Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOSHKENT SHAHRIDA TARQALGAN AEGILOPS L. TURKUMI VAKILLARINING BIOEKOLOGIYASI
VAKILLARINING BIOEKOLOGIYASI · Imomova A.A. · Keywords: Aegilops L. · Aegilops cylindrica · Aegilops crassa
Журнал универсальных научных исследований · 9 · 2026
Аннотация
Данная статья посвящена изучению биоэкологических особенностей некоторых представителей рода Aegilops L., распространённых на территории города Ташкента. Полевая работа проводилась в различных природных зонах города Ташкента. Были проанализированы места произрастания растений, почвенные условия и экологические факторы. В 241 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya лабораторных условиях всхожесть семян изучалась в чашках Петри с использованием термостата. Также проведено морфологическое сравнение видов Aegilops. Некоторые из них выделяются устойчивостью к засухе. Отмечена их быстрая адаптация к условиям среды обитания. Ключевые слова: Aegilops L., Aegilops cylindrica, Aegilops crassa, Aegilops triuncialis, биоэкология, дикая пшеница, генетические ресурсы, всхожесть, стрессовые факторы, засоление, засуха, экологический мониторинг, генетическая адаптация. Kirish. Tabiat – bu hayotning beshigi, undagi har bir o‘simlik esa insoniyat uchun yashash, oziqlanish, sog‘liq va barqarorlik manbaidir. Bugungi kunda global miqyosda ekologik muammolar chuqurlashib borar ekan, ayniqsa, genetik xilma- xillikni saqlash, yovvoyi o‘simliklarning ahamiyatini chuqur o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonning ekologik boyliklari orasida Aegilops turkumi o‘simliklari alohida o‘rinni egallaydi. Bu yovvoyi bug‘doysimon o‘simliklar zamonaviy seleksiya fanining eng muhim genetik manbalaridan biri bo‘lib, ularning bioekologik imkoniyatlari, yashash muhiti bilan uyg‘unligi va tabiiy muvozanatni saqlashdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, Toshkent shahrining urbanizatsiyalashgan hududlarida Aegilops turkumining yashashi va moslashuvi, bizga nafaqat tabiiy seleksiya qonuniyatlarini, balki barqaror agroekotizimlar yaratish yo‘lida kerakli tajribalarni ham taqdim etadi [9,10]. Aegilops turkumining turli vakillari o'zlarining biologik faolligi va agronomik xususiyatlari bilan qishloq xo'jaligi uchun katta ahamiyatga ega. Aegilops crassa, Aegilops cylindrica va Aegilops triuncialis kabi turlar o'zining yuqori unuvchanligi va ekotizimlarda o'ziga xos pozitsiyasi bilan e'tiborga molik [5,6]. Aegilops turlarining ekologik sharoitlarga moslashuvi. Aegilops turkumiga mansub o'simliklar har xil tuproq turlari va iqlim sharoitlarida ham yashay oladi. Bu esa ularning kuchli ekologik plastisitetga ega ekanligini isbotlaydi. Ayniqsa, Aegilops cylindrica turining sho‘r yerlar va suv tanqisligi mavjud hududlarda ham muvaffaqiyatli unib chiqishi ularning yashovchanligini ko‘rsatadi [1,3,4]. Aegilops crassa esa namgarchilik darajasi yuqori bo‘lgan joylarda kuchli o‘sish faolligini namoyon etgan. Ushbu turdagi moslashuvchanlik ularning genetik tuzilmasi va biologik mexanizmlarining murakkabligiga ishora qiladi. Aegilops turkumining ayrim vakillari ildiz tizimining 242 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya chuqur va keng tarmoq shaklida rivojlanishi bilan ajralib turadi. Bu xususiyat esa ularni suvni chuqur qatlamlardan olishga imkoniyat yaratadi. Shu orqali ular qurg‘oqchilikka chidamli tur sifatida namoyon bo‘ladi [2,4]. Urugʻ unuvchanligi va tajriba natijalari. Laboratoriya sharoitida unish jarayoni 4 xil harorat rejimida o‘rganildi: 10°C, 15°C, 20°C, 25°C. Har bir haroratda urug‘larning unish foizi va ularning unish tezligi aniqlandi. Tadqiqot davomida urug‘lar Petri idishlariga joylashtirilib, namlik miqdori doimiy ravishda saqlanib turildi. Unish foizi va haroratning ta’siri. Natijalar 1-jadvalda keltirilgan: 1- jadval Urug‘larning unishiga haroratning ta’sirini HARORAT A. cylindrica A. crassa A. triuncialis +10* C 30% 25% 35% +15* C 45% 50% 50% +20* C 60% 70% 75% +25* C 80% 85% 90% Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, Aegilops triuncialis turining urug‘lari 25°C haroratda eng yuqori unish foizini ko‘rsatgan, ya’ni 90% darajasida unish amalga oshgan. Bu harorat Aegilops turkumidagi urug‘lar uchun optimal sharoit bo‘lib, unish jarayonining tezlashishiga olib keladi. A. crassa va A. cylindrica turlarida ham unish foizi harorat oshishi bilan ortgan, lekin A. cylindrica turi nisbatan past unish foizini ko‘rsatgan. 1-rasm. Laboratoriya sharoitida A. cylindrica, A. crassa hamda A. triuncialis turlari urug‘larining unuvchanligini tekshirish. 243 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Aegilops L. turkumining genetik ahamiyati. Aegilops turlarining genetik xilma-xilligi ularni boshqa donli o‘simliklar, xususan, bug‘doy bilan gibridlashtirish imkoniyatini beradi. Aegilops triuncialis bug‘doyning yovvoyi ajdodi hisoblanib, hozirgi seleksiya ishlarida uning genofondidan foydalanilmoqda. Xususan, kasalliklarga chidamli, sho‘rga bardoshli va hosildor navlar yaratishda Aegilops genlari muhim o‘rin tutadi. Aegilops turlarining genetik jihatdan o‘rganilishi ularga oid DNK markerlar y
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена изучению биоэкологических особенностей некоторых представителей рода Aegilops L., распространённых на территории города Ташкента.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена изучению биоэкологических особенностей некоторых представителей рода Aegilops L., распространённых на территории города Ташкента. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Aegilops L, Aegilops cylindrica, Aegilops crassa, Aegilops, Aegilops L.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014