К содержанию
РецензированоUZ2026

YEVROPADA SHIA TARIQATLARINING TARQALISHI VA BUGUNGI KUNDAGI FAOLIYATI

KUNDAGI FAOLIYATI · Xadicha Sunnatova

Развитие педагогических технологий в современных науках · 145-157 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Yevropada tasavvufning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, shia yo‘nalishining Yevropaga tarqalish jarayonlari yoritiladi. Dastlab Yevropaga kelgan musulmonlar orqali tasavvufiy g‘oyalar qanday kirib kelgani, bu g‘oyalar qanday shakllarda mahalliy muhit bilan uyg‘unlashgani tahlil qilinadi. Keyinchalik esa shia tasavvufiga oid turli tariqatlarning Yevropadagi tashkilotlari, ularning diniy-ma’rifiy faoliyati va ijtimoiy ta’siri zamonaviy manbalar asosida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: postkolonial mamlakatlar, tasavvuf klublari, neosufizm, shialik tariqatlari. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda Yevropa davlatlarida tasavvuf asosan, postkolonial mamlakatlaridagi musulmon muhojirlari hisobiga tarqala boshlagani kuzatildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaga o‘zining tasavvuf an’analari keng tarqalgan sobiq mustamlakalari – Hindiston, Pokiston, Bangladeshdan, Fransiya va Germaniyaga esa, Turkiya, Jazoir, Tunis, Marokash kabi davlatlardan kelgan muhojirlar tasavvufiy qadriyatlarga sodiq qolgan holda yangi muhitda o‘z diniy an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Natijada, Yevropa hududlarida yangi hayotga moslashgan tariqatlar ham kurtak yoza boshladi. Hozirda G‘arbda tariqatlar o‘z faoliyatlarini quyidagi shakllarda tashkil etgan: jamoaviy zikr guruhlari, Sharq davlatlaridagi mavjud tariqatlarning Gʻarbdagi bo‘linmalari, umumiy tavsavvufiy qonun-qoidalarga bo‘ysungan holda yangicha targ‘ibot usullaridan keng foydalanuvchi intellektuallashgan to‘garaklar ko‘rinishida, Sharq madaniyati namunalari muxlislarini o‘ziga jalb etuvchi “tasavvuf klublari” va boshqa madaniy muassasalar ko‘rinishida faoliyat yuritadi. Asosan G‘arbiy Yevropa va qisman Shimoliy Amerika hududida tasavvufning ommalashishi “Neosufizm” harakati bilan bog‘liq. Neosufizm – zamonaviy davrda tasavvufning qadriyat va tamoyillarini qayta talqin qilish, uni ijtimoiy, ma’naviy, madaniy muhitga moslashtirish, tasavvufning an’anaviy ko’rinishini yangi holat va ehtiyojlarga yo’naltirishni anglatadi. Yevropaga asosan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarqala boshlagan va bugungi 58 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference kunda ko‘plab davlatlarda o‘z izini qoldirgan. U klassik sufiylikdan farqli o‘laroq, ko‘proq ma’naviy o‘zini anglash, shaxsiy rivojlanish va madaniyatlararo muloqotga urg‘u beradi. Shialikning Yevropada tarqalishining yana bir omili 1979-yildagi Eron inqilobi va undan keyingi siyosiy beqarorlik natijasida ko‘plab eronlik shialar, shuningdek Iroq, Livan, Afg‘oniston kabi davlatlardagi shialar Yevropaga siyosiy boshpana so‘rab ko‘chib o‘tishgan. Shu zaylda G‘arbda tasavvuf zamonaviy ko‘rinishda yoyilib bordi. Tabiiyki, sunniy tasavvuf bilan shia yo‘nalishidagi tasavvuf g‘oyasi ham tarqalib, shia tariqatlari faoliyat boshladi1. Yevropadagi ko‘plab odamlar an’anaviy diniy qoidalar emas, balki ruhiy xotirjamlik, ma’naviy yetuklik, sevgi va ichki poklanish kabi g‘oyalarni izlaydi. Shia tasavvufi aynan shu kabi g‘oyalarga urg‘u beradi – bu esa G‘arbda ekzistensializm va ruhiy bo‘shliqdan charchagan odamlar uchun ayni muddao bo‘ldi va shialik yo‘nalishi tasavvufi oson qabul qilindi. Shialikning keng miqyosda tarqalgan tariqatlaridan biri ne’matullohiyaning G‘arbda faoliyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Doktor Javod Nurbaxsh 1953-yilda, o‘zidan avvalgi rahbar Munis Ali Shod vafotidan so‘ng, ne’matullohiya tariqatining rahbarligini o‘z zimmasiga oldi. U bu tariqatni Eron ichida keng miqyosda rivojlantirishga kirishdi. 1970-yillarda Eronga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu tariqatga a’zo bo‘lishdi. 1974-yilda Javod Nurbaxsh AQShga safar qildi va u yerda doimiy faoliyat yurituvchi xonaqo (zoviya)larni tashkil etish zarurligini anglab yetdi. 1979-yilda Eron hukumati mustaqil diniy rahbarlarga nisbatan bosim o‘tkazgani tufayli, Dr. Nurbaxsh mamlakatni tark etdi. U dastlab AQShda yashadi, so‘ng 1983-yilda Angliyaga ko‘chib o‘tdi2. 1990- yillarning boshlariga kelib, AQShda to‘qqizta ne’matullohiya xonaqosi faoliyat yuritardi. Sharqiy sohil (Boston, Nyu-York va Vashington)dagi xonaqolar deyarli to‘liq amerikaliklar tomonidan to‘ldirilgan bo‘lsa, Kaliforniyadagi markazlarda qatnashuvchilar yarmi amerikalik, yarmi eronlik edi. A’zolar turli diniy kelib chiqishga ega bo‘lib, ular faqat shia islomidan iborat emas edi. Bugungi kunda bu tariqat Meksika, Rossiya, G‘arbiy Afrika va Ispaniya kabi davlatlarga ham tarqalgan. Tariqat tomonidan chop etiladigan asosiy nashrlar qatoriga yiliga ikki marta chiqadigan “Sufi Journal” kiradi. “Khaniqahi Nimatullahi” tashkiloti fors, ingliz va boshqa tillarda quyidagilarni chop etadi: Dr. Javod Nurbaxsh tomonidan yozilgan tasavvuf yo‘lining holat va maqomlari haqidagi yetti jildlik asar; tasavvufiy atamalar ma’nosini sharhlovchi o‘n ikki jildlik to‘plam; tasavvuf 59 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference tarixidagi buyuk ustozlar haqidagi izohli tarjimai hollar. Tar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Yevropada tasavvufning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, shia yo‘nalishining Yevropaga tarqalish jarayonlari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Yevropada tasavvufning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, shia yo‘nalishining Yevropaga tarqalish jarayonlari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
neosufizm, shialik tariqatlari., postkolonial mamlakatlar, tasavvuf klublari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники