К содержанию
РецензированоRU2026

XORAZM VILOYATIDAGI MAHALLIY DARAXTLARNING SIZOT SUVINI TUSHURISHDAGI AHAMIYATI

SUVINI TUSHURISHDAGI AHAMIYATI · Sugʻdiyona Erkinaliyeva Elyorjon qizi · Olimboyeva Sevara Sherzod qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается влияние местных древесных пород в Хорезмской области на глубину залегания грунтовых вод. Исследования показали, что такие деревья, как ива, джида, тополь и другие, играют важную экологическую роль в регулировании уровня грунтовых вод. За счёт транспирации через корневую систему деревья способствуют снижению уровня грунтовых вод, тем самым уменьшая риск засоления и деградации земель. Annotation: This article explores the impact of local tree species in the Khorezm region on the depth of groundwater. Research indicates that native trees such as willow, oleaster, and poplar play a significant ecological role in regulating groundwater levels. Through the transpiration process via their root systems, these trees help lower the water table, thereby reducing the risks of salinization and land degradation. Kalit sòzlar: Xorazm viloyati, mahalliy daraxtlar, sizot suvi, gidrologik muvozanat, ekologik barqarorlik, yer sho‘rlanishi, transpirasiyaviy jarayon, melioratsiya. Ключевые слова: Хорезмская область, местные деревья, грунтовые воды, глубина, экологическая устойчивость, транспирация, засоление, мелиорация 262 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Keywords: Khorezm region, local trees, groundwater, depth, ecological stability, transpiration, salinization, land reclamation. Sizot suvini nazorat qilish: Mahalliy daraxtlar, ayniqsa uzun ildizli turlari, yer osti suvlari darajasini tartibga solishda yordam beradi. Ular ortiqcha sizot suvini o‘zlashtirib, tuproqdagi namlik muvozanatini saqlab turadi. Bu ayniqsa sho‘rlanishga moyil bo‘lgan hududlarda muhim.Sizot suvini nazorat qilishdagi mahalliy daraxtlarning roli (Xorazm viloyati misolida). Xorazm viloyati sug‘oriladigan hudud bo‘lib, bu yerda sizot suvlari sathi yuqori bo‘lishi katta muammo hisoblanadi. Sizot suvlari yuqori bo‘lsa, tuproq sho‘rlanadi, hosildorlik pasayadi va ekologik muvozanat buziladi. Shu sababli, mahalliy daraxtlarning bu muammoni hal etishda tutgan o‘rni nihoyatda katta. Ildiz tizimi orqali suvni o‘zlashtirish. Mahalliy daraxtlarning chuqur ildiz tizimi bor. Masalan: Terak (topol): juda chuqur ildiz otadi, sizot suvini o‘zlashtirib, sathini pasaytiradi. Tut va yong‘oq: o‘rta chuqurlikda ildiz otib, tuproqning pastki qatlamlaridan namlikni olib, bug‘lanish orqali chiqaradi. Transpiratsiya (suvning barg orqali bug‘lanishi). Daraxtlar suvni ildiz orqali olib, barg orqali bug‘latadi. Bu jarayon "transpiratsiya" deyiladi. Ko‘p bargli daraxtlar ko‘p suv bug‘latadi, bu esa sizot suvining tabiiy ravishda kamayishiga olib keladi. Sug‘orish va yog‘ingarchilik suvlarining yer ostiga tushishini kamaytiradi. Daraxtlar soyasida bug‘lanish kamayadi, bu esa ortiqcha suvning yerga shimilib, sizot suvga aylanishini cheklaydi. Shuningdek, daraxtlar yomg‘ir yoki sug‘orish suvi oqimini sekinlashtirib, yer sathida saqlanishiga yordam beradi. Tabiiy gidrologik balansni tiklaydi. Daraxtlar orqali suv aylanishi (bug‘lanish–yomg‘ir–sizot suv aylanishi) muvozanatda bo‘ladi. Bu esa yer osti suvlari sathining haddan tashqari ko‘tarilishini oldini oladi. Sho‘rlanishni kamaytirish: Daraxtlar evaporatsiyani (bug‘lanishni) kamaytirish orqali sizot suvining yuzaga chiqishini oldini oladi. Bu yer sathidagi sho‘r qatlamlarning shakllanishini kamaytiradi va tuproq unumdorligini saqlaydi. Sho‘rlanishni kamaytirishdagi mahalliy daraxtlarning ahamiyati (Xorazm viloyati misolida). Xorazm viloyatida tuproq sho‘rlanishi – asosiy agroekologik muammolardan biridir. Bu holat, asosan, sizot suvlarining yuqoriligi va ulardagi tuzlarning yer yuzasiga chiqishi bilan bog‘liq. Mahalliy daraxtlar ushbu jarayonni sekinlashtirish yoki oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Sizot suvini chuqurlashtirish orqali sho‘rlanishni kamaytiradi. Daraxtlar chuqur ildizlari orqali sizot suvini o‘zlashtirib, uning sathini pasaytiradi. Sizot suv past bo‘lsa, yer yuzasiga kapillyar 263 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ko‘tarilish (tuzli suvning yuqoriga chiqishi) kamayadi. Bug‘lanishni kamaytirib, tuzlarning ko‘tarilishini to‘xtatadi. Tuproq yuzasidan ortiqcha bug‘lanish tuzlarning yuqoriga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Daraxtlar soyasi ostida bug‘lanish kamayadi, bu esa tuzlarning tuproq yuzasiga chiqishini sekinlashtiradi. Transpiratsiya orqali tuzdan nisbatan toza suvni aylanma harakatga soladi. Daraxtlar suvni ildiz orqali tortib olib, barglari orqali bug‘latadi. Bu jarayon orqali tuzlar to‘plangan joyda qoladi, suv esa aylanmadan chiqadi. Bu tuproqdagi tuz konsentratsiyasini pasaytirishga xizmat qiladi.Biologik filtr sifatida ishlaydi. Ayrim daraxtlar (masalan, qandim, terak, saksovul) tuproqdagi zararli ionlarni (natriy, xlor) o‘zida to‘plash xususiyatiga ega. Bu esa ularning atrofidagi tuproqni nisbatan sog‘lomlashtiradi. Sho‘r joylarda barqaror o‘suvchi turlar tuproqni yashillashtirishda foydal

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается влияние местных древесных пород в Хорезмской области на глубину залегания грунтовых вод.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается влияние местных древесных пород в Хорезмской области на глубину залегания грунтовых вод. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khorezm region, local trees, groundwater, depth, ecological, Xorazm viloyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники