К содержанию
РецензированоUZ2021

CHET DAVLAT SUDLARINING VA CHET DAVLAT ARBITRAJ SUDLARINING HAL QILUV QARORLARINI TAN OLISH VA IJRO ETISHNING HUQUQIY AHAMIYATI.

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · ETISHNING HUQUQIY AHAMIYATI. · Turg‘unova Odina Akmal qizi

Международная конференция академических наук · 2021

Аннотация

Ushbu tezisda muallif tomonidan chet davlat sudlarining va arbitraj qarorlarining huquqiy ahamiyati, xorij tajribasi va milliy qonunchilikda qo‘llanilishi yuzasidan fikrlar bildirilgan. Kalit so‘zlar: sud, arbitraj sud, Nyu-York Konvensiyasi, UNCITRAL,arbitraj sudining hal qiluv qarori. Bugungi kunda deyarli butun jahonda davlatlarning iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga intilishi hech kimga sir emas. Bu maqsadga erishish uchun esa tijorat sohasidagi faoliyat yurituvchi subyektlarni qo‘llab quvvatlash hamda ularga yetarlicha sharoit yaratib berish davlatlarning asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda. Shu sababli xalqaro tijorat arbitrajining o‘rni bugungi global rivojlanayotgan iqtisodiyotda har qachongi davrdan ham muhim. Xalqaro tijorat arbitraji nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan biri bo‘lib “alternative disputes of resolution” ADR ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi 674-sonli “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonuni asosida tartibga solinadi. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida nizolarni hal qilishning muqobil turlari bir nechta bo‘lib ular: ekspert xulosasi, taraflar o‘rtasidagi muzokaralar, mediator ishtirokidagi muzokara, yatashuv, arbitraj (hakamlik) muhokamasi, nizoni ko‘rib chiqiqsh komissiyalari, xususiy sud, dastlabki mustaqil baholash, nizolarni hal qilish bo‘yicha sudgacha yig‘ilish va soddalashtirilgan hay’at sudi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan 1995-yil 20-dekabrda qabul qilingn qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi 1958-yil 10-iyundagi “Chet el davlatlari hakamlik qarorlarini e’tirof va ijro etish haqida”gi Nyu-York Konvensiyasiga qo‘shilgan davlatlar qatoriga kiradi. Har qanday xalqaro bitim, shartnoma yoki nizoning samarali yechimi faqat adolatli sud qarori bilan emas, balki ushbu qarorning real hayotda ijro etilishi bilan o‘z kuchini ko‘rsatadi. Shu bois, xorijiy qarorlarni tan olish va ijro etish masalasi nafaqat huquqiy, balki siyosiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan arbitraj qarorlarini aʼzo davlatlar tomonidan tan olish va ijro etish mexanizmini vujudga keltiruvchi bir qancha shartnomalar imzolagan. 1992-yil 20-martda Kiyev shahrida imzolangan “Xoʻjalik subyektlari oʻrtasida shartnomaviy va boshqa 48 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni koʻrib hal etish hamda ular boʻyicha qarorlar ijrosini taʼminlash haqida”gi Bitim shular jumlasidan biridir. Davlatlarning barqaror rivojlanishi, uning xalqaro maydondagi o‘rni, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat aksariyat hollarda iqtisodiyotga borib taqaladi. Mamlakatga investorlaning erkin kirib kelishlari, shubxasiz investitsiya kiritishlari uchun albatta ularga munosib shart-sharoitlar hamda kafolatlar berilishi lozim bo‘ladi. Bu sharoitlar nimalarda o‘z aksini topishini bir ko‘rib chiqmiz: Eng birinchi huquqiy kafolatlar bo‘lib, bunda tijoratchi taraflar o‘z buzilgan huquqlarini tiklashni so‘rab sudga murojaat qila olishlari va nizoli vaziyatlarda taraflar o‘rtasida murosaga erisha olish imkoniyatlarini bilishlari lozim. Bunda albatta butun dunyoda rivojlanib ulgurgan xalqaro tijorat arbitraji milliy umumyurisdiksiya sudlariga nisbatan ancha qulay bo‘lib taraflar o‘zlari arbitr tanlashlari jihatidan ishonchli deb hisoblaydilar. Shu sababli ham o‘z iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimini faollashtirishni istagan mamlakat xalqaro tijorat arbitrajiniham huquqiy ham tshkiliy jihatdan rivojlantirishlari lozim. Shu munosabat bilan UNCITRAL Xalqaro savdo arbitraji to‘g‘risidagi namunaviy qonun asosida, shuningdek arbitraj muhokamasi sohasida jahon amaliyotini hisobga olgan holada, O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonini qabul qilingan. Ikki davlat tijoratchi investorlari o‘rtasidagi nizoli vaziyat Xalqaro arbitrajda ko‘rib chiqilganda uning hal qiluv qarori har ikki tomon uchun majburiy ijro xususiyatiga ega. Ammo uning ijro etilish amaliyoti davlatlar o‘rtasida farq qiladi. Fransiya tajribasiga ko‘ra agar talablar bajarilgan bo‘lsa va rad etish uchun asoslar bo‘lmasa, xorijiy sud qarori avtomatik ravishda tan olinadi. Amaldagi xalqaro hujjatda ekzekvatura talab qilinmasligi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijro etish faqat sudning ijro etilishi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida ijro etilishi mumkin. Ekzekvatura sud ijrosi talab qilinayotgan shaxsning yashash joyidagi Fuqarolik sudi (Tribunal de Grande Instance) tomonidan berilishi kerak. Agar bu shaxs Frantsiyada yashash joyi bo‘lmasa, ekzekvatura odatda da'vogar ekzekvaturni so‘ragan joyning fuqarolik sudi yoki sud qarori ijro etilishi kerak bo‘lgan joy yoki Parij Tribunal de Grande instantsiyasi tomonidan beriladi.1 1 Recognition and enforecement of foreign judgements in France https://cms.law/en/int/expert-guides/cms-expert- guide-to-recognition-and-enforcement-of-judgements/france. 49 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Brаziliyаdа xоrijiy sud qаrоrlаri vа аrbitrаj qаrоr

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda muallif tomonidan chet davlat sudlarining va arbitraj qarorlarining huquqiy ahamiyati, xorij tajribasi va milliy qonunchilikda qo‘llanilishi yuzasidan fikrlar bildirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda muallif tomonidan chet davlat sudlarining va arbitraj qarorlarining huquqiy ahamiyati, xorij tajribasi va milliy qonunchilikda qo‘llanilishi yuzasidan fikrlar bildirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
arbitraj sudining hal qiluv qarori., sud, arbitraj sud, Nyu-York Konvensiyasi, UNCITRAL
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники