К содержанию
РецензированоUZ2026

KOMPYUTER DASTURLARINING INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARI SIFATIDAGI KLASSIFIKATSIYASI VA HUQUQIY HIMOYANING UMUMIY PRINSIPLARI

HIMOYANING UMUMIY PRINSIPLARI · Usmonbek Otabayev

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada kompyuter dasturlarining intellektual mulk obyekti sifatidagi huquqiy maqomi va ularni himoya qilish prinsiplari tahlil qilingan. Muallif dasturlarni adabiy asar sifatida mualliflik huquqi bilan himoya qilish zarurligini xalqaro va milliy qonunchilik asosida asoslab bergan. Shuningdek, patent huquqi va tijorat siri kabi muqobil himoya usullari, interfeys va algoritmlarning huquqiy holati, shaxsiy va mulkiy huquqlar, hududiylik va muddatlilik prinsiplari yoritilgan. Maqolada amaliy muammolar bilan bir qatorda nazariy bahslar ham ko‘rib chiqilgan hamda zamonaviy yondashuvlar ilgari surilgan. Kalit so’zlar: kompyuter dasturi, mualliflik huquqi, intellektual mulk, interfeys, patent huquqi, tijorat siri, algoritm, Bern konvensiyasi, TRIPS bitimi, dastur kodi, funksional yechim, dasturiy mahsulot, xizmat dasturi, muallif huquqi, ijodiy asar, dastur interfeysi, huquqiy maqom, kod himoyasi, nou-xau, milliy qonunchilik, shaxsiy huquq, mulkiy huquq, litsenziya shartnomasi, ifoda va g‘oya, xizmat vazifasi, dasturchi huquqi, texnik g‘oya, dastur tasnifi, xalqaro huquq, dastur himoyasi. Kompyuter dasturlari zamonaviy intellektual mulk huquqining muhim obyektlaridan biriga aylangan. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida dasturlar deyarli barcha sohalarda qo‘llanilmoqda va ularsiz ko‘plab texnologik jarayonlarni tasavvur etib bo‘lmaydi. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, kompyuter dasturlari intellektual mulk obyektlari orasida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan nisbatan “yosh” obyekt hisoblanadi. Ya’ni, ular fuqarolik huquqida an’anaviy asarlar qatoriga nisbatan kechroq paydo bo‘lgan va faqat axborot texnologiyalari davriga kelib alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan. Shunga qaramay, bugungi kunda dasturiy ta’minot mahsulotlari katta iqtisodiy ahamiyat kasb etib, nafaqat biznes muhitida, balki davlat boshqaruvi, raqamli iqtisodiyot va kundalik hayotda ham beqiyos rol o‘ynamoqda. 35 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Zamonaviy jamiyatda kompyuter dasturlari texnologik taraqqiyotning ajralmas qismi sifatida tobora keng ahamiyat kasb etmoqda. Bu dasturlar turli sohalarda – iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, mudofaa, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bunday dasturiy vositalar mualliflarining ijodiy mehnati mahsuli sifatida e’tirof etilishi, ularga nisbatan huquqiy himoya vositalarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Kompyuter dasturlarining huquqiy maqomini aniqlash, ularni himoya qilish shakllari va mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunda global darajadagi dolzarb masalaga aylangan. Kompyuter dasturlarini intellektual mulk sifatida huquqiy himoya qilish – raqamli davrda innovatsion taraqqiyot va iqtisodiy yuksalishning muhim omillaridan biridir. O‘zbekiston bu borada mustahkam qonunchilik asoslarini yaratganiga qaramay, amaliyotda yechimini kutayotgan masalalar mavjud. Intellektual mulk muhofazasi kuchayishi esa, shubhasiz, milliy IT-industriya rivojini rag‘batlantiradi, xorijiy investitsiyalar uchun qulay innovatsion muhitni shakllantiradi. Asosiy qism Intellektual mulk obyektlarining tasnifi nuqtai nazaridan, kompyuter dasturlarining huquqiy tabiati ilmiy adabiyotlarda turlicha yondashuvlarga sabab bo‘lgan. Umuman olganda, intellektual mulk obyektlari odatda ikki katta turkumga bo‘linadi: mualliflik huquqi obyektlari (adabiyot, san’at va ilmiy asarlar) va sanoat mulki obyektlari (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi va h.k.). An’anaviy yondashuvga ko‘ra, kompyuter dasturlari mualliflik huquqi obyektlari toifasiga kiritiladi. Jumladan, xalqaro me’yoriy hujjatlardan biri bo‘lmish Butunjahon intellektual mulk tashkiloti homiyligida tuzilgan 1994-yilgi TRIPS Bitimining 10-moddasida kompyuter dasturlari adabiy asar sifatida mualliflik huquqi bilan himoya qilinishi shartligi qat’iy belgilangan. Ya’ni, dasturiy ta’minotning manba kodi ham, bajariladigan (obyekt) kodi ham Bern konvensiyasiga muvofiq adabiy asar sifatida qaraladi va ularga nisbatan aynan adabiy asarlar uchun nazarda tutilgan huquqiy muhofaza rejimi tatbiq etiladi. Xuddi shu prinsip milliy qonunchiliklarda ham aks etgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonun 3-moddasida kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalari mualliflik huquqi obyektlari ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Ya’ni “Kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalari ushbu Qonun 36 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference orqali mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga kiradi” deb ko‘rsatilgan. Ushbu qonunga muvofiq, har qanday kompyuter dasturi ijodiy mehnat mahsuli sifatida yaratilgan bo‘lsa, uning obyektiv shaklda ifodalangan kodi mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi. Qonunda ochiq-oydin aytilishicha,

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kompyuter dasturlarining intellektual mulk obyekti sifatidagi huquqiy maqomi va ularni himoya qilish prinsiplari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kompyuter dasturlarining intellektual mulk obyekti sifatidagi huquqiy maqomi va ularni himoya qilish prinsiplari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mualliflik huquqi, ijodiy asar, nou-xau, muallif huquqi, dastur tasnifi, milliy qonunchilik, funksional yechim, Bern konvensiyasi, mulkiy huquq, dastur himoyasi., interfeys, xalqaro huquq, dastur interfeysi, ifoda va g‘oya, dastur kodi, shaxsiy huquq, dasturiy mahsulot, patent huquqi, algoritm, litsenziya shartnomasi, tijorat siri, TRIPS bitimi, huquqiy maqom, intellektual mulk, xizmat vazifasi, kod himoyasi, dasturchi huquqi, xizmat dasturi, kompyuter dasturi, texnik g‘oya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники