Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GENDER DISKRIMINATSIYAGA QARSHI KURASHISHDA MA’NAVIYATNING AHAMIYATI
MA’NAVIYATNING AHAMIYATI · Hamrayeva Dilnavoz Akbarali qizi · A.Qodiriy nomidagi JDPU
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1 · 2026
Аннотация
This article provides a scientific-theoretical analysis of what gender discrimination is, its negative impact on society, the necessary measures to combat it, and the significant role of spirituality in this process. The article explores the manifestations of gender discrimination in modern society, its social and personal negative consequences, as well as the role of spirituality in countering this issue. Furthermore, spirituality is examined as a means of developing human values and ensuring social stability based on equal opportunities, and as a transformational strategy leading towards gender equality. Using literature analysis, content analysis, and philosophical-historical methods, the conclusion presents recommendations on enhancing the importance of spirituality in shaping gender roles. Keywords: gender, gender equality, discrimination, gender discrimination, social justice, spirituality, values, ethics, society. Jahon miqyosida insoniyat taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarilar ekan, jamiyat hayotining turli jabhalarida gender masalalari tobora dolzarb mavzulardan biriga aylanib bormoqda. Ayniqsa, gender diskriminatsiyasiga oid holatlar ko‘pgina jarayonlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bugungi globallashuv davrida erkak va ayol o‘rtasidagi ijtimoiy rollarning yangicha mazmun kasb etayotgani, ularning oiladagi, jamiyatdagi va mehnat bozoridagi o‘rni borasidagi qarashlarning o‘zgarishi ushbu muammoni chuqur falsafiy va ma’naviy nuqtayi nazardan tadqiq qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Inson tafakkuri, xulq-atvori, ijtimoiy faolligini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lgan ma’naviyat jamiyatdagi gender rollarining shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Gender tenglikka erishish bo‘yicha chora tadbirlar masalasi 2019-yil 2- sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va gender tengligini ta’minlashga doir davlat siyosatini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi [1] PF–87-son Farmonida ham alohida qayd etilgan. Ushbu maqolaning maqsadi gender rollari va diskriminatsiyasining shakllanishi, o‘zgarishi va ularning ma’naviyat bilan aloqadorligini ijtimoiy- falsafiy jihatdan tahlil qilish, genderga oid stereotiplar va ularni yengishda milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarning rolini ilmiy asoslashdan iboratdir. 55 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Metodologiya va adabiyotlar tahlili Ushbu tadqiqot adabiyotlar tahlili metodologiyasiga asoslangan bo'lib, mavzu bo'yicha milliy va xalqaro manbalarni o'rganishni o'z ichiga oladi. Xorij olimlari adabiyotlari va qarashlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, fransuz faylasufi va feministik nazariyotchi Simone de Beauvoir o‘zining mashhur asari “The Second Sex”[2] da ayollar jamiyatda “ikkinchi jins” sifatida tasvirlanishini tanqid qilgan hamda u gender rollari biologik emas, balki ijtimoiy konstruksiya ekanligini ta’kidlaydi. Nancy Fraser esa iqtisodiy va madaniy tengsizlikni tahlil qiladi. U gender adolatsizlikni tan olish va resurslarni qayta taqsimlash bilan bartaraf etish zaruratini ilgari suradi: “Adolat – bu tan olish va qayta taqsimlashni birlashtirgan siyosiy strategiyadir” [3]. O‘zbek olimlari tahliliga keladigan bo‘lsak, Sh.Abdullayeva gender tenglikni ijtimoiy adolatning muhim ko‘rinishi sifatida ko‘radi va diskriminatsiya holatlarini ijtimoiy ongdagi tarixiy stereotiplar bilan bog‘laydi: “ Gender tengsizligining ildizi – ayollarga nisbatan tarixan shakllangan stereotiplar va ularni jamiyatda faol ishtirok etishdan to‘suvchi omillardir”[4]. T.Jo‘rayev o‘z tadqiqotlarida gender munosabatlarining ma’naviy-tarbiyaviy asoslarini ochib bergan. Uning fikricha, gender tenglik ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilishi kerak[5]. Natijalar va muhokama Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, diskriminatsiya – jinsi, irqi, etnik kelib chiqishi, dini, nogironligi, jinsiy orientatsiyasi yoki boshqa ijtimoiy qurilgan toifalar kabi xususiyatlar asosida shaxslar yoki guruhlarga nisbatan differentsial va adolatsiz munosabatni bildiradi. Ilmiy nuqtayi nazardan, diskriminatsiya noto‘g‘ri qarashlar, stereotiplar va institutsional kuch dinamikasiga asoslangan ijtimoiy xatti-harakatlar sifatida tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan, diskriminatsiya tushunchasi odamlar orasida teng muomala qilmaslik yoki farqli munosabatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi[6]. Masalan, 1979-yilda qabul qilingan “Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yo‘q qilish to‘grisida”gi Konvensiya (CEDAW) da “ayollarga nisbatan kamsitish” deganda, “har qanday farq, istisno yoki cheklov, u ayollarni o‘z huquqlaridan, inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan to‘laqonli foydalanish, amalga oshirish imkoniyatidan mahrum qilsa” deb ta’riflanadi[7]. Demokratik davlatl
Доказательный фрагмент
«This article provides a scientific-theoretical analysis of what gender discrimination is, its negative impact on society, the necessary measures to combat it, and the significant role of spirituality in this process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a scientific-theoretical analysis of what gender discrimination is, its negative impact on society, the necessary measures to combat it, and the significant role of spirituality in this process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gender, gender equality, discrimination, gender discrimination, diskriminatsiya, jamiyat., ijtimoiy adolat, gender tengligi, axloq, ma’naviyat, qadriyatlar, gender diskriminatsiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024