К содержанию
РецензированоUZ2026

GRAFIK TA’LIMNI O‘QITISHDA KOMPOZITSIYA QOIDALARIDAN FOYDALANISH

Turebaev Jalgas Ongarbaevich

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Grafik ta’limda kompozitsiya qoidalarini o‘qitish talabalarga vizual jihatdan qulay, ma’noni ifodalovchi va professional darajadagi asarlar yaratishga yordam beradi. Kompozitsiya qoidalarini o‘rgatishda nazariy bilimlar, amaliy mashg‘ulotlar, tahlil va muhokamalardan foydalanish samarali natijalarga olib keladi. Kalit so’zlar: Kompozitsiya, grafik, ijodiy faoliyat, tasavvur, shakl, tahlil qilish. Grafik taʼlim, ayniqsa muhandislik, dizayn va vizual sanʼat sohalarida kompozitsiya qoidalari muhim rol o‘ynaydi. Kompozitsiya – bu elementlarni uyg‘unlashtirib, vizual jihatdan qulay va ma’noni ifodalovchi yaxlit bir asar yaratish sanʼatidir. Grafik taʼlimda kompozitsiya qoidalarini o‘rgatish talabalarga chizmalar, dizaynlar va boshqa vizual materiallarni yaratishda ko‘proq mahoratga erishishga yordam beradi. Kompozitsiya qonuniyatlari juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, ijodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarning muhim shartlaridan biri va shu bilan birga boy ma’nolarga ega bo‘lgan tushunchadir. Kompozitsiya qonuniyatlari grafik ta’lim sohasida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda kompozitsiyani san’atning har bir sohasiga xos bo‘lgan alohida xususiyatlari mavjud. Xususan, grafik ta’limda kompozitsiyaning asosiy elementlari – mutanosiblik, muvozanat, yaxltlik singari sifatlar muayyan loyiha yaratishning asosiy qonuniyatlari sanaladi. Masalan, biz oddiy daraxtni ko‘rib ham undagi go‘zallikdan hayratlanishimiz tabiiy. Chunki har bir go‘zal narsalarda ma’lum tamoyil va qonuniyatlar mavjud. Ularning shakli, o‘lchamlari, tuzilishi, o‘zaro mutanosib ko‘rinishlar kasb etishi unda kompozitsion mutanosiblik, shakl tuzilishidagi muvozanatning mavjudligini anglatadi. Kompozitsiya qanday shakl va mazmunda bo‘lmasin, avvalo, u tafakkur mahsulidir. Buni badiiy ijodining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda anglash va tahlil qilish talab etiladi. Chunki tabiatdagi tayyor shakllar bilan badiiy ijodiyot mahsuli bo‘lgan shakllarni o‘zaro taqqoslash asosida farqlashimiz lozim. Shuning uchun ham grafik ta’limning barcha bosqichlarida kompozitsion faoliyatga 29 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference alohida e’tibor qaratiladi. Zero, kompozitsiya grafik ta’lim, xususan, arxitektura va dizayn san’atining barcha jabhalarini qamrab oladi. Har bir yo‘nalishda faoliyatning boshqa turlarida egallangan bilimlar, amaliy grafik malakalar kompozitsiya yaratishning asosi sifatida qaraladi. Shu tariqa badiiy kasblar sohasida ta’lim olayotgan talabalar, shu jumladan, bo‘lajak arxitektorlarda kompozitsion mushohada yuritishga kompleks yondashish kompetensiyalari tarkib toptirib boriladi. Taniqli psixolog V.S.Kuzinning ta’biricha, “bilish faoliyatining uzluksiz rivojlantirib borishga asoslangan badiiy jarayonshaxsni rivojlantirishning muhim omillaridan biridir”[1,140-bet]. Talabalarning kompozitsion faoliyatlari uchun bu omilning ta’limiy ahamiyati beqiyos. Kompozitsiya tushunchasi san’atning barcha turlariga aloqador bo‘lib, ayni paytda ularning umumiy jihatlari mavjud. Kompozitsiya qonuniyatlarini o‘rganishuning nazariyasi va amaliyotga bo‘linishi tabiiy holat bo‘lib, uni yaxshi o‘zlashtirish uchun yillar davomida bu sohada yaratilgan nazariyalar va tajribalarning tub mohiyatini anglab, o‘qib o‘rganish talab etiladi. Shuning uchun grafik ta’lim tarixida, jumladan, bo‘lajak arxitektorlar tayyorlash tizimida kompozitsiya qonuniyatlarining nazariy asoslari hamda amaliy tatbiqiy tajribalarni o‘zlashtirishga ustuvor tarzda qaraladi. Bu yondashuv arxitektura ta’limi uchun ham muhim tajriba sanaladi. Zero, egallangan nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay bilish ham muhimdir. Kompozitsiyaning ayrim qonuniyatlarini amaliy tasavvur etish uchun qalamtasvir yoki rangtasvir asarlarining kompozitsiyasi, «struktura»siga aloqador tushunchalarni mohiyaati chizilayotgan narsaning absolyut o‘lchamining, asliga nisbati, chizilayotgan o‘lcham tomonlarining o‘zaro nisbatlari, predmetlarning masshtabi, ular orasidagi masofalar, narsalar qanday burilib turganligi (obyekt yoki predmetni kuzatuvchiga nisbatan rakursi, ya’ni to‘g‘ridan ko‘ringani – «fas», yonidan – «profil», yarim burilgan holati «kombinatsiyalashgan» murakkab va h.k.), ufq sathi darajasi, yorug‘lik manbaining holati, soya-yorug‘ning taqsimlanishi, tusi, soya va yorug‘ning nisbiy muvozanati, shuningdek, asosiy rang dog‘lari muvozanati, tasvirlanayotgan obyektlar bo‘laklarining o‘zaro joylashishi hamda ularning umumiy konstruksiya, yaxlit kompozitsiyaning alohida komponenti sifatidagi xususiyati, buyumlar ko‘rinishi va ularning fonga nisbatan «kontrast»lilik darajasining farqi, rang, soya-yorug‘, buyumlar o‘lchami, komozitsiya elementlarini fazodagi ko‘rinishini tashkil qilish kompozitsiya muayyan qonuniyatlar asosi tarkibidan tashkil etilgan mukammal ijodiy asarning asosiy badiiy-estetik parametridir. 30 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Dema

Доказательный фрагмент

«Grafik ta’limda kompozitsiya qoidalarini o‘qitish talabalarga vizual jihatdan qulay, ma’noni ifodalovchi va professional darajadagi asarlar yaratishga yordam beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Grafik ta’limda kompozitsiya qoidalarini o‘qitish talabalarga vizual jihatdan qulay, ma’noni ifodalovchi va professional darajadagi asarlar yaratishga yordam beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tahlil qilish., tasavvur, grafik, shakl, ijodiy faoliyat, Kompozitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники