К содержанию
РецензированоRU2026

CHEL ELLIKLAR ISHTIROKIDAGI ISHLAR BO’YICHA YURISDIKSIYA MASALALARI MILLIY VA XALQARO TAJRIBA

Hamidova Nodiraxon Hamidjon qizi

Академические исследования в современной науке · 1 · 2026

Аннотация

В данной научной работе анализируются вопросы юрисдикции по делам с участием иностранных граждан. В частности, рассматривается законодательство Республики Узбекистан в данной сфере, международные договоры, а также сравнительно-правовой анализ проводится с учетом законодательства некоторых зарубежных стран, таких как Германия, США и Российская Федерация. Кроме того, разработаны практические предложения и рекомендации по решению юрисдикционных проблем. Ключевые слова: юрисдикция, иностранцы, международный гражданский процесс, правовой статус, зарубежный опыт, международная юрисдикция. Annotation. This scientific work analyzes jurisdictional issues in cases involving foreign nationals. It examines the legislation of the Republic of Uzbekistan in this field, international treaties, as well as the legislative practices of certain foreign countries, including Germany, the United States, and the Russian Federation, through a comparative legal perspective. In addition, practical proposals and recommendations are developed to address jurisdictional challenges. Keywords: jurisdiction, foreign nationals, international civil procedure, legal status, foreign experience, international jurisdiction. Hozirgi kunda davlatlar o’rtasida o’zaro savdo aloqalarining kengayib borishi natijasida, turli davlat fuqarolari ishtirokidagi fuqarolik, iqtisodiy va shu kabi ishlari soni oshmoqda. Mazkur vaziyatda yuzaga kelayotgan munosabatlarda qaysi davlat sudining mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolatli ekanligini belgilovchi yurisdiksiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Garchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligida chet elliklar ishtirokidagi ishlar uchun maxsus yurisdiksiya normalari mavjud bo’lsada, ammo ular xalqaro standartlarga to‘liq mos emas. 176 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Chet ellik shaxslarning fuqarolik ishlari bo‘yicha yurisdiksiya masalasi xalqaro xususiyatga ega bo‘lib, huquqiy tartibga solishning dolzarb jihatlaridan biri hisoblanadi. O’zi aslida Xalqaro yurisdiksiya bu – bir davlat sudlarining boshqa davlat fuqarolari yoki yuridik shaxslari ustidan ish yuritish vakolatini aniqlashga oid huquqiy normalar yig‘indisidir. Ushbu masala xalqaro fuqarolik protsessual huquqining markaziy institutlaridan biri bo‘lib, u orqali suverenitet, tenglik, adolat va fuqarolarning huquqiy kafolatlari ta’minlanadi. Xalqaro huquqiy amaliyotda yurisdiksiya quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: Umumiy yurisdiksiya (general jurisdiction) – fuqaro yoki kompaniyaning yashash yoki ro‘yxatdan o‘tgan joyiga asoslangan yurisdiksiya. Eksklyuziv yurisdiksiya (exclusive jurisdiction) – faqat bitta davlat sudlarigagina tegishli bo‘lgan yurisdiksiya (masalan, ko‘chmas mulk joylashgan davlat sudlari yurisdiksiyasi). Maxsus yurisdiksiya (specific jurisdiction) – javobgarning biror konkret faoliyati, shartnoma tuzishi yoki huquqbuzarlik sodir etishi asosida aniqlanadigan yurisdiksiya. Shartnomaviy yurisdiksiya (prorogation of jurisdiction) – tomonlar o‘zaro kelishuv asosida biror davlat sudini vakil qilib belgilashlari. Shu o’rinda xalqaro yurisdiksiya masalasining mohiyatini tahlil qilishda bunga doir xalqaro shartnomalarga ham urg’u berib o’tish joiz bo’ladi, bunda, xalqaro yurisdiksiya masalasi ko‘plab xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan bo’lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi. Bryussel I reglamenti– Mazkur shartnoma asosan, Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida sud yurisdiksiyasini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ushbu shartnomaga asosan, fuqarolik va savdo ishlari bo‘yicha yurisdiksiya javobgarning doimiy yashash joyiga asoslanadi. Masalan, da’vogar yashash manzili O’zbekistonda lekin javobgarning doimiy yashash manzili Qozog’istonda bo’lsa u holda yurisdiksiya Qozog’istonda bo’ladi. Gaaga konvensiyalari – 2005-yilda qabul qilingan "Choice of Court Agreements" konvensiyasi orqali shartnomaviy yurisdiksiya bo‘yicha xalqaro mexanizmlar ishlab chiqilgan. BMTning xalqaro xususiy huquq komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan model qonunlar va tavsiyalar. Garchi O‘zbekiston yuqorida keltirib o’tilgan xalqaro hujjatlarga to‘liq qo‘shilmagan bo‘lsa-da, ayrim prinsiplar milliy qonunchilikka qisman inkorporatsiya qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 360-moddasiga muvofiq, chet ellik fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari milliy fuqarolar bilan teng asosda himoya qilinadi1. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi fuqarolik nizolarini hal etishda har bir davlat o‘zining huquqiy tizimiga mos yurisdiksiya qoidalarini ishlab chiqqan bo’lib, quyida bir qator xorijiy davlatlar, jumladan Germaniya va AQSh misolida ushbu qoidalar qiyosiy-huquqiy tahlil qilinadi. 177 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Germaniya Federativ Respublikasining tajribasi Germaniya qonunchiligiga asosan, fuqarolik yurisdiksiyasi Federal Fuqarolik protsessual kodeksi – Zivilprozessordnung (ZPO) bilan tartibga solinadi. Ch

Доказательный фрагмент

«В данной научной работе анализируются вопросы юрисдикции по делам с участием иностранных граждан.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной научной работе анализируются вопросы юрисдикции по делам с участием иностранных граждан. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jurisdiction, foreign nationals, international civil procedure, huquqiy maqom, xorijiy tajriba, xalqaro yurisdiksiya., chet elliklar, Yurisdiksiya, xalqaro fuqarolik protsessi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники