Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIKROBIOTANING CANDIDA ALBICANS GA QARSHI HIMOYAVIY RO’LI
Yoqubova M. · Mo’minov A.
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada inson organizmidagi mikrobiotaning Candida albicans zamburug’iga qarshi himoyaviy roli keng ko’lamda tahlil qilingan. Candida albicans-opportinistik patogen bo’lib, odatda organizmda simptomlarsiz mavjud bo’ladi, biroq muayyan sharoitlarda invaziv infeksiyalarni keltirib chiqarashi mumkin. Sog’lom mirobiota uning ko’payishini cheklovchi asosiy bilogik to’siqlardan biridir. Maqolada mikrobiota tarkibi, funksiyalari va Candida albicans bilan o’zaro aloqalari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, antbiotiklar, stress va boshqa omillar tufayli yuzaga keladigan disbioz holatlarining Candida infeksiyalari rivojlnishiga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: Mikrobiota, Candida albicans, disbioz, antifugal himoya, immun tizimi, probiyotiklar, ichak mikrobiotasi, opportunistic pathogen Mikrobiota – bu inson tanasida yashovchi mikroorganizmlar jamlanmasi bo’lib, ular asosan ichak, teri og’iz bo’shlig’i nafas yo’llari va urogenital trakda to’plangan. Ushbu mikroorganizmlar, jumladan bakteriyalar, zamburug’lar va viruslar, odatda simbiotik tarzda yashaydi. Ichak mikrobiotasi eng murakkab va zich shakillangan tizimlardan biri hisoblanadi. U quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: Oziq moddalarni parchalaydi va foydali metabolitlar ishlab chiqaradi masalan, qisqa zanjirli yog’ kislotalari, immun tizimini faollashtiradi va rivojlantiradi, patogenlarga qarshi raqobat olib boradi. Ichak epiteliyasini yaxlitligini ta’minlaydi. Sog’lom mikribiota mikroblar orasida muvozanat saqlab, potensial patogen mikroorganizmlarning ortiqcha ko’payishini cheklab turadi. Shu sababli, mikrobiota disbalansi turli kasalliklarning, jumladan kandidiazning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Candida albicans – bu dimorfik zamburug’ bo’lib, u normal sharoitda qo’ziqorin sifatida yashasa, ma’lum omillar ta’sirida gifa shaklga o’tib , patogenlik xususiyatlarini kuchaytiradi. Bu zamburug’ inson tanasining og’iz bo’shlig’i, ichak, vagina va teri yuzasida yashashi mumkin. U odatda organizmga 163 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference zarar yetkazmaydi, biroq immun tizimi susayganida yoki mikrobiota disbalansga uchraganda invaziv shaklga o’tib, infeksiyalarni chaqiradi. Ichak mikrobiotasi va antifugal himoya Ichak mikrobiotsi C.albicans ga qarshi eng kuchli himoyaviy to’siqlardan biri hisoblanadi. Ichakda yashovchi bakteriyalar; past pH muhitini yaratadi, bu esa C. albicans uchun noqulay; o’zlari uchun oziqni tez is’temol qilib, Candidani och qoldiradi; immun hujayralarni faollashtirib, Candida ga qarshi javobni kuchytiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, antibiotiklar ta’sirida bu foydali bakteriyalar yo’qolganida Candida albicans ichak devoriga yopishib, gifa shakliga o’tib, yallig’lanishga olib keladi. Bu holat “leaky gut syndrome” va sistematik kandidemiyaga olib kelishi mumkin. Antibiotiklar, disbioz va Candida infeksiyalari Antibiotiklar foydali bakteriyalarni yo’q qilib, mikrobiota balansini buzadi. Ayniqsa keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar masalan, tetratsiklinlar, sefalosporinlar, Lactobacillus va Bifidobacterium kabi himoyaviy turlarni kamaytiradi, bu esa Candida albicans uchun bo’shashgan joy yaratadi. Klinik kuzatuvlar: Atibiotikdan so’ng 2 -5 kun ichida og’iz bo’shlig’ida va ichakda Candida ko’payishi kuzatilgan. Uzoq muddatli antibiotik terapiyasidan so’ng vaginal kandidiaz xavfi ortadi. Immunosupressiv terapiyadagi bemorlarda antibiotiklar bilan birga Candida infeksiyasi tez-tez uchraydi. Probiyotiklar va mikrobiotani tiklash yo’li bilan profilaktika Probiyotiklar - bu inson salomatligi uchun foydali bo’lgan tirik mikroorganizmlar bo’lib, ular mikrobiotani tiklash va mustahkamlashda qo’llaniladi. Candida albicans ga qarshi profilaktika va davolashda probiyotiklarning roli katta ahamiyatga ega. Foydali probiyotik turlar: Lactobacillus rhamnosus – pH ni pasaytiradi va Candida ning yopishishini kamaytiradi. Lactobacillus reuteri – vodorod peroksid ishlab chiqarib, antifugal ta’sir ko’rsatadi. Saccharomyces boulardii –boshqa zamburug’lar bo’lishiga qaramay, cheklaydi va immun javobini kuchaytiradi. Probiyotiklar nafaqat kandidiaz xavfini kamaytiradi, balki antibiotikdan so’ng mikrobiotani tezroq tiklashga ham yordam beradi. Etiologiyasi Candida albicans –bu odatda inson organizmida yashovchi, ammo ma’lum sharoitlarda patogenlik xususiyatga ega bo’ladigan dimorfik zamburug’dir. U inson normal sharoitda og’iz bo’shlig’i, gastrointestinal tarakt, teri va vaginal flora kabi joylarda joylarda yashaydi. Biroq, immun tizimini zaiflashganida yoki 164 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference mikrobota muvozanati buzilganda, turli infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Epidemiologiyasi Candida albicans –ko’pchilik insonlar organizmida, og’iz bo’shlig’i, me’da – ichak yo’llari, qin va teri yuzasida tabiiy mikrobiotaning bir qismi sifatida uchraydi. U sog’lom immunitetli odamlarga zarar keltirmaydi, lekin immunitet zaiflashg
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada inson organizmidagi mikrobiotaning Candida albicans zamburug’iga qarshi himoyaviy roli keng ko’lamda tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada inson organizmidagi mikrobiotaning Candida albicans zamburug’iga qarshi himoyaviy roli keng ko’lamda tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mikrobiota, probiyotiklar, antifugal himoya, Candida albicans, ichak mikrobiotasi, immun tizimi, disbioz, opportunistic pathogen
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014