Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA PSIXOLOGIYANING ROLI
Mannopova Bibisora Lazizbek qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Avvalo bolaga, talabaga va rivojlanayotgan avlodga ta’lim- tarbiya berishda biz,avvalo shuni tushunib yetishimiz kerakki,ya’ni unga qanday qilib? Va qaysi yo’l bilan tarbiya va ta’limni berishni bilish lozim. Va bunda asosiy ro’l o’ynaydigan asos bu : bolaning psixoanalizini o’rganib chiqish, ya’ni bolaga qanday narsalar yoqadi, qanday subyektlar uning aqliy faoliyatiga ta’sir o’tkazadi va uning nimalarga nisbatan qiziqishlari ko’proq. Aynan shu va boshqa turli yo’llar bilan uning qiziqishlarini uyg’otish mumkin, bu ta’lim- tarbiyani berish yo’li osonroq kechishini keltirib chiqaradi. Nafaqat ta’lim- tarbiya va barcha jarayonlarda psixologiyaning o’rni juda katta rol o’ynaydi, ya’ni turli hil jarayonlarda insonlarga ta’sir ko’rsatish bilan o’z ishingizni samarali butkaza olasiz. Bunda eng muhim narsa, ikkinchi shaxsning ichki dunyosini o’rganish, uning temperamenti va xarakterlaridan ozmuncha bo’lsada xabardor bo’lish orqali siz u bilan yaxshi chiqishib keta olasiz va uning noodatiy harakatlariga tayyor turasiz, chunki siz uni bilasiz. Kalit so’zlar: ta’lim-tarbiya, psixologiyani bilish, pedagogik psixologiya, Ijtimoiy psixologiya, o’qituvchi va o’quvchi, psixodiagnostika, psixokorreksiya, Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir inson hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu jarayonlarning muvaffaqiyatli kechishi yoshga oid psixologik xususiyatlar va shaxsiy taraqqiyot qonuniyatlarini chuqur bilishga bog‘liqdir. Shu jihatdan, yosh va pedagogik psixologiya fanlari ta’lim-tarbiya tizimining ilmiy asoslari bo‘lib xizmat qiladi. Bu fanlar orqali o‘quvchilarning bilish faoliyati, emotsional rivojlanishi, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatlari va ijtimoiy moslashuv jarayonlari chuqur o‘rganiladi. Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish ahamiyati shulardan iboratki, shu bilan birga (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san`at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir. Pedagogika ishida, ya`ni yosh avlodni o`qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta. Pedagog o`quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan, shu materialni bolalar qanday o`zlashtirayotganini - ko`ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab qolayotganini, fikrlayotganini, diqqat-e`tibor, hissiyot qanday namoyon bo`layotganini, bolalarning yosh 170 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro`y berayotganini bilish lozim. Hozirgi paytda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish ta`limi va mehnatni tashkil etishning har xil turlarida psixologiyadan keng foydalanilmoqda. Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlarni egallash shaxs dunyoqarashining shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Psixologiyani bilish, psixikani chinakamiga ilmiy asosda tushunish kishilar ongidagi har xiI diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo`lib xizmat qiladi. Odam psixologiyani o`rganar ekan, o`zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo`lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o`zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Hozirgi zamonda oliy ta`lim, kollej, texnikum o`quv rejalariga o`qituvchilar uchun zarur bo`lgan pedagogik psixologiya va yosh davrlari psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, psixodiagnostika, psixokorreksiya singari fanlar kiritilmaganligi ma`lum. Ayni paytda psixologiyaning o`qituvchilar uchun mutlaqo zarur bo`lgan bu sohalari bo`yicha yetarli bilim olmagan bitiruvchilarning 90 foizdan ortiqrog`i maktablarga o`qituvchilik qilish uchun borishmoqda. Pedagoglarning asosiy vazifalari tushuntirish, uqtirish va shu usullar yordamida o`quvchilarga bilim berish va tarbiyalashdan iborat. Ta`lim jarayoni qisman, tarbiya jarayoni esa, asosan, ong ostiga ta`sir o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Ong ostiga ta`sir qilmay ham ta`lim va tarbiya tadbirlarini o`tkazsa bo`ladi. Lekin bunda tadbirlarning samaradorligi juda past bo`lib qoladi. Ta`lim-tarbiya jarayonida uqtirishning muhimligi shundaki, o`quvchilarda uning yordamida ijobiy sifatlarning zarurligiga ishonch hosil qilish orqali bu sifatlar Ong ostiga singdiriladi. Bu ishlarga faqat pand-nasihat qilish yo`li bilan erishib bo`lmaydi. Yosh o'sishi jarayonida boladagi barcha xulq va faoliyat o'zgarishlari o'rganish omillari bo'lib hisoblanadi. O'rganish ma'lum bir maqsadga erishishga imkon beruvchi faoliyat va xulqdagi tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) o'zgarishlarni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rganish tashqi va ichki faoliyat (xulq- atvor)dagi maqsadga muvofiq o'zgarishlarda namoyon bo'ladi. Ayni vaqtda pedagogik faoliyatning ushbu komponenti maktab oldida turgan asosiy vazifasi o'sib kelayotgan avlodning faol fuqarolik holatida tarbiyalash o'qituvchi shaxsiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. O'qituvchi o'quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga intilishi kerak, buning uchun esa u eng qiyin nazariy savollarni oson o'z
Доказательный фрагмент
«Avvalo bolaga, talabaga va rivojlanayotgan avlodga ta’lim- tarbiya berishda biz,avvalo shuni tushunib yetishimiz kerakki,ya’ni unga qanday qilib?»
Образец извлечения
Демо-превьюAvvalo bolaga, talabaga va rivojlanayotgan avlodga ta’lim- tarbiya berishda biz,avvalo shuni tushunib yetishimiz kerakki,ya’ni unga qanday qilib? Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ijtimoiy psixologiya, psixokorreksiya, psixologiyani bilish, psixodiagnostika, o’qituvchi va o’quvchi, ta’lim-tarbiya, pedagogik psixologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014