К содержанию
РецензированоUZ2026

GENDER VA TIL: ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ULARNING TILSHUNOSLIKDAGI O‘RNI

TILSHUNOSLIKDAGI O‘RNI · Qarayeva Mavjuda Yoqubjonovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada gender va til tushunchalarining asosiy mohiyati, ularning tilshunoslikdagi o‘rni va rivojlanish tarixi tahlil qilinadi. Gender va til o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, til vositalarida gender ifodasining shakllanishi, zamonaviy tilshunoslik yondashuvlari hamda o‘zbek tilidagi gender masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot til orqali jamiyatdagi gender stereotiplari qanday shakllanishi va ularni o‘zgartirishda tilshunoslikning o‘rni haqida ilmiy nuqtai nazar beradi. Kalit so‘zlar: gender, til, tilshunoslik, gender tilshunosligi, ijtimoiy jins, til va jamiyat, gender stereotiplari, o‘zbek tili, til siyosati, gender neytral til Til inson tafakkuri va jamiyatni aks ettirish vositasi sifatida insoniyat taraqqiyotida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Til orqali nafaqat axborot uzatiladi, balki ijtimoiy munosabatlar shakllanadi, ijtimoiy rollar belgilanadi. Ushbu rollardan biri – gender roli bo‘lib, u tilda alohida ifodaviy vositalar bilan aks etadi. Gender va til o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni o‘rganadigan yo‘nalish “gender tilshunosligi” deb ataladi. Ushbu maqolada gender va til tushunchalari, ularning tilshunoslikdagi o‘rni, asosiy nazariy yondashuvlar va amaliy ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Gender va til tushunchalarining izohi “Gender” tushunchasi biologik jins emas, balki ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Biologik jins tug‘ma bo‘lsa, gender insonning jamiyatdagi ijtimoiy rolini bildiradi. Gender – bu “ayollik” va “erkaklik” kabi ijtimoiy me’yorlar to‘plamidir [6, 42-b.]. Til esa bu rollarning aks etish maydonidir. Til orqali gender ifodalanadi: bu so‘z tanlovi, gap qurilishi, intonatsiya, nutq etiketi, murojaat shakllari kabi jihatlarda ko‘zga tashlanadi. Masalan, ingliz tilidagi “she talks too much” kabi iboralar asosan ayollarga nisbatan ishlatiladi, bu esa gender stereotiplarning tilga ko‘chishini bildiradi [1, 45-b.]. Gender tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi Gender va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga doir ilk tadqiqotlar XX asrning 70-yillarida paydo bo‘ldi. Robin Lakoff o‘zining Language and Woman’s Place (1975) asarida ayollar nutqidagi past ovozli iboralar, shubhali so‘zlar, 162 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference iltimos shakllari ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeiga bog‘liq ekanini ko‘rsatadi [1, 48-b.]. Keyinchalik Deborah Tannen (1990) ayollar va erkaklar nutqini “muloqot uslubi” asosida farqlab, ayollar ko‘proq yaqinlik va hamkorlikka, erkaklar esa raqobat va ustunlikka yo‘naltirilganligini ta’kidlaydi [2, 65-b.]. Pamela Fishman esa ayollar ko‘proq savollar berishini, biroq ularning nutqi ko‘pincha erkaklar tomonidan to‘xtatilishini qayd etadi [3, 52-b.]. Til vositalarida genderning ifodalanishi Til strukturasi va ishlatishda gender turli shakllarda ifodalanadi. Ayrim tillarda bu grammatik jins vositasi orqali bo‘ladi (masalan, rus, arab, fransuz tillarida otlar erkak yoki ayol jinsida bo‘ladi). O‘zbek tilida grammatik jins mavjud emas, ammo til birliklari orqali genderga oid stereotiplar ko‘p uchraydi. Masalan, “ona mehribon”, “otang kabi sabrli bo‘l” kabi iboralarda jinsiy roli va unga yuklatilgan xulq-atvor me’yorlari aks etadi. Bu tilning jamiyatda qanday gender qarashlarni targ‘ib qilayotganini ko‘rsatadi. Ingliz tilidagi “businessman” yoki “chairman” kabi atamalar erkak dominantligiga ishora qiladi, shuning uchun gender neytral shakllar (e.g. “businessperson”, “chairperson”) ommalashmoqda [4, 59-b.]. Gender tilshunosligining zamonaviy yo‘nalishlari Hozirgi paytda gender tilshunosligi nafaqat ayol va erkak nutqi o‘rtasidagi farqlarni o‘rganadi, balki til siyosati, ta’lim tizimidagi gender tengligi, matbuot va mediada gender tasviri, hamda transgender va gender neytral tilga ham e’tibor qaratmoqda. Ayrim davlatlarda darslik va rasmiy hujjatlar gender tengligini aks ettirish maqsadida qayta tahrir qilinmoqda. Jumladan, Shvetsiyada “hen” degan neytral olmosh joriy etilgan bo‘lsa, Germaniyada “Student*in” kabi shakllar paydo bo‘lgan. Bunday yondashuvlar til orqali jamiyatdagi tenglikka erishish yo‘lidagi qadamlardir [5, 81-b.]. O‘zbek tilida gender ifodasi va ijtimoiy kontekst O‘zbek tilida grammatik jins yo‘q bo‘lsa-da, ijtimoiy va madaniy stereotiplar til orqali ifodalanadi. “Erkak odam yig‘lamaydi”, “ayolning joyi oshxonada” kabi iboralar genderga oid konservativ qarashlarni ifodalaydi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodida – maqollar, ertaklar va she’riyatda erkaklar faol, ayollar esa bo‘ysunuvchi rolga ega bo‘ladi [8, 3-b.]. Bugungi kunda O‘zbekistonda gender tengligi masalalari dolzarb bo‘lib, til orqali bu tenglikni targ‘ib qilish zarur. Masalan, rasmiy nutqda “xodim” o‘rniga “xodima”, “o‘qituvchi” o‘rniga “o‘qituvchiga” deb jinsga xos shakllarni alohida 163 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference keltirish orqali ayollar mavqeini ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, gender neytral yondashuvlar ham dolzarb bo‘lib bormoqda [8, 5-b.]. Xulosa Gender va til o‘rtasidagi bog‘liqlik tilshu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada gender va til tushunchalarining asosiy mohiyati, ularning tilshunoslikdagi o‘rni va rivojlanish tarixi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada gender va til tushunchalarining asosiy mohiyati, ularning tilshunoslikdagi o‘rni va rivojlanish tarixi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender, gender tilshunosligi, tilshunoslik, til siyosati, til, ijtimoiy jins, gender stereotiplari, gender neytral til, til va jamiyat, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники