Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SANOAT KORXONALARINING O`SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSIGA TA`SIRINI O`RGANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISHNING ISTIQBOLLI YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH.
Bobonazarova Sojida Norbekovna
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
management of the activities of industrial and production enterprises, study of the effects of man-made phenomena and toxic gases released from them on vegetation and animal world, and development of promising solutions for their protection. Key words: Gas and oil fields, methane, hydrogen sulfide, sulfur oxides, "acid rain", global warming, flora and fauna Аннотация: управление деятельностью промышленных и производственных предприятий, изучение воздействия техногенных явлений и выделяющихся из них токсичных газов на растительный и животный мир и разработка перспективных решений по их защите. Ключевые слова: месторождения газа и нефти, метан, сероводород, оксиды серы, «кислотные дожди», глобальное потепление, флора и фауна. Kirish. Sanoat va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati va ularga bo‘lgan talab, zamonaviy dunyomizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Sababi, kunlik hayot tarzimizning ajralmas qismiga aylanib bo`lgan oziq ovqat, dori-darmon, yoqilg`i va energiya, sanoat qurilish materiallari singari bir qator ishlab chiqarish muhsulotlari sanoat va ishlab chiqarish korxonalarining asosini tashkil etadi. Ammo korxonalarda sodir bo`ladigan texnogen hodisalar va ulardan ajralib chiqayotgan zaharli gazlar atmosfera havosi va suv resurslarining ifloslanishiga, tuproq strukturasining buzilishiga 230 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya olib kelmoqda. Bu esa o`z novbatida o`simlik va hayvonat dunyosining nobud bo`lishiga va ba`zi noyob turlarning esa yo`qolib ketishiga sabab bo`lmoqda. Sanoatlashuv texnologik taraqqiyot va turmush tarzini yaxshilashga olib keldi, ammo atrof-muhitga zararli moddalarni ishlab chiqarish global miqyosda ozon qatlamining yemirilishi, global isish va iqlim o‘zgarishi kabi ekologik muammolar yetaklab kelishi haqida olim Kaushik (2010) ilmiy tadqiqotlarida qayt etib o‘tgan [4]. Hozirgi kunda aholi sonining ortishi, fan va texnikaning rivojlanishi o`z novbatida sanoat korxonalari faoliyatiga va tabiiy resurslarga bo`lgan talabni oshirmoqda. 2020-yilda sanoat korxonalari soni 86 652 tani tashkil qilgan bo'lsa, 2024-yil 1- noyabrdagi holatga ko`ra, bu ko'rsatkich 113 979 taga yetgan . So`nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro`yxatdan o`tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha [8]. 1-jadval Sanoat korxonalar dinamikasi 2020 113 979 2021 99 034 2022 103 575 2023 109 527 2024 113 979 Manba: Jadval muallif tomonidan internet ma’lumotlari asosida tuzildi. Hozirda mamlakatimiz atmosfera havosi, suv, tuproq qatlamini zararli moddalar bilan ifloslantirish bo‘yicha «Navoiyazot», «Ohangaron sement», «Maksam Chirchiq», «Bekobodsement», «Farg‘onaazot», «O‘zbmetkombinat», «Olmaliq tog‘-kon kombinati» kabi yirik sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ulardan atrofga chiqayotgan zaharli moddalar belgilangan normalarga nisbatan 40 baravargacha ko‘proq ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda[7]. Hozirgi kunda attrof-muhitga chiqayotgan zaharli gazlarning asosiy qismini gaz konlari tashkil etmoqda. 231 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Gaz sanoati — Jahonning yoqilg‘i sanoatining eng yosh va tez taraqqiy etayotgan tarmog‘idir. Gaz sanoatining rivojlanishi yoqilg'ining samarador ekanligi va yer bag‘rida gazning juda katta resurslari mavjudligi bilan bog‘liqdir. Tabiiy gazlar yer ostidan qazib olinadi va asosan metanlar qatoriga kiruvchi uglevodorodli gazlardan tashkil topgandir. Uning tarkibiga metan, etan, propan, butan, pentan va geksanlar, ulaming birikmalari kiradi. Uglevodorodlardan tashqari, tabiiy gazlar tarkibida azot, is gazi, oltingugurt, vodorod va inert (kam uchraydigan) gazlari uchraydi [3]. Ammo inson faoliyati natijasida gaz konlaridan tobora koʼplab chiqarilayotgan CO2 gazini oʼsimlik va okeandagi fitoplankton yutib ulgura olmayapti. Iqlim oʼzgarishi boʼyicha xalqaro ekspertlar guruhi fikricha, agar ahvol shunday davom etadigan boʼlsa yaqin 50 yil ichida harorat 2-40 oC ga ortishi mumkin. Bu muzliklarning erishi va quruqlikni suv bosishi, ob-havo sharoitlarining keskin oʼzgarishlariga olib kelishi bashorat qilinadi [5]. Аmerikalik meteorolog Luis Battan aytganidek: «Yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks holda tutun yer yuzidagi insonlarni kamaytiradi». Аtmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sogʼligʼining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning yemirilishi, oʼsimlik va hayvonlarning nobud boʼlishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar yetkazadi[5]. Sababi sanoat korxonalari faoliyati natijasida atmosfera, suv va tuproq ifloslanadi. Ayniqsa, kimyo, neft, energetika va metallurgiya sanoati juda katta miqdorda chiqindilar hosil qiladi. Bu chiqindilar orasida og‘ir metallar, toksik moddalar, radioaktiv elementlar bo‘lib, ular o‘simliklar orqali oziq zanjiriga kirib boradi. Natijada hayvonlar, qushlar va hatto inson salomatli
Доказательный фрагмент
«management of the activities of industrial and production enterprises, study of the effects of man-made phenomena and toxic gases released from them on vegetation and animal world, and development of promising solutio…»
Образец извлечения
Демо-превьюmanagement of the activities of industrial and production enterprises, study of the effects of man-made phenomena and toxic gases released from them on vegetation and animal world, and development of promising solutio… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Gas and oil fields, methane, hydrogen sulfide, sulfur oxides, "acid, metan
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025