К содержанию
РецензированоUZ2026

VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGI MUAMMO VA MOHIYAT

Boymirzaeva Raximaxon Xoshimjonovna · Madmarov Mirzaabdulla Abrorjon o‘g‘li

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligi, sabablari va uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan jihatlar ko‘rilgan.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, uning kelib chiqishida pedagogik va psixologik omillar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: voyaga yetmaganlar, yoshlar, kriminologik tavsif, jinoyatchilik. Huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi sabablar va omillar muammosi har qanday kriminologik tadqiqotda u yoki bu tarzda ko‘rib chiqiladi, chunki u kriminologiyaning muhim muammolaridan biridir. Uni ilmiy o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Jinoyat sabablari nima-yu, uning omillari deganda nimani tushunish lozim, degan masala bizning kriminologik adabiyotlarimizda, afsuski, hanuzgacha aniq hal qilinmagan. Aksariyat hollarda bu tushunchalar adashtiriladi yoki bir-biriga tenglashtiriladi. Aytilgan holatlar voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining sabablari va omillari muammosiga ham taalluqli. Ushbu masalaga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud. Kriminologlar, psixologlar va huquqshunoslarning ta'kidlashicha, voyaga etmaganlar jinoyati darajasi ishlarning holatini juda aniq ko'rsatadi. Jamiyat va jamoat axloqi, ijtimoiy institutlar faoliyatining samaradorligi, butun jamiyatning farovonligi yoki qashshoqligi. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning sifat o‘zgarishiga e’tibor qaratilmoqda, bu esa yuqori darajadaligi dolzarb masla ekanligi bilan ajralib turadi. Muhokama Ayrim olimlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari jumlasiga quyidagilarni kiritadi: yashash, o‘qish yoki ish joyidagi muhitning salbiy ta’siri; o‘qishni tashlab ketgan o‘smirlar uzoq vaqt muayyan ish bilan shug‘ullanmasligi; o‘smirning noto‘g‘ri tarbiyalanishini belgilovchi shart-sharoit omillari; yoshi katta 14 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference jinoyatchilarning dalolatchiligi; zo‘ravonlik va qonunsizlikni ifodalovchi kitoblar va filmlar ta’siri. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining omillari sifatida quyidagilar qayd etiladi: nazoratsizlik; umumiy ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya ishlarida mavjud kamchiliklar; ishga joylashtirishda hamda ishlab chiqarishda tarbiya ishlarini tashkil etishda mavjud kamchiliklar; madaniy hordiq chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklar; voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish hamda unga qarshi bevosita kurash olib borish vazifalari zimmasiga yuklangan organlar faoliyatidagi kamchiliklar. Ayrimlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari qatoriga quyidagilarni kiritadi: o‘smirning kayfiyati va ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar; ma’naviy va axloqiy mo‘ljallarning beqarorligi; shaxslar jinoiy guruhi bilan yaqin aloqada bo‘lish yoki muayyan sharoitda ular o‘smirga salbiy ta’sir ko‘rsatishi; ruhiyatining ayrim xususiyatlari; oila yoki jamoadagi noqulay shart-sharoitlar.Bundan tashqari voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan turli-xil xuquqbuzarliklarga birinchi navbatda, o‘sha shaxsda huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning yetishmasligi ham sababdir. Huquqiy ongi, tarbiyasi va huquqiy madaniyati yetuk bulmagan voyaga yetmagan shaxs jamiyatda amalga oshirayotgan ayrim salbiy harakatlarni huquqbuzarlik ekanligini tushunmaydi. Masalan, voyaga yetmagan o‘smir mayda o‘g‘irlik huquqbuzarlik ekanligini, buning oqibatida javobgarlik masalasi borligini huquqiy ongi huquqiy madaniyati yetishmasligi va huquqiy tarbiyaga ega emasligi uchun bilmaydi. Natijada ana shunday mayda huquqbuzarliklar o‘rnini katta jinoyatlar egallaydi. Shuning uchun jamiyatimizda ro‘y berayotgan huquqiy o‘zgarishlar va huquqiy tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yoshlarga o‘z vaqtida yetib borishi kerak. Ya’ni, yoshlar jinoyat sodir etgandan keyin emas, balki shaxsning jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida bu borada ko‘plab ma’lumotga ega bulishi lozim. Sir emaski, o‘smirlar bu boradagi jinoiy javobgarlik, jazo choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat jinoyat sodir etganlaridan keyingina huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlaridan eshitib, tushunib olishadi.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi kattalar jinoyatchiligi bilan bir xil sabablarga ega, biroq ularning yoshlar va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmi ancha farq qiladi. Bu sabablar shaxsning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tarbiya tashkiliy va stixiyali jihatlarni, tarbiya hamda tegishli ijtimoiy amaliyot ta’sirini o‘z ichiga oladi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sharoiti deganda ular sodir etadigan jinoyatlarning paydo bo‘lishi, o‘zgarishi yoki barham 15 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference topishi bilan bog‘liq omillar yig‘indisi tushiniladi. Mazkur sharoit hisoblanuvchi imkoniyatlarning (omillarning) haqiqatga aylanishini ta’minlovchi, ya’ni oqibatni keltirib chiqaruvchi element sabab hisoblanadi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, huquqbuzarligini aniq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligi, sabablari va uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan jihatlar ko‘rilgan.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, uning kelib chiqishida pedagogik va psixologik omillar, ula…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligi, sabablari va uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan jihatlar ko‘rilgan.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, uning kelib chiqishida pedagogik va psixologik omillar, ula… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kriminologik tavsif, jinoyatchilik., voyaga yetmaganlar, yoshlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники