К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIM TIZIMIDA GLOBAT INTEGRATSIYA JARAYONI ; ASOSIY YUTUQLARI, MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI.

Ro’ziyeva Mexrangiz · Eshqurbonov Sirojiddin

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi global integratsiya jarayoni, uning asosiy yutuqlari, duch kelayotgan muammolari hamda kelajakdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xalqaro hamkorlikning rivojlanishi, raqamli ta’lim platformalarining kengayishi va xalqaro standartlarga moslashish integratsiyaning asosiy ijobiy natijalari sifatida ko‘rsatildi. Shu bilan birga, til to‘sig‘i, resurs yetishmovchiligi va “brain drain” kabi muammolar ham yoritildi. Maqolada kelajakda raqobatbardosh, zamonaviy va xalqaro tan olingan ta’lim tizimini shakllantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, global integratsiya, xalqaro hamkorlik, raqamli ta’lim, xalqaro dasturlar, innovatsiya, O‘zbekiston ta’limi, “brain drain”, kelajak istiqbollari. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimi inson kapitalini rivojlantirishda muhim omil sifatida yanada ko‘proq e’tibor markaziga aylanmoqda. Jahonning turli davlatlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik, tajriba almashinuvi va standartlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli integratsiya jarayonlari kechmoqda. Bu jarayon xalqaro reytinglar, akademik mobillik, diplomlarning tan olinishi va raqamli ta’lim vositalarining keng qo‘llanilishi orqali namoyon bo‘lmoqda. Global integratsiya zamonaviy ta’lim tizimiga yangi imkoniyatlar eshigini ochib bergan bo‘lsa-da, bir qator muammolar, nomutanosibliklar va muayyan tahdidlarni ham yuzaga chiqarmoqda. Shu nuqtai nazardan, ta’lim tizimining global maydondagi o‘rni va rivojlanish dinamikasini chuqur tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Global integratsiyaning qator yutuqlari mavjud bo’lib, ular xalqaro ta’lim standartlari va reytinglari: bu xalqaro baholash tizimlarining (PISA, TIMSS, IELTS, TOEFL) keng joriy etilishi va mamlakatlarning o‘z ta’lim tizimini bu mezonlarga muvofiqlashtirishga intilishi hisoblanadi. Bu orqali o‘quvchilar bilim darajasi xalqaro miqyosda baholanmoqda. Shuningdek, tajriba almashinuvi va akademik mobillik: Erasmus+, Bolonya jarayoni, Fulbright kabi dasturlar orqali talabalar va pedagog xodimlar xorijda o‘qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu o‘z 149 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference navbatida, bilim almashinuvi va madaniyatlararo muloqotga xizmat qilmoqda. Hamda raqamli ta’lim texnologiyalarining keng joriy qilinishi: Coursera, EdX, Khan Academy kabi global platformalar orqali masofaviy ta’lim ommalashib bormoqda. Bu ta’lim olish imkoniyatini hududiy yoki moliyaviy cheklovlarsiz amalga oshirishga yordam bermoqda. Chet tillarining ahamiyati oshishi: Global ta’lim integratsiyasi doirasida ingliz tili va boshqa chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Bu esa til bilish kompetensiyalarini rivojlantirishni talab qiladi. Har bir jabhada bo’lgani kabi ta’lim tizimida global integratsiya jarayonida muammolarga ba’zan duch kelamiz. Resurslar yetishmovchiligi: Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma, internet tezligi, zamonaviy texnologiyalar yetishmasligi global integratsiyada faol ishtirok etishga to‘sqinlik qilmoqda. Madaniy va metodologik tafovutlar: Turli davlatlarning ta’limga bo‘lgan yondashuvlari, qadriyatlari, pedagogik uslublari turlicha bo‘lgani sababli yagona tizimga moslashishda muayyan qiyinchiliklar tug‘iladi. Kadrlar salohiyatining yetarli emasligi: O‘qituvchilarning xorijiy tillarni bilmasligi, zamonaviy IT vositalaridan foydalana olmasligi integratsiya jarayonini sekinlashtiradi. Milliy ta’lim tizimining o’ziga xosligini saqlash: Ba’zi hollarda xalqaro standartlar ta’limning milliy qadriyatlari va madaniyati bilan to‘qnash kelishi mumkin. Bu esa muvozanatli yondashuvni talab etadi. Global integratsiya mamlakatlar oldiga o‘z ta’lim tizimlarini xalqaro mezonlarga moslashtirish vazifasini qo‘yadi. Bu esa sifatli ta’lim berish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va zamonaviy o‘quv dasturlarini yaratishni taqozo etadi. Fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalariga e’tibor kuchaymoqda. Bu global iqtisodiyotga mos kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Xalqaro ta’lim forumi, konferensiyalar va qo‘shma dasturlar orqali doimiy axborot va tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi zarur. Har bir talaba va o‘qituvchining zamonaviy texnologiyalar va chet tillarida erkin faoliyat yurita olishi ta’lim integratsiyasining muhim talablaridandir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 2. UNESCO. Global Education Monitoring Report 2023: Technology in education – A tool on whose terms? – Paris: UNESCO, 2023. 3. OECD. PISA 2022 Results. Volume I: The State of Learning and Equity in Education. – Paris: OECD Publishing, 2023. 4. “O‘zbekiston Respublikasida ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5847-son qarori, 29.10.2019. 150 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 5. Djalolov J.J. Pedagogika: nazariya va amaliyot asoslari. – T.: “Fan va texnolo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi global integratsiya jarayoni, uning asosiy yutuqlari, duch kelayotgan muammolari hamda kelajakdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi global integratsiya jarayoni, uning asosiy yutuqlari, duch kelayotgan muammolari hamda kelajakdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“brain drain”, kelajak istiqbollari., xalqaro hamkorlik, innovatsiya, xalqaro dasturlar, O‘zbekiston ta’limi, ta’lim tizimi, raqamli ta’lim, global integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники