Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARINING RIVOJLANTIRISH MASALALARI
RIVOJLANTIRISH MASALALARI · Turayeva Muxayyo Soliyevna
Академические исследования в современной науке · 2017
Аннотация
The article analyzes the problems of deposits and develops proposals for the development of depository operations. Kalit so‘zlar: bank, bank-moliya tizimi, kapitallashuv, resurs, ustav kapitali, deposit, kredit, reyting, omonat, mijoz, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, operatsiya, mablag‘, omillar, sub’yekt. Ключевые слова: банк, банковско-финансовая система, капитализация, ресурс, уставный капитал, депозит, кредит, рейтинг, сбережения, клиент, юридическое лицо, физическое лицо, операция, средства, факторы, субъект. Key words: bank, banking and financial system, capitalization, resource, authorized capital, deposit, credit, rating, savings, client, legal entity, individual, operation, funds, factors, subject. Bank amaliyotidan ma’lumki, jalb qilingan mablag‘larning asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga banka ham manfaatli hisoblanadi. Depozitlar omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag‘ida ma’lum vaqitgacha saqlanadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarga mos holda bank faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirish jarayonida fundamental o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu banklarning strategik maqsadlarini amalga oshirish va mustahkam resurs bazasini shakllantirishda depozit siyosatining ahamiyati va rolini oshirish hamda uni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylanishiga olib keldi. 52 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Maqsad. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini, shu jumladan, bank tizimini modernizatsiyalash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida bank tizimidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirishda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Qonunchilik Palatasi tomonidan 2019 yilning o‘zida bank tizimga oid 4 ta qonun yangidan qabul qilindi. Bu esa, respublikamiz bank tizimning xalqaro bank tizimiga bosqichma-bosqich integratsiyalashib borayotganligidan, mamlakatimiz banklarining xizmatlar ko‘lami va sifatini yangi bosqichga olib chiqilayotganligidan dalolat beradi. Ilmiy ishning natijasi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz bank tizimiga aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ishonchini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotdagi bo‘sh turgan pul mablag‘larini uzoq muddatli bank depozitlariga jalb etish borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada tijorat banklari tomonidan depozit operatsiyalarini amalga oshirish, depozitlar bilan bog‘liq hisob-kitoblar tizimini samarali amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish uchun mamlakatimizda amal qilayotgan qonunlar va qonunosti hujjatlarining o‘rni beqiyosdir. Tijorat banklarining depozit operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Banklar tomonidan resurs jalb qilishni yanada kengaytirish, aholi omonatlari hajmini yanada oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishni yanada takomillashtirish banklar kreditlash salohiyatini kengayishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Darhaqiqat, tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga o‘z sohalari bo‘yicha ishlab chiqarishni amalga oshirishga moliyaviy jihatdan ko‘maklashishi, aniqroq aytganda o‘z kreditlarini taklif etishi talab etiladi. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tijorat banklari bu – tijorat faoliyatini yurituvchi yuridik shaxs hisoblandi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun pul mablag‘lariga egalik qilish yoki aniqroq aytganda ularni o‘z faoliyatiga jalb qilish zaruriyati mavjud bo‘lsa, tijorat banklari ham bunday muammodan holi emas. Tijorat banklari resurslari shakllanishini tahlil qilish va ulardan qanday foydalana olish imkoniyatiga ega ekanligini yoritish muhim amaliy hamda nazariy ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining resurslari odatda, o‘z mablag‘lari, jalb qilingan mablag‘lar va qarz mablag‘laridan tashkil topadi. Resurs manbaining asosiy qismini jalb 53 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qilingan mablag‘lar tashkil etsa, banklarga bo‘lgan ishonchning asosiy manbaini o‘z mablag‘lari tashkil etishi barchamizga ma’lum. I.X.Raxmanov va X.X.Otamurodovlarning fikricha, tijorat banklari tomonidan depozit mablag‘larining jalb qilinishi, bankning kredit sifatida beriladigan resurslarini shakllantirishga zamin yaratadi va kredit tarzida beriladi, shuningdek bu holat boshqa bank tom
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the problems of deposits and develops proposals for the development of depository operations.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the problems of deposits and develops proposals for the development of depository operations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bank, banking and financial system, capitalization, resource, omonat, mijoz, jismoniy shaxs, sub’yekt., operatsiya, mablag‘, yuridik shaxs, deposit, bank-moliya tizimi, reyting, kredit, kapitallashuv, resurs, ustav kapitali, omillar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025