FAUNASIDAGI O’ZGARISHLAR · A.X. Atajanov · A.Q. Qlichev

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Xorazm milliy tabiat bog‘i flora va faunasida olib borilayotgan ilmiy ishlar, o’zgarishlar to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Kalit so'zlar: Flora, fauna, ekotizim, cho’l, “Qizil kitob” . Annotation: Information is provided on scientific work and changes in the flora and fauna of the Khorezm National Nature Park. Keywords. Flora, fauna, ecosystem, desert, "Red Book". Xorazm viloyati hududi tuproq-o‘simlik qoplami bo‘yicha cho‘l hududiga kirib, tabiiy o‘simlik qoplami paydo bo‘lganligi, yopiq o‘simliklar paydo bo‘lishiga yo‘l ochib berganligi bilan ifodalanadi. Turli-tuman efemer va efemersimonlar ichida ko‘proq cho‘l juzg‘uni keng tarqalgan. Shuvoq, semizo‘t, gipsli yuqori qatlamlarga yaqin joylashgan yеrlarda - qoraboyalish, sho‘rhok tuproqlarda - buyurg‘un, keyreuk uchraydi. Qum aralashgan sur ko‘ng‘ir tuproqlarda ba’zan sumbul (ferula) uchraydi. Cho‘l qumdan iborat Xorazm milliy tabiat bog’ning Xiva va Tuproqqal’a hududlarida o‘simlik qoplami juda siyrak joylashgan edi. Bu еrlarda asosan sho‘rsevar buta va daraxtsimon o‘simlik turlaridan: quyonsuyak, iloq uchraydi, surilib borayotgan qumlarda ko‘proq julgun, oq saksovul va qandim o‘sgan. Bugungi kunda bu hududldrimizda efemer va efemeroidlarga, boshqa cho’l o’simliklariga juda boy hisoblanadi. Urganch, Xonqa va Yangibozor hududlarimizda buta-daraxtlar va sho‘rsevar o‘simliklardan to‘rong‘i, jiyda, suv toil, o‘tsimon o‘simliklardan yantoq, salomalaykum, ajriqlarni uchratish mumkin. Xorazm milliy tabiat bog’ining muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida saksovulzorlar, to‘qaylar, taqirlar o‘simliklari mavjud. Xorazm milliy tabiat bog’i, hududi o‘simlik turlariga boy bo‘lib, olimlarimizning, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2500 turdan ortiq o‘simlik uchraydi. Hozirgi kungacha o’simliklarning 245 turi aniqlanib tur tarkibi shakllantirildi. 296 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Hududlarimiz cho‘l va to‘qay o‘rmonzorlaridan tashkil topgani bois unlik ko‘p o‘simlik turlariga boy emas. Hudud ko‘p qismi cho‘l mintaqasiga mansub bo‘lib, bu еrlarda eng ko‘p tarqalgan o‘simlik turlari: Qora saksovul (Haloxylon aphyllum (Minkw.) Iljim), oq saksovul (Haloxylon persicum Bge.), Cherkez (Salsola richteri Kar. ex Litv.), qandim turlari (Calligonum), qo‘ng‘irbosh (Poa bulbosa), mayinshuvoq (Artemisia), karrak (Cousinia resinosa), andiz (Inula grandis), shirach (Eremurus olgae), yovvoyi piyoz (Allium suvorovii) va boshqalar hisoblanadi. Bu mintaqadagi o‘simliklarning ko‘pchiligi efemerlar bo‘lib, qo‘rg‘oqchil faslda kurib qoladi qurg‘oqchilik faslda qurib qoladi. 2024 yilga qaraganda 2025 yil boshlanishidan xavo xarorati biroz sezilarli darajada farq qiladi. Bahorda yog‘ingarchilik ancha yaxshi bo‘ldi. Shu sababli qumlarda, cho’llarda qismidagi barhanliklaridagi o’tlarning aprel oyida ham yam- yashil bo’lib turganligi kuzatildi. Bu esa o‘simlik va xayvonot dunyosiga ancha qulayliklar tug’dirdi. Urganch tumani bo‘limi еr maydoni 197,5 gektarni tashkil etadi. hududda o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va qayta ko‘paytirish, dorivor o‘simliklarni yеtishtirish, tabiiy ekosistemani saqlab qolish bo‘yicha izlanishlar olib boriladi. Xududda “Qizil kitob”ga kiritilgan va boshqa turdagi har – xil simliklarini chopib olinishini oldini olish, aholi va chegaradosh еrdan foydalanuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, hududagi o‘simlik dunyosini va xayvonot dunyosini saqlab qolinishiga erishilmoqda. 2020 - 2024 yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda hayvonot dunyosi buyicha ilmiy izlanishlar olib borilib, utkazilgan monitoringlarda 34 turdagi xayvonot turlari aniqlangan. Jumladan; burgut, oqdumli suv burguti, qirg‘iy, qarg‘a, olaqarg‘a, ko‘k g‘oz, bulbul, vishildoq oqqush, Buxoro chittaki, ko‘l chag‘alayi, sor, fifi, kvakva, kichik chig‘irchiq, yovvoyi o‘rdak, ko‘k qarqara, katta oq qarqara, to‘qay mushugi, ko‘k kaptar, qishloq qaldirg’ochi, qiziloyoq, dala chumchug‘i, Buxoro chittagi, chiyabo‘ri, tulki, yovvoyi to‘ng‘iz, tipratikan, ko‘katarg‘oq, katta qorabuzov, Amudaryo katta kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni, orol mo‘ylovli balig‘i, cho‘rtansifat oqqayroq, turkiston mo‘ylovli balig‘i uchratiladi. Joriy yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda O‘simlik dunyosi buyicha utkazilgan ilmiy izlanishlarda, 28 turdagi butalar va yarim butalar, torong‘il daraxtlari va xar xil turdagi o‘simliklarini urganildi. 297 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Jumladan; qushjida, ingichkabargjiyda, turkman jiydasi, to‘rong‘il, yovvoyi shakarkamish, oddiy qamish, erkak qamish, qizilmiya, sho‘r bo‘yon, terak, suv toli, echki tol, jumg‘ol tol, xar xil bargli terak, yantoq, oqbosh, yulg‘un, tuzg‘oq, Amudaryo tuyatovoni, ilonpechak, ituzum, sho‘ra, ilonpechak, sigirquyruq, suv o‘ti, oddiy pechak, moychechak, qirqbo‘g‘imlar uchraydi. Xorazm milliy tabiat bog‘ini Xonqa hududi

Доказательный фрагмент

«Xorazm milliy tabiat bog‘i flora va faunasida olib borilayotgan ilmiy ishlar, o’zgarishlar to’g’risida ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Xorazm milliy tabiat bog‘i flora va faunasida olib borilayotgan ilmiy ishlar, o’zgarishlar to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Flora, fauna, ecosystem, desert, "Red Book"
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники