К содержанию
РецензированоUZ2026

PUBLITSISTIK USLUBDA METAFORALARNI QO’LLASHNING AHAMIYATI

Aminova Nafisa Istamovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Metafora badiiy uslubda juda ko’plab tadqiqotlarning manbai sifatida o’rganildi, ammo uning publitsistik uslubda tutgan o’rnini aniqlash, tadqiqotlarni yangilashni taqazo etadi. Publitsistik uslubda metaforaning qo’llanishi, metaforizatsiyalashgan so’zlardan foydalanish, metaforalarni o’z ichiga olgan maqollar va mashhur iboralar ham tez-tez uchrab turadi. Bu uslubda metaforaning qo’llanishi tinglovchiga axborotni yetkazishda qo’shimcha ma’nolarni berishga xizmat qilishi mumkin. Birinchidan, o’quvchi yoki tinglovchiga tushinilishi qiyin bo’lgan tushunchalarni ular allaqachon bilgan yoki tasavvur qila oladigan narsa bilan bog‘lash orqali tushuntirishga yordam beradi. Ikkinchidan, pulitsistik uslubda hissiy assotsiatsiyalarga ega metaforalarni qo’llash axborotda biz o’ylagan kayfiyat yoki ohangni beradi. Ushbu maqolada publitsistik materiallarda, ularning sarlavhalarida qo’llanilgan metaforalar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: metafora. Publitsistik uslub, sarlavha, lug’aviy ma’no, ko’chma ma’no, metaforik tafakkur, matn tahlili. Kirish. Ko’chimlarning hosil qilinishida qat’iy chegara yo’q, ularning qanday manoni ifodlashini matn orqali aniqlash mumkin. Tilning ifoda tasvir vositalaridan biri metafora hodisasi bo’lib, eng salmoqli ko’chim turaridan biridir. Metafora tilda mavjud bo’lgan nomning muayyan o’xshashlik asosida yangi ma’no uchun qo’llanishidir. Hosil bo’lgan yangi ma’no komunikativ vazifasi bilan birgalikda ekspressiv vazifasini ham bajaradi. Metafora deyilganda ko’z oldimizga ikki xil tushuncha paydo bo’ladi, tushunchaning haqiqiy lug’aviy ma’nosi va boshqa tushunchaga o’xshashlik asosida ko’chirilgan ko’rinishi. Bir narsani boshqa narsalar orqali idrok etish jarayoni lingvistik va psixologik jarayondir. Metafora narsalarni jonli va aniq qilib ko’rsatishi mumkin, shuningdek, chuqur va mavhum haqiqatni yanada sodda va aniq ifodalashi mumkin.1 Bizni o’rab olgan nomlarni ba’zan to’g’ridan-to’g’ri ma’nosiga ko’ra tushunib bo’lmaydi, lekin so’zlovchining ifodalagan niyatini tushunish uchun 77 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference odamlarning dunyoni idrok etishi bilan birlashtirilishi kerak. Bu lingvistik hodisa kognitiv tilshunoslikda metaforik qarash deb ataladi. Matnni tahlil etish orqali metaforik ko’chimda qanday ma’no yashiringanini bilishimiz mumkin. Bir ijodkor ko’chma ma’noda qo’llagan so’zni, boshqa bir ijodkor ayni shu so’zni boshqa semada qo’llashi ham mumkin. Bu esa ijodkorning mahoratiga, tafakkuri, qarashlariga bog’liq holda yuzaga keladi. Tilning ifoda tasvir vositalari badiiy uslubda keng o’rganilib kelinmoqda, publitsistik uslubda ham uning lingvistik xususiyatlarini o’rganishni, semantik, stlistik, pragmatik xususiyatlarini tadqiq etishni lozim topdik. Asosiy qism. Qadimdan Sharqda ijodkor mahoratini tilning ifoda tasvir vositalaridan qay darajada foydalanganligi belgilab bergan. Publitsistik uslubda ham bunday tasvir vositalarning o‘rni va ahamiyatini aniqlash, lingvistik xususiyatlarini o‘rganish lozim. Ayniqsa, bu vositalar S.Karimov ta’kidlaganidek, faqat alohida olingan ijodkor qalamigagina mansub boʼlsa, ohori toʼkilmagan holda, badiiy ijodning nodir namunasi sifatida yashayveradi. 2 Shoir, nosir, publitsist Farmon Toshev publitsistikasida tilning ifoda tasvir vositalaridan biri metaforaning qo’llanishi va uning tafakkurimizga ta’siri, emotsional-ekspressiv vazifasini tahil etamiz. F.Toshev publitsistikasida 3 qo’llangan metaforalar millatimizning tafakkuri, madaniyati, rasm-rusumi, urf-odatiga xos tarzda shakllangan. Bunday tasvir vositalari o’quvchiga emotsional-ekspressiv ta’sir o’tkazadi. shirin xotira turmush gap suhbat so’z Masalan, shirin so’zi quyidagi so’zlarda metaforalarni hosil qilgan: shirin gap, shirin xotira, shirin turmush, shirin so’z singari. Shirin so’zidan turli o’rinlarda ijodkorga xos original metaforalar hosil qilingan: Koʼnglingizga maʼqul tushgan maqolalar haqida muallifga shirin gap ayting (148). Inson bir paytlari kechinma sifatida boshidan oʼtkazgan oʼziga maʼqul boʼlgan holatlarni sogʼinadi. Bu holatlarni biz shirin xotira deymiz (164). Huquqshunos, lekin tahririyat muhitida kamolga yetgan Shoira Zoxidova bilan shirin turmush qurdi (193). Azaldan turmush qurishning eng chiroyli sifatlari shakllangan yurtimizda turmushga shirin turmush deya baho berish original metaforik kochimlardandir. 78 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shirinsoʼz boʼlu, shirinsoʼzlardan qoʼrq (4). Shirinsozlar sozida sifat otlashib shirinsozli insonlar nazarda tutilmoqda va kinoyali, pand-nasihatomuz tarzda sozi yoqimli bolgani bilan oz manfaatini oylovchi insonlardan qorqishdan ogohlantiradi. Har bir tadbir maʼnoga ega va qisqa boʼlgan. Аyniqsa, mehmonlarni qoʼniqqa berish odamlarga shirin suhbatdan zavqlanish imkonini bergan(167). gapir chiroyli go’zal dag’al qo’pol Аdiblik boshqalardan chiroyli, goʼzal gapirish emas, balki boshqalardan chuqurroq va oldinroq fikrlash demak. Farzandlar oldida q

Доказательный фрагмент

«Metafora badiiy uslubda juda ko’plab tadqiqotlarning manbai sifatida o’rganildi, ammo uning publitsistik uslubda tutgan o’rnini aniqlash, tadqiqotlarni yangilashni taqazo etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Metafora badiiy uslubda juda ko’plab tadqiqotlarning manbai sifatida o’rganildi, ammo uning publitsistik uslubda tutgan o’rnini aniqlash, tadqiqotlarni yangilashni taqazo etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lug’aviy ma’no, metaforik tafakkur, ko’chma ma’no, matn tahlili., metafora. Publitsistik uslub, sarlavha
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники