Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OROL BO‘YI HUDUDLARIDA TOLALI EKIN – KROTALARIYANI PARVARIShLASh
S.T.Negmatova (Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti) · M.Sh.Nururllaeva (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti) · D.G‘.Quvondiqova (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti) · G’.Q.Yoqubov (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti)
Журнал универсальных научных исследований · 82 · 70-74 · 2026
Аннотация
the article examines the soil and climatic conditions of the Aral Sea region and scientifically proves that when treating crothalaria seeds with a Geohumat stimulator at the rate of 1.0 t/l before planting and applying NPK-20% fertilizer in suspension at the rate of 1.5 kg per hectare, a high yield of 7.8-15.8 c/ha can be obtained. due to the accelerated growth and development of plants. Kalit so‘zlar: Crotalaria juncea, Geogumat va Fertilayf stimulyatorlari, NPK- 20%, poya hosili, tola hosili. Ключевые слова: Crotalaria juncea, стимуляторы Геогумат и Фертилайф, NPK-20%, урожайность стеблей, урожайность волокна. Keywords: Crotalaria juncea, Geohumat and Fertilife stimulants, NPK-20%, stem yield, fiber yield. Xalq xo‘jaligida o‘simlik tolasining ahamiyati juda katta bo‘lib, o‘simlik tolasidan to‘qimachilik sanoatida uning mayin va dag‘alligiga qarab, har xil gazmollar 310 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishlab chiqiladi. Eng ko‘p ishlatiladigan paxta tolasi hisoblanib, undan mayin gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil qiladigan o‘simliklar tolasi paxta tolasiga nisbatan dag‘al bo‘lganligi sababli undan uy jihozlarida ishlatiladigan dag‘al gazlamalar, qop, qanor, arqon va shunga o‘xshash har xil mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2023 yil 23 noyabrdagi PF-199-sonli “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni 8-ilovasida Krotalyariya (Crotalaria juncea) va boshqa sho‘rlanishga, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarni Orolning qurigan tubida introduksiya qilish asosida yuqori kaloriyali ozuqa yetishtirishning arzon, resurs-tejamkor usullarini ishlab chiqish, hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ularni sanoat usulida yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish, o‘simlik xom-ashyosidan tola (sellyuloza), dori vositalari, yuqori kaloriyali ozuqa birikmalari ishlab chiqarishni amaliyotda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan. Ushbu farmonlar ijrosini ta’minlash borasida bir guruh olimlarimiz tomonidan tuproq sho‘rlanishiga, qurg‘oqchilikka chidamli, turli tuproq sharoitiga moslashuvchan tola xom-ashyosi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan noan’anaviy tolali ekin – krotalariya o‘simligi Respublikamiz turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashtirib introduksiya qilindi, parvarishlash agrotexnikasi ishlab chiqildi. Krotalariya keng qamrovli ekin hisoblanib, chet elda asosan tola sifatida ishlatiladi. Bir necha xorijiy olimlar [1, 2] undan tabiiy tola va yashil go‘ng sifatida ishlatilishi ustida tadqiqotlar olib borishgan. krotalariyadan tola olish uchun ekishdan keyin 75-80 kunda to‘liq gullash davrida hosil yig‘ishtiriladi. Tola hosili - 2 o‘rimdan gektaridan 4-6 tonna quruq poya olinib, undan 3-6 s/ga tola olinadi. M. Tripathi va boshqalar [3] ning ma’lumotlariga ko‘ra, krotalariya ko‘plab mamlakatlarda, xususan Hindistonda yuqori sifatli tolasi uchun yetishtiriladigan ko‘p maqsadli tropik va subtropik dukkakli o‘simlik hisoblanadi. Krotalariya o‘simligidan olinadigan toladan harbiy materiallar uchun shnur ishlab chiqariladi. Shuning uchun ikkinchi jahon urushi davrida bu o‘simlikka qiziqish yanayam ortgan [4]. Krotalariya o‘simligi tolasidan kanop tolasi singari arqon, ip va baliq to‘rlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. 2000 yillarning oxirida krotalariyaga qiziqish yanada 311 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ortgan, chunki uning tolasi sintetik tolalarga qaraganda ekologik jihatdan toza va qog‘oz sanoati uchun qimmatli xom-ashyo hisoblanadi [5]. Respublikamizda ushbu ekin bilan S.Negmatova, M.Nurullaeva, X.Berdiqulov va boshqalar [6, 7] ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan bo‘lib, ular asosan krotalariyadan ko‘k massa va don hosili yetishtirish agrotexnologiyasi, tuproq unumdorligi bo‘yicha shug‘ullanishgan. Respublikamizning turli mintaqalarida tolali ekin krotalariyani parvarishlash hamda tola ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish, import va eksport hajmini ошириш давлатимиз олдида турган долзарб масалалардан биридир. Dala tajribalari Qoraqalpog‘iston respublikasining Orol bo‘yi hududlari Mo‘ynoq tumani allyuvial o‘tloqi tuproqlari sharoitida olib borildi. Tajribada urug‘lar ekishdan oldin Geogumat (1,0 l/t) va Fertilayf stimulyatorlari bilan tavsiya qilingan me’yorlarda ishlov berib ekilib, o‘suv davrida shonalash va gullash fazalarida NPK (20%) o‘g‘iti suspenziya shaklida bargdan oziqlantirilganda krotalariyaning tola xom-ashyosi (poya) hosildorligiga ta’siri o‘rganildi. Krotalariya ko‘p o‘rimli o‘simlik bo‘lib, amal davri davomida 2-3 marta tola xom-ashyosi – poya hosilini yetishtirish mumkin. Orol bo‘yi hududlarida 2 marta poyasi o‘rib olindi. Krotalariya tola uchun
Доказательный фрагмент
«the article examines the soil and climatic conditions of the Aral Sea region and scientifically proves that when treating crothalaria seeds with a Geohumat stimulator at the rate of 1.0 t/l before planting and applyin…»
Образец извлечения
Демо-превьюthe article examines the soil and climatic conditions of the Aral Sea region and scientifically proves that when treating crothalaria seeds with a Geohumat stimulator at the rate of 1.0 t/l before planting and applyin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Crotalaria juncea, Geohumat and Fertilife stimulants, NPK-20%
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024