К содержанию
РецензированоUZ2024

Tashqi Savdo Balansining Iqtisodiy Rivojlanishga Ta'sirini Ekonometrik Modellashtirish (Surxondaryo Viloyati Misolida)

Modellashtirish (Surxondaryo Viloyati Misolida) · Mamataliyev Isroil Musurmanovich

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida tashqi savdo balansining iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ekonometrik modellashtirish orqali tahlil qilingan. Tadqiqot davomida 2010–2024-yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlar asosida regressiya modeli qurilgan. Tashqi savdo ko‘rsatkichlari (eksport, import) bilan yalpi hududiy mahsulot (YHM) o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Tadqiqot natijalari viloyatda tashqi savdo faoliyatining iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. Kalit so‘zlar: tashqi savdo balansi, iqtisodiy rivojlanish, regressiya tahlili, Surxondaryo, eksport, import. Bugungi kunda jahon miqyosida yuz berayotgan iqtisodiy integratsiya, savdo aloqalarining globallashuvi va raqobatbardosh iqtisodiy muhitda har bir davlatning iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan uning tashqi iqtisodiy faoliyatiga, xususan, tashqi savdo balansiga bog‘liqdir. Tashqi savdo balansi, ya’ni mamlakat yoki uning hududi eksport va import o‘rtasidagi tafovuti, iqtisodiy rivojlanish jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi muhim omil sifatida qaraladi. Mamlakatlar o‘z iqtisodiy siyosatini belgilashda aynan tashqi savdo balansini tahlil qilish orqali makroiqtisodiy barqarorlik, valyuta kursi, bandlik va investitsiya muhitini boshqarishga harakat qiladilar. Iqtisodiy 7 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5 rivojlanishning zamonaviy konsepsiyalarida tashqi savdoning roliga alohida urg‘u beriladi. Klassik iqtisodchilar (A. Smit, D. Rikardo) tashqi savdo orqali mutlaq va nisbiy ustunlik nazariyasini ilgari surgan bo‘lsalar, zamonaviy iqtisodchilar tashqi savdo iqtisodiy o‘sishning innovatsion va texnologik jihatlarini kuchaytirishini ta’kidlab kelmoqdalar. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi bozorlarga chiqish, eksportni ko‘paytirish va importning tarkibini optimallashtirish iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri sifatida qaraladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, tashqi savdoni liberallashtirish, bojxona va tarif siyosatini isloh qilish, investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi. So‘nggi yillarda olib borilayotgan ochiq tashqi siyosat, qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning faollashuvi, eksport geografiyasining kengayishi iqtisodiy barqarorlikka xizmat qilmoqda. Ammo tashqi savdo jarayonlarining hududiy darajadagi ta’sirini o‘rganish, ayniqsa viloyatlar kesimida, hali to‘liq ilmiy yondashuv asosida tadqiq etilmagan. Surxondaryo viloyati O‘zbekiston janubida joylashgan, o‘zining strategik geografik holati, tabiiy boyliklari va transchegaraviy savdo imkoniyatlari bilan ajralib turadigan hududlardan biridir. Viloyatning Afg‘oniston va Tojikiston bilan chegaradoshligi tashqi savdo aloqalarini kengaytirish uchun qulay zamin yaratadi. Viloyatda qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish va foydali qazilmalarni qazib olish sohalari eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlar sirasiga kiradi. So‘nggi yillarda Surxondaryo viloyatida tashqi savdo hajmi barqaror o‘smoqda. Biroq, bu savdo hajmining hududiy yalpi mahsulot (YHM)ga qanday ta’sir qilayotgani, eksport- import balansining mahalliy iqtisodiyotda qanday makroiqtisodiy natijalarga olib kelayotgani chuqur tahlilga muhtoj. Shu nuqtai nazardan, ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — Surxondaryo viloyatida tashqi savdo balansining iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini ekonometrik modellashtirish orqali aniqlashdan iboratdir. Tadqiqotda 2010– 8 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5 2024-yillar davomida viloyat bo‘yicha mavjud statistik ma’lumotlar asosida yalpi hududiy mahsulot, eksport va import o‘zgaruvchilari o‘rtasidagi bog‘liqlik regressiya tahlili vositasida o‘rganiladi. Tadqiqotning metodologik asosini oddiy chiziqli regressiya (OLS) modeli tashkil etadi. Natijalar asosida tashqi savdo siyosatini hududiy darajada takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur ilmiy ish quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratadi: Tashqi savdo balansining (eksport-import farqi) hududiy iqtisodiy o‘sishga bevosita va bilvosita ta’siri qanday? Eksport va importning alohida ko‘rinishlari Surxondaryo viloyatining YHMiga qanday darajada ta’sir ko‘rsatmoqda? Ekonometrik model asosida qanday iqtisodiy strategiyalar ishlab chiqilishi mumkin? Tadqiqot natijalari respublika miqyosida hududiy iqtisodiy siyosatni shakllantirishda, tashqi savdo faoliyatini hududiy darajada muvofiqlashtirishda hamda viloyatlarda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, ilmiy jihatdan mazkur tadqiqot iqtisodiy modellashtirishning hududiy amaliyotda qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Adabiyotlar tahlili (Literature Review) Tashqi savdo va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiy fanlarda anchadan beri muhokama qilinib kelinayotgan mavzulardan biridir. Klassik iqtisodiy maktab vakilla

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida tashqi savdo balansining iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ekonometrik modellashtirish orqali tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida tashqi savdo balansining iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ekonometrik modellashtirish orqali tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tashqi savdo balansi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники