Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIRDARYO VILOYATI SHAROITIDA KO‘K NO‘XAT( PIZUM SATIVUM L) NAVLARIDA BITTA DUKKAK BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARINING STATISTIK TAHLILI, VARIATSIYALANISHI VA DETERMINATSIYALANGANLIGI.
BOG‘LANISHLAR DARAJASI
Развитие и инновации в науке · 2001
Аннотация
Mazkur maqolada ko‘k no‘xat (Pizum sativum l) ning Osiyo-2001 va Sputnik nav belgilari miqdoriy belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar darajalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Mazkur navlar Sirdaryo viloyatining sho‘rlanishga moyil bo‘lgan tuproq sharotida o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida ko‘k no‘xatning Osiyo 2001 va Sputnik navlari o‘rtasida korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi farq qildi. Bitta o‘simlik mahsuldorligi bitta o‘simlikdagi dukkaklar soni va uning og‘irligiga bog‘liq ekanligi qayd etildi. Ushbu belgilar o‘rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti kuchli bo‘ldi. Har ikki navda ham o‘simlik bo‘yi bitta o‘simlikning mahsuldorligi o‘rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti barqaror emasligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: korrelyatsiya, ko‘k no‘xat, sho‘rlangan tuproq sharoti, no‘xat navlari, chorva ozuqa ekin. Keyingi yillarda biologik tadqiqotlarda belgilar miqdoriy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda tizimli yondashish kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda biologik, fiziologik jarayonlar tahlil qilinmoqda [1]. Olingan natijalarga ko‘ra, noqulay tashqi muhitda o‘simlik belgilari miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi ortganligi aniqlangan. Bunday natijalar ko‘plab qishloq xo‘jalik ekinlarida qayd etilgan [2]. Bunda tashqi muhit ta’sirida o‘simlik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar darajasida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi aniqlangan.Tashqi muhit g‘o‘za navlari miqdoriy belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi va tuzilishiga ta’sir ko‘rsatdi. G‘o‘za navlari noqulay sharoitda (suvsiz va o‘g‘itsiz) yetishtirilganida miqdoriy belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi qulay (1 suv va o‘g‘it to‘liq berilganida) sharoitga nisbatan ortganligi aniqlangan [ 3, 4]. Korrelyatsion tahlilning asosiy maqsadi o‘simlik belgilari miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar darajasini aniqlashdan iborat [5]. 165 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Genetika va seleksiya ishlarida korrelyatsion bog‘lanishlar darajasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul yordamida belgilar o‘zaro qay darajada bog‘langanligini aniqlashga imkoniyat beradi. Bu o‘z navbatida tanlov ishlarini olib borish uchun belgi indikatorlarni tanlashga yordam beradi [6]. Biz shu maqsadda no‘xatning o‘rganilgan navlari va ularning 8 ta belgilari o‘rtasidagi o‘zaro korrelyatsion bog‘lanishlarni aniqladik. Ushbu ma’lumotlar 8-rasmda keltirilgan. Rasmdagi ma’lumotlardan o‘simlik bo‘yi (1-raqam belgini anglatadi) umumiy bo‘g‘inlar soni(2) o‘rtasida kuchsiz (r=0,348) korrelyatsion bog‘lanish borligini ko‘rish mumkin. Bu baland bo‘yli o‘simliklarda bo‘g‘inlar soni ortganligini ko‘rish mumkin. Aynan shunday natija o‘simlik bo‘yi(1) birinchi dukkak shakllangan bo‘g‘in(3) o‘rtasida qayd etilib korrelyatsiya koeffitsienti (r=0,698)ga teng bo‘ldi. Shu bilan birga o‘simlik bo‘yi(1) va dukkak uzunligi(6) o‘rtasida teskari(manfiy) (r=-0,30) korrelyatsion bog‘lanish kuzatilgan bo‘lsa, 1000 ta don og‘irligi(8) o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish (r=0.536) qayd etildi. Demak mazkur navda baland bo‘yli o‘simliklarda dukkak kalta bo‘lgan bo‘lsa, 1000 ta don og‘irligi ortganligini anglatdi. Umumiy bo‘g‘inlar soni(2) va birinchi mahsuldor bo‘g‘in joylashgan o‘rin(3) o‘rtasida kuchsiz(r=0,30) bog‘lanish qayd etildi. Birinchi dukkak joylashgan bo‘g‘in(3) bitta o‘simlikdagi don massasi(7) o‘rtasida korrelyatsiya koeffitsienti kuchsiz (r=0,30) va 1000 ta don og‘irligida(8) ham aynan shunday natija kuzatildi. Bitta o‘simlikda shakllangan dukkaklar soni(4) va bitta o‘simlikdagi don og‘irligi(7) o‘rtasida kuchli(r=0,747)bog‘lanish qayd etildi. Bitta o‘simlikda shakllangan dukkaklar og‘irligi(5) va bitta dukkakdagi don og‘irligi o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanish (r=0,696)ga teng bo‘ldi. Dukkak uzunligi(6) va bitta o‘simlikdagi don massasi(7) o‘rtasida kuchsiz bog‘lanish qayd etildi. Bu dukkakning uzun bo‘lishi don massasini ortishiga olib kelganligini ko‘rsatdi. 166 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 1 1 8 2 2 8 7 3 3 7 4 4 6 6 Оsiyo 2001 5 Sputnik 5 Izox: raqamlar belgilarni anglatadi. 1-o‘simlik bo‘yi, sm; 2- o‘simlikda bo‘g‘inlarning umumiy soni; 3-birinchi dukkak shakllangan bo‘g‘in(mahsuldor bo‘g‘in); 4-bitta o‘simlikda dukkaklar soni; 5-bitta R= r= o‘simlikdagi dukkaklar og‘irligi; 6-dukkak uzunligi, sm; 7-bitta o‘simlikdagi don og‘irligi; 8-1000 ta don og‘irligi. r =0,3-0,5: r=0,5-0,7 r=>0,7 r=-0,3-0,5 8-rasm. Ko‘k no‘xat belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi Sputnik navi belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanish darajasi bo‘yicha o‘zaro o‘xshashlik va farq kuzatildi. Birinchi navbatda har ikki navda ham bitta o‘simlikdagi don massasi(7) bilan bitta o‘simlikdagi dukkaklar soni(4) va bitta o‘simlikdagi dukkaklar og‘irligi o‘rtasida kuchli korrelyatsion bog‘lanish darajasi bir xil ko‘rsatkich ya’ni kuchli bog‘lanish kuzatildi. Bu bitta o‘simlik
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ko‘k no‘xat (Pizum sativum l) ning Osiyo-2001 va Sputnik nav belgilari miqdoriy belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar darajalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ko‘k no‘xat (Pizum sativum l) ning Osiyo-2001 va Sputnik nav belgilari miqdoriy belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar darajalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- variatsiya, ko‘k no‘xat, determinatsiya, korrelyatsiya, sho‘rlangan tuproq sharoti, no‘xat navlari, chorva ozuqa ekin.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024