Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ER-XOTIN O‘RTASIDAGI OILAVIY ZIDDIYATLARNI RAQAMLI TAʼLIM VA ILMIY IZLANISH FAOLIYATI ORQALI BARTARAF ETISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
ETISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI · Nurmonov Asliddin Xusniddin o’g’li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В современную эпоху глобализации и цифровых технологий характер взаимоотношений между людьми также значительно меняется. Особенно актуальной проблемой считается возникновение социально-психологических конфликтов в семьях, где между супругами существует разница в возрасте. В таких условиях возможности цифрового образования и привлечение к научно-исследовательской деятельности могут служить важным инструментом для смягчения подобных конфликтов. Ключевые слова: цифровое образование, глобализация, социальная психология, конфликт, супруги, семейные отношения. Annotation. In today's era of globalization and digital technologies, the nature of relationships between people is also undergoing significant changes. In particular, the emergence of socio-psychological conflicts in families where there is an age difference between spouses is considered one of the pressing issues. In such conditions, the opportunities of digital education and involvement in scientific research activities can serve as an important tool in mitigating these conflicts. Keywords: digital education, globalization, social psychology, conflict, spouses, family relationships. Bugungi kunda dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari, raqamli texnologiyalarning hayotimizga jadal kirib kelishi va inson faoliyatining deyarli 36 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference barcha sohalarida axborot-kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanilishi natijasida ijtimoiy munosabatlarning mazmun-mohiyati va shakllari sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Xususan, oila institutida, uning ichki psixologik muhitida va er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarda ham yangi ehtiyojlar, yangi talablar va turli xil muammolar yuzaga chiqmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi oila hayotida eng dolzarb muammolardan biri — bu turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi yosh tafovutidan kelib chiqadigan ijtimoiy- psixologik ziddiyatlardir. Yosh tafovuti mavjud bo‘lgan oilalarda dunyoqarash, qadriyatlar tizimi, hayotga bo‘lgan yondashuv, o‘zaro munosabatlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasidagi tafovutlar bir-biriga nisbatan muammolar va tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, yosh juftliklarning biri raqamli texnologiyalarni faol o‘zlashtirib, kundalik hayotida internet, smartfon, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn ta’lim imkoniyatlaridan unumli foydalanishga harakat qilsa, ikkinchi tomon bu jarayonlarga moslasha olmasligi yoki ularga ehtiyoj sezmasligi oiladagi kommunikativ, hissiy, intellectual munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatlar, ayniqsa, turmush o‘rtoqlar o‘rtasida katta yosh farqi bo‘lgan oilalarda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda muhim savol tug‘iladi: oiladagi yosh tafovuti sabab yuzaga keladigan psixologik va kommunikativ muammolarni qanday qilib zamonaviy vositalar orqali yumshatish mumkin? Ilmiy tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish, turmush o‘rtoqlarning birgalikda ilmiy izlanishlarga jalb etilishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun harakat qilishi — oilaviy integratsiya va o‘zaro moslashuv jarayonida samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu esa nafaqat oiladagi o‘zaro tushunishni mustahkamlash, balki har ikki tomonning shaxsiy o‘sishini, o‘zini anglashini va jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Raqamli ta’lim, ayniqsa, turli yosh vakillari uchun moslashuvchan, individual yondashuvlarga asoslangan platformalar mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Shu sababli, yosh farqlari mavjud oilalarda har ikki tomonning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalana olish madaniyatini shakllantirish, ularni ilmiy- ijodiy faoliyatga jalb qilish muhim ijtimoiy-psixologik mexanizm sifatida o‘rganilishi lozim bo‘ladi. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh tafovuti katta bo‘lgan er-xotinlar o‘rtasida dunyoqarash, qadriyatlar va hayotiy maqsadlarda tafovut ko‘proq uchraydi. Bu esa o‘z navbatida tushunmovchilik, ishonchsizlik, o‘zaro norozilik kabi muammolarni 37 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference keltirib chiqarishi mumkin. Biroq ijtimoiy psixologiyada shunday yondashuv bo‘lib insonlar faoliyat orqali bir-biriga yaqinlashishi, umumiy maqsadlar sari intilishi orqali o‘zaro ijobiy munosabatlarni shakllantirishi mumkin. Ayniqsa, raqamli taʼlim va ilmiy izlanish faoliyati bu borada samarali mexanizm sifatida qaralmoqda. Albert Bandura nazariyasida shunday g‘oya mavjudki — insonlar bir-biridan o‘rganishga moyil. Ayniqsa, yosh tafovuti mavjud bo‘lgan er-xotinlarda bilim, tajriba va dunyoqarash almashinuvi tabiiy ehtiyojga aylanadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda: Katta yoshli insonlar – hayotiy tajribasi, an’anaviy qadriyatlarga sodiqligi, zamonaviy muammolarga ham konservativ usulda yechim topishga urinish kabilar sodir bo’ladi. Yoshlar – texnologiya, kreativ fikrlash va zamonavi
Доказательный фрагмент
«В современную эпоху глобализации и цифровых технологий характер взаимоотношений между людьми также значительно меняется.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ современную эпоху глобализации и цифровых технологий характер взаимоотношений между людьми также значительно меняется. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital education, globalization, social psychology, conflict, ziddiyat, globallashuv, er-xotin, ijtimoiy psixologiya, oilaviy munosabatlar., raqamli ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014