К содержанию
РецензированоRU1991

BAXMAL TUMANINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA TOPONOMIKASI (1991–2024)

Jo‘raqulova Nurmohi Ne’matulla qizi

Академические исследования в современной науке · 1991

Аннотация

В данной статье проанализировано географическое положение Бахмальского района, расположенного в Джизакской области Узбекистана. В ходе исследования изучены горный рельеф района, природные ресурсы, а также социально-экономические изменения, обусловленные его расположением в приграничной зоне. Особое внимание уделено историко-этническому составу населения, а также основным отраслям хозяйственной деятельности — животноводству и зерноводству. Статья направлена на освещение географических и культурных факторов, влияющих на развитие региона. Ключевые слова: Бахмаль, узбекский народ, этноним, племя, род, животноводство, зерноводство Yurtimiz tarixini chuqur o‘rganish bizga, ma’lum davrdagi davlatlar, jamiyatlar va undagi odamlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni beradi. O‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolardan ogoh bo‘lish kelajakda ularni takrorlamaslikka o‘rgatadi. Shuningdek, tarixni o‘rganish orqali kimligimiz, ajdodlarimiz kim bo‘lganligini anglaymiz. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixiy rivojlanishlar natijasidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tarixni chuqur o‘rganish va milliy merosimizni targ‘ib qilish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Uning turli nutq va chiqishlarida ta’kidlaganidek: “Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkazishimiz kerak.” Shu o‘rinda Jizzax viloyati Baxmal tumani tarixi, joylashuvi va rivojlanish bosqichlari xususida ham bir necha ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. 58 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Baxmal tumani dastlab 1943-yil 8-mayda tashkil etilgan va 1957-yilning 12-oktabrida G‘allaorol tumani bilan birlashtirilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tashkil topgan bo‘lib ushbu hudud shimoli g‘arbda G‘allaorol, shimolda Jizzax, shimoli-sharqda Zomin tumanlari, g‘arbda Samarqand viloyati va janubda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hisoblanadi. Tuman hududi asosan tog‘oldi tekisliklari va tog‘lardan iborat bo‘lib, Molguzar tog‘lari bilan Turkiston tizmasi oralig‘idagi Sangzor vodiysida joylashgan. Maydoni 1,9 ming kv.km., yoki viloyat maydonining 8,8 foiziga teng. Aholisi 186,9 ming kishini tashkil etib, viloyat aholisining 12,5 foizi yashaydi. Aholi zichligi 1 kv. km.ga o‘rtacha 98,3 kishini tashkil etadi. (01.01.2024 y.) Tumanning demografik salohiyati ham ancha katta, 7 ta shaharcha (O‘smat, Mo‘g‘ol, Novqa, Alamli, Tongotar, Oqtosh, Baxmal), 10 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (Saroy, Barlos, Bog‘ishamol, Tongotar, Gulbuloq, Yangiobod, Zafarobod, No‘shiravon, Sangzor, Uzunbuloq) va 106 ta mahalla aholi punktlari mavjud. Aholi joylashuvining o‘rtacha zichligi 68 kishi, bu viloyat ko‘rsatgichidan ancha yuqori. Tuman ma’muriy markazi O‘smat shaharchasi hisoblanadi.1Baxmal tumani o‘z joylashuviga ko‘ra katta hududni o‘z ichiga olganligi bois ushbu tumanda doimiy migratsiya holatlari kuzatilib turgan va turli xil millat vakillari uchun doimiy makon vazifasini o‘tagan hudud sanaladi. Aholisining asosiy 92,5 foizi o‘zbeklar tashkil etsada, shuningdek, qirg‘iz, tojik, qozoq, rus va boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Tuman nomining kelib chiqishi to‘g‘risida olimlar tomonidan aniq bir fikr bayon qilinmagan. B.O‘rinboyev baxmal so‘zini etnonim hisoblab, o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan qavchin urug‘ining bir tarmog‘i baqman, boqmondir, baxmal uning talaffuzda o‘zgargan shaklidir deb ta’rif bergan. Tarixchi olim M.Pardayev esa tumanga qachon bu nom berilganligiga e’tiborni qaratish lozim deb hisoblaydi. Olimning fikricha, bu nom qadimiy emas, chunki tarixiy manbalarda ushbu voha Yor-yayloq deb tilga olingan. Og‘zaki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu nom sho‘rolar davrida respublika rahbari bo‘lgan Sh.R.Rashidov tomonidan berilgan degan fikr ham mavjud. Toponomist olimlar gazlama hisoblangan baxmalga bu so‘zning hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlashgan. Baxmal so‘zining etimologiyasi mutaxassislar tomonidan sinchiklab o‘rganilishi lozim. Shuningdek Baxmal so‘zining kelib chiqishi, qo‘llanilishi bo‘yicha ham turli izlanishlar va taxminlar mavjud. Baxmal Jizzax viloyati tarkibidagi 12 ta qishloq tumanlardan biridir. Baxmal-qishloq. Baxmal toponimi 59 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference boshqa yerlarda ham bor. “Duxoba” ma’nosidagi baxmal so‘ziga hech aloqasi yo‘q. Toponomist T.Nafasov qovchinlarning bir urug‘i baxmal (bakman) deb atalishini yozadi. Sangzor-Baxmal va G‘allaorol tumanlaridagi vodiy va daryo. Sangzor “toshloq” degani.2 Baxmal hududida joylashgan etnotoponimlardan quyidagilarni uchratishimiz mumkin. Barlos-etnooykonim, o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan qadimiy qabila nomi XIV-XV asrlarda voha aholisining siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ro‘l o‘ynagan. Amir Temur barlos qabilasidan bo‘lib sarkarda va viloyat amirlarini asosan ulardan tayinlagan. Baxmat tumani tog‘li hududida joylashgan ushbu qishloq aholisi joy

Доказательный фрагмент

«В данной статье проанализировано географическое положение Бахмальского района, расположенного в Джизакской области Узбекистана.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье проанализировано географическое положение Бахмальского района, расположенного в Джизакской области Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Бахмаль, узбекский народ, этноним, племя, род, qabila, o‘zbek xalqi, chorvachilik, etnonim, g‘allachilik., urug‘, Baxmal
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники