Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHNING O‘ZIGA XOS HUSIYATILARI VA ISHLAB CHIQARISH MENEJMENTINING ROLI:
Gulov Muxtor Ochilovich
Академические исследования в современной науке · 2 · 5-7 · 2026
Аннотация
Mazkur tadqiqotda Jahon savdo tashkilotining qanday tashkilot ekanligi, tashkilotga a’zolikning huquqiy tartibi, tashkilot tomonidan xalqaro savdoning boshqarilishidagi huquqiy normalar tizimi, tashkilotning davlatlar uchun afzalliklari va zararli tomonlari, shuningdek O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi huquqiy o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Jahon savdo tashkiloti, a’zolik, antidemping, GATT, GATS, TRIPS, TRIMS, protektsionizm, milliy rejim tamoyili. Abstract: The study examines what kind of organization the WTO is, the legal framework for membership, the system of legal norms governing international trade, the organization's advantages and disadvantages for countries, and Uzbekistan's membership in the organization. Keywords: World Trade Organization, membership, antidumping, GATT, GATS, TRIPS, TRIMS, protectionism, the principle of national regime. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlarning tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, tashqi savdoni erkinlashtirish jahon xo‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyalaridan biriga aylanmoqda. Barcha mamlakatlarda bojxona bojlarining pasayishi, ko‘plab turdagi cheklashlarning bekor qilinishi kuzatilmoqda. Ko‘plab mamlakatlar yashirincha protektsionistik (davlatning o‘z ichki bozorini himoya qilish siyosati) chora-tadbirlardan ham keng foydalanmoqdalar. Bunday chora-tadbirlar jumlasiga milliy ishlab chiqarish turlariga dotatsiyalar berish, eksportni subsidiyalash, turli xil me’yorlar va standartlar joriy qilish hamda boshqalarni kiritish mumkin. Jahon xo‘jaligida erkin savdo va protektsionizm o‘rtasida vujudga kelayotgan ziddiyatlarni hal etishda, xalqaro savdoni boshqarish, uning taraqqiyotiga bo‘lgan to‘siqlarni yo‘q qilish va erkinlashtirishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Jahon savdo tashkiloti (JST) muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmonida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur strategiyasining 3.1-bandida makroiqtisodiy 98 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish maqsadida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish lozimligi belgilandi . O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1040-son qarorida O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi jarayoni tayyorgarlik bosqichi ishlarini samarali tashkil etishni va tizimli asosda muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tasdiqlandi . Jahon savdo tashkilotining mamlakatlar hamda jahon savdosiga ahamiyati shu paytga qadar salmoqli darajada o‘rganilgan. Buning boisi, ushbu tashkilot 1994-yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, uning dastlabki shakli bo‘lgan GATT 1947- yilda tashkil topgan. Shu sababli, olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy taqdiqotlar olib borilgan. Xususan, mahalliy olimlarimizdan G.Yuldasheva, M.X.Voxidova; Sh.Xajibakiev, shuningdek, xorijiy olimlardan E. Petersmann, M. Herdegen, I.V.Zenkinlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, tadqiqot ishida mavzusining spetsifikatsiyasi tizimli-tuzilmaviy, dialektik, mantiqiy, rasmiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy va qiyosiytipologik tahlil metodlariga murojaat qilishni taqozo etdi. Umum mantiqiy metodlar – induksiya, deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo‘llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanildi. Tadqiqotda ilmiy mushohada, tizimli va iqtisodiy-statistik tahlil, taqqoslash va guruhlash usullari qo‘llanildi. JSTga a’zo bo‘lish tabiatan murakkab bo‘lib, iqtisodiyotning barcha sohalariga ta’sir qiladi va nafaqat mamlakatning tashqi savdo rejimiga (bojxona stavkalari, texnik reglament, sanitariya va fitosanitariya tadbirlari va boshqalar), qishloq xo‘jaligi (qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash), iqtisodiyot, narxlarni tartibga solish va boshqalar), intellektual mulk, xizmatlar (chet el kompaniyalari xizmatlari), davlat buyurtmalari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqalarni tartibga solishga ham o‘zgarishlar kiritadi. 99 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan mamlakatimizning asosiy savdo sheriklari, O‘zbekistonni jahon savdosiga yanada ochiqroq qo'shilishini qo‘llab- quvvatlaydi va
Доказательный фрагмент
«Mazkur tadqiqotda Jahon savdo tashkilotining qanday tashkilot ekanligi, tashkilotga a’zolikning huquqiy tartibi, tashkilot tomonidan xalqaro savdoning boshqarilishidagi huquqiy normalar tizimi, tashkilotning davlatlar…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tadqiqotda Jahon savdo tashkilotining qanday tashkilot ekanligi, tashkilotga a’zolikning huquqiy tartibi, tashkilot tomonidan xalqaro savdoning boshqarilishidagi huquqiy normalar tizimi, tashkilotning davlatlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- protektsionizm, a’zolik, TRIMS, Jahon savdo tashkiloti, milliy rejim tamoyili., antidemping, GATT, GATS, TRIPS
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026