К содержанию
РецензированоRU2026

MARIYA MONESSORINING BOLALARGA BOLALIGINI TUHFA ETGAN MASKAN “CASA DEI BAMBINI” HAQIDA.

Abdullayeva Iroda Alisherovna. · Kalit so’zlar: Maria Montessori (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Montessori metodikasi,zamonaviy (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

в данной статье даны мнения об обучении и воспитании на основе метода Монтессори его роли в развитии образования ребенка а также о специфике етой методики в дошкольном возрасте. Ключевые слова: Мария Монтессори, методика Монтессори ,современная педагогика, воспитание детей, самостоятельность, индивидуалный подход, образовательный процесс ,практический опыт, система образования. Annotation: this article gives ideas on the basis of the Montessori method on the basis of reading and upbringing,its role in the development of child education, as well as the specificity of this methodologu in preschool age. Keywords: Maria Montessori,Montessori methodology, modern pedagogy, childrens education, independence,individual approach,educational process, practical experiences experiences, uducational system. “Bola o’zini o’qita oladi, uning yo’lini faqat siz va cheklovlaringiz to’sadi” Mariya Montessori. “Bizning bolalarga bo’lgan munosabatimizni o’ylar ekanman biz ularda tug’ilajak aqliy tuyg’ularni ehtiyotkorlik bilan rivojlantiruvchi hamda mashq qildiruvchi omil hisoblanamiz”- deydi Montessori. Demak biz bolalarni rivojlantiruvchi asosiy omil ekanmiz, inson uchun nima muhim biz ularga nisbatan qanday munosabatda bo’lishimiz kerak? – degan savolga javob izlashimiz zarur. Eng avvalo bola bizning shaxsiy mulkimiz degan fikrdan qutilishimiz kerak.U nafaqat o’z oilasining a’zosining balki jamiyatning bir bo’lagi ekaniga ko’nikishimiz zarur. Bundan tashqari bola boshqalarga tegishli bo’lgan yagona insoniy hilqat hisoblanishini ochiq tan olishimiz juda muhim. 63 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta’lim pedagogikasini rivojlantirish maqsadida bir qancha ilg’or usullar tatbiq etilib kelinmoqda.Shulardan biri Mariya Montessori tehnalogiyasidir.Bu mohiyatan hayotdan o’zlashtirilgan “tabiiy” usul bo’lib, bola tarbiyasida o’zining har tomonlama mukammaligi bilan ommalashgan. Italiyalik pedagog Mariya Montessori ( 1870-1952) tizimi uzoq vaqtdan beri dunyo miqyosida tan olingan va eng keng tarqalgan tizimga aylandi.Montessori pedagogikasi bepul ta’lim g’oyalarini samarali amaliyotda amalga oshirishning ajoyib namunasidir.Mariya Montessori bola rivojlanishining ba’zi qonuniyatlarini kashf etdi va bolalarni o’qitishning yangi usulini ishlab chiqdi.Shu sohada u bolalar uchun moslashtirilgan, bolalar o’qitishning yangi usulni ishlab chiqdi.Shu asosda u bolalar rivojlanishi ehtiyojlariga javob beradigan va bolalarning idrok etish imkoniyatlariga mos keladigan maktablarni yaratdi.Mariya Montessori g’oyalari va tajribasiga hozirgi kunlarda ortib borayotgan qiziqish chuqur ramziy ma’noga ega, chunki bu pedogogik an’analarning insonparvarlik, bolaning individualligiga e’tibor berish, shuningdek, ta’lim va tarbiyalsh zarurati kabi xususiyatlari bilan bog’liq doimiy o’zgarib borayotgan dunyoda fuqarolik jamiyatida muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgandir. Uning ko’plab kashfiyotlarining aksariyat zamonaviy psixologiya va fizilogiya tomonidan tan olingan. Montessori usuli va an’anaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasidagi asosiy farq – bu bolaga o’ziga xos, betakror shaxs sifatida, o’z rivojlanish rejasi, atrofdagi dunyoni o’zlashtirishning o’ziga xos usullari shartlari sifatida qarashdir.Montessori usulining asosiy g’oyasi bolani aniq qurilish mantig’iga ega bo’lgan va bolaning psixologik ehtiyojlariga mos keladigan tayyorlangan muhitga joylashtirish orqali uni o’z-o’zini rivojlantirishga undashdir. Montessori aytganidek pedagog va tarbiyachilarning vazifasi bolaga ushbu muhitda o’z faoliyatini tashkil etishga, o’ziga xos yo’ldan borishga, ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarishga yordam berishdir.Montessori pedogogikasining fenomeni uning bolaning tabiatiga cheksiz ishonchida paydo bo’lgan shaxsga bo’lgan har qanday avtoritar bosimni istisno qilish istagida, shuningdek, erkin. mustaqil, faol shaxsga yo’naltirilganligidadir! Mariya xonimni jamiyat va pedagogikadagi stereotiplarni parchalagan ayol deb bilishadi.Gabriel Markes, Bill Geyts, Jeff Bezos kabi mashhurlar ham shunday dargoh ta’limini olganlardan. Italiyadagi ilk diplomli shifokor ayolning hayoti o’zi yozganidek – “ o’ta sokin, ammo shiddatli”. 64 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 1870-yilning avgustida Italiyaning Kyarvalle shaharchasida tug’ilgan Mariya xonim esini tanib, yo’lini topgunicha qattiqqo’l hisobchi otasidan yashirincha bilim olishga majbur bo’lgan, ”Qiz bola o’qisa falokat yuz berishi”dan cho’chigan ota farzandining o’qishga mukkasidan ketishini ko’pam xushlayvermasdi.Biroq tadbirli, o’zi maktab ko’rmagan bo’lsa-da, mutolaadan uzilmagan ona qizini doim qo’llab-quvvatlagan. 13 yoshida Mikelanjelo Buyenarotti nomidagi texnika maktabida arifmetika, italyan tili, algebra, geometriya, hisob ilmi, tarix va geografiyani o’rgangan qizaloq dugonalaridek klassik fanlar o’qitiladigan institutni emas, balki texnika

Доказательный фрагмент

«в данной статье даны мнения об обучении и воспитании на основе метода Монтессори его роли в развитии образования ребенка а также о специфике етой методики в дошкольном возрасте.»

Образец извлечения

Демо-превью

в данной статье даны мнения об обучении и воспитании на основе метода Монтессори его роли в развитии образования ребенка а также о специфике етой методики в дошкольном возрасте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Maria Montessori, Montessori methodology, modern pedagogy, bolalar ta’limi, Montessori metodikasi, ta’lim jarayoni, zamonaviy pedagogika, ta’lim tizimi., individual yondashuv, mustaqillik, amaliy tajribalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники