К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEKISTON HUDUDIDA ILK DAVLATLARNING VUJUDGA KELISHI JARAYONLARI TARIXI

KELISHI JARAYONLARI TARIXI · Sultonova Husanboy Qahramon oʻgʻli

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Возникновение первых государств на нашей территории. Предоставление информации о названиях древних государств и их внутренней и внешней политике. Полное раскрытие факторов, повлиявших на развитие каждого государства, его прогресс и кризис. Взгляд на крепости, расположенные на нашей территории и их перспективы в свое время. Ключевые слова: Ранняя государственность, Хорезм, Бактрия, государство Давань, государство Канг, Согдийское государство, 40 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference государство Кушан, рабство, феодализм, племена, роды, названия и история крепостей. O‘zbekiston davlatchiligi borasida gap ketganda ayni Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlati nafaqat O‘zbekiston, balki O‘rta Osiyo hududidagi ilk davlatlardan sanalishini aytishimiz mumkin. Albatta, har bir fan davlatchilik tushunchasiga o‘z aspekti doirasida ta’rif berishga harakat qiladi. Masalan, falsafiy kitoblarning ayrimlarida davlatga berilgan ta’rifda quyidagi mazmundagi so‘zlar bor: “Jamiyatni tartibga solib turuvchi va boshqaruvchi siyosiy tashkilotga davlat deyiladi” yoki siyosatshunoslikka oid manbalarda “Jamiyatni boshqaruvchi va qonun bilan kafolatlovchi siyosiy tashkilotga davlat deyiladi” deyilgan. Tarixiy nuqtai nazardan aytganda davlat deb - muayyan boshqaruv apparatiga ega bo‘lgan, mavjud qatlamlar manfaatini himoya qiluvchi tuzilmaga davlat deyiladi. Bugungi kunda ham davlatlar o‘z tasarrufidagi qatlamlar - ziyolilar, tadbirkorlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, dehqon va ishchilarni qonuniy himoya qiladi. Demak, qadimgi davrlar davlatlarida o‘ziga xos boshqaruv shakli bo‘lib, mavjud qatlamlarni himoya qilgan. Biroq tarixning guvohlik berishicha, qadimgi davlatlarda ko‘proq amaldorlar (quldorlikda quldorlar, feodalizmda katta yer egalari va h. k.) manfaati himoya qilingan. Har bir davlat o‘z davlatchilik tarixiga ega. O‘zbekiston hududida ham qadimgi davrlardan boshlab davlatchilik poydevoriga asos solingan. Bizda davlatchilikka xos boy tarixiy tajriba mavjud bo‘lib, bu juda olis davrlarga borib taqaladi. Albatta, davlatlar o‘z - o‘zidan paydo bo‘lmagan, buning o‘ziga xos omillari mavjud. Ayni O‘zbekiston hududida davlatchilik poydevori temir asri, ya’ni 1 - mingyillik bilan chambarchas bog‘liq. Chunki bu davrda hunarmandchilik yanada rivojlandi, dehqonchilik gurkirab o‘sdi. Temirdan yasalgan mehnat qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu davr temirchi kasbining paydo bo‘lishi va temirchilikning ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Bu hol ishlab chiqarishning yanada ilg‘or usullariga o‘tish va ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratdi. Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti bu - hunarmandchilikning alohida ajralib chiqishi va ixtisoslashuvi. Urug‘, jamoasi hududiy qo‘shnichilik jamoasiga aylana bordi. Yangi yerlar va suv manbalari uchun qabilalar o‘rtasida doimo kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. Qabila chegaralarini qo‘riqlash, yangi yerlarni o‘zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish qilish maqsadida qabilaviy harbiy ittifoqlar tashkil topa boshlagan. Bunday ittifoqlar tepasida urug‘, qabila boshliqlari turganlar. Ular o‘z obro‘si va ta’siri bilan mashhur kishilardan saylangan. Mil. avv. 1 - mingyillik boshlarida Markaziy Osiyo aholisi to‘rt 41 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference guruhga bo‘lingan: zodagonlar, harbiylar, ziroatchilar va hunarmandlar. Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug‘ va qabilalar ichida ayrim to‘q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Muntazam bo‘lib turadigan harbiy to‘qnashuvlar sharoitida urug‘ - qabila boshliqlarining ta’siri kuchayadi. Jamiyat endi harbiy demokratiya qonun - qoidalariga asosan yashay boshlaydi. Harbiy demokratiya - davlatga o‘tish davrining boshqaruv shaklidir. Uni harbiy va qabila boshliqlari boshqarganlar. Davlatlar paydo bo‘lishining formulasini quyidagicha belgilash mumkin: Qabila - urug‘ - hududiy qo‘shnichilik jamoasi – davlat hisoblangan. Shunday qilib, davlatlar tashkil topishidagi omillar quyidagilardan iborat bo‘ldi: ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi; mulkiy tengsizlik (ayrim kishilarning boyib ketishi). Hozirgi O‘zbekiston hududidagi ilk davlat birlashmalari Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Qadimgi Xorazm - mil. avv. 1 - mingyillikning VIII - VI asrlarida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo‘lgan yerlarni birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko‘zaliqir shahri bo‘lgan. U qalin mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg‘ul bo’lgan aholisi turli xil uy - qo‘rg‘onlarda va qishloqlarda yashaganlar. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq yuksak darajada rivojlangan. Baqtriya - hududi hozirgi Surxondaryo viloyati, janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston. Bu davlat ham mil. av. VIII - VI asrlarda tashkil

Доказательный фрагмент

«Возникновение первых государств на нашей территории.»

Образец извлечения

Демо-превью

Возникновение первых государств на нашей территории. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Early statehood, Khorezm, Bactria, the Dawan state, the Kang, Sharq madaniyati, Qang‘ davlati, Dovon davlati, Kushonlar davlati, quldorlik, Zardushtiylik dini, Xorazmshohlar davlati, Mahalliy boshqaruv organlari ., Davlat tashkil topishi, Harbiy-siyosiy tizim, Arxeologik topilmalar, Qadimgi shahar hayoti, Ilk davlatlar, So‘g‘diyona, qabila, feodalizm, Ilk davlatchilik, urug‘, Markazlashgan hokimiyat, Ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, Baqtriya podsholigi, So‘g‘d davlati, Geosiyosiy holat, qal’alar nomi va ta’rixi, Yozuv va hujjat yuritish, Qadimgi tsivilizatsiyalar, Davlat boshqaruvi tizimi, Qadimgi O‘zbekiston
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники