Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KINO MUSIQASI: KLASSIKADAN HOZIRGI YO‘NALISHLARGACHA
Aysuliw Razatdinova
Развитие педагогических технологий в современных науках · 1930
Аннотация
Ushbu maqolada kino musiqasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, klassik davr bastakorlari faoliyati, zamonaviy yo‘nalishlar va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Musiqa va kino o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, janrlar o‘zgarishi hamda emotsional ta’sir ko‘rsatish usullari yoritilgan. Maqola kino musiqasining nafaqat fon vazifasini bajarishi, balki filmning mazmuniy qatlami sifatida ishlashini ochib beradi. Kalit so‘zlar kino musiqasi, klassik bastakorlar, minimalizm, elektron musiqa, film saundtreklari, musiqiy emotsiya, sun’iy intellekt, kinematografiya, orkestr Kino nafaqat tasviriy san’at, balki musiqiy ifodaning ham o‘ziga xos uyg‘unligidir. Har bir sahna, har bir epizod ortida ohang yotadi. Musiqa tomoshabinni film muhitiga yanada chuqurroq sho‘ng‘ishga undaydi, hissiyotlarni oshiradi, personajlarning ichki dunyosini ochib beradi. Bu maqolada kino musiqasining shakllanishi, tarixiy bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari haqida so‘z yuritamiz. Kino musiqasining boshlanishi 20-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab jim kino davrida pianino yoki orkestr orqali jonli musiqa ijro etilib, tasviriy voqealarga emotsional fon yaratilgan. 1930- yillarda ovozli kinoning paydo bo‘lishi bilan musiqa kino mahsulotining ajralmas qismiga aylandi. Bu davrda Maks Stayner, Dmitriy Shostakovich, Sergey Prokofyev kabi bastakorlar kino musiqasiga akademik ohangdorlik olib kirdilar. Ularning musiqasi personaj xarakteri, syujet rivoji va muhitni yaratishda muhim rol o‘ynadi.Kino tarixining dastlabki bosqichida, ya’ni 20-asr boshlarida musiqa filmga shunchaki fon sifatida qaralgan. Jim kino davrida (1900–1927-yillar) ekran ortida pianino, organ yoki kichik orkestrlar jonli ijroda filmga hamrohlik qilgan. Bu davrda musiqa asosiy maqsad sifatida tomoshabinlarga hissiy muhitni yetkazish, dramatik sahnalarga kuchli ta’sir berish va voqealar rivojini tushunishni yengillashtirish rolini bajargan. Biroq, bu musiqa aksariyat hollarda film uchun maxsus yozilmagan, balki mavjud asarlardan tanlab olingan. Ovozli kinoning 1927-yildan boshlab joriy qilinishi bilan kino san’ati tubdan o‘zgara boshladi. Musiqa endi filmning ajralmas qismlaridan biriga aylandi, holat kinematografik ifoda vositasi sifatida musiqaning kuchini to‘liq namoyon etish imkonini berdi. Shu davrdan boshlab kinoga maxsus musiqalar yozish odat tusiga kirdi.Klassik davr (1930–1960-yillar) kino musiqasida simfonik 22 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference orkestrlar hukmron bo‘lgan davr hisoblanadi. Aynan shu yillarda musiqaning dramatik, tematik va emotsional imkoniyatlari to‘liq o‘rganila boshlandi. Mashhur bastakorlar Maks Stayner, Erich Korngold, va Dmitriy Shostakovichlar film musiqasining ifodaviy kuchini kashf etdilar. Ayniqsa, Maks Staynerning "Shamol bilan ketganlar" (Gone with the Wind, 1939) filmi uchun yaratgan saundtreki bu borada tarixiy ahamiyat kasb etadi.Shuningdek, Sergey Prokofyevning "Aleksandr Nevskiy" (1938) filmi uchun yozgan musiqasi sovet kinematografiyasida musiqa va tasvir uyg‘unligining ilk yirik namunalaridan biri sifatida tarixga kirgan. U film musiqasini faqat fon emas, balki dramatik syujetga xizmat qiluvchi asosiy unsurlardan biri sifatida ishlatgan.Bu davrning yana bir muhim xususiyati, personajlarga alohida musiqa (leymotiv) bag‘ishlash orqali ularning xarakterini ifodalashdir. Bu uslub Richard Vagnerning opera estetikasi asosida shakllangan bo‘lib, kino san’atida chuqur ildiz otgan. Har bir bosh qahramon, hissiy holat yoki muhim voqea o‘ziga xos musiqiy mavzuga ega bo‘lishi, tomoshabinning ongida obraz bilan musiqani birlashtirishga xizmat qilgan. Klassik davr kinematografik musiqasining yana bir yutug‘i, musiqa orqali vaqt, makon va madaniy kontekstni ifodalash imkoniyati paydo bo‘lganidir. Masalan, tarixiy filmlar uchun barokko yoki klassik uslubdagi orkestrlar ishlatilgan bo‘lsa, zamonaviy dramalarda romantik yoki ekspressionistik musiqalardan foydalanilgan.1950–1980-yillarda kino musiqasi yanada rang- barang bo‘lib bordi. Hollivudda Ennio Morricone, Bernard Herrmann, Jon Uilyams kabi bastakorlar klassik orkestr elementlarini zamonaviy texnika bilan uyg‘unlashtirdilar. Ayniqsa, fantastika, triller va tarixiy janrlarda musiqaning kuchi yanada yaqqol sezildi. Jon Uilyamsning "Yulduzli urushlar" (Star Wars) filmlaridagi simfonik temalari bu boradagi yorqin namunalardan biridir.Bugungi kunda kino musiqasi bir necha asosiy yo‘nalishda rivojlanmoqda. Ulardan biri minimalizm, ya’ni kam instrumentlar va takrorlanuvchi motivlar asosida musiqiy kayfiyat yaratish. Hans Zimmer va Ludovico Einaudi kabi bastakorlar ushbu uslubda muvaffaqiyat qozongan. Shu bilan birga, elektron musiqa va pop yo‘nalishidagi qo‘shiqlardan ham keng foydalanilmoqda. Masalan, Christopher Nolan filmlarida Hans Zimmerning elektron uslubdagi musiqalari sahna kayfiyatini kuchaytiradi. Shuningdek, so‘nggi yillarda musiqani yaratishda sun’iy intellektdan ham foydalanilmoqda. Bu texnologiyalar musiqa kompozit
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kino musiqasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, klassik davr bastakorlari faoliyati, zamonaviy yo‘nalishlar va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kino musiqasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, klassik davr bastakorlari faoliyati, zamonaviy yo‘nalishlar va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kino musiqasi, minimalizm, klassik bastakorlar, sun’iy intellekt, elektron musiqa, musiqiy emotsiya, film saundtreklari, kinematografiya, orkestr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025