К содержанию
РецензированоUZ2026

"ESCAPE ROOM" VA "SIX THINKING HATS" METODLARIDAN FOYDALANISH ORQALI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA IQTISODIY SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH

SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH · Yusupova Shohzoda Yunus qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article explores innovative methods for developing economic literacy in primary school students using "Escape Room" and "Six Thinking Hats" techniques. The study analyzes their effectiveness in enhancing financial awareness, critical thinking, and teamwork skills. Practical recommendations for teachers on integrating these methods into the curriculum are provided. Key words: Economic literacy, primary education, “Escape room” method, “Six Thinking Hats” method, innovative teaching technologies, financial literacy, interactive learning methods, budgeting and savings, gamification in education. Zamonaviy ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 154 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llash samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy savodxonlik – bu shaxsning moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, pul mablag‘larini tejash, investitsiya qilish va xarajatlarni optimallashtirish kabi ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarda bu ko‘nikmalarni shakllantirish uchun interfaol va qiziqarli metodlardan foydalanish zarur. Ushbu maqolada "Escape Room" va "Six Thinking Hats" (Oltita fikrlash shlyapasi) kabi innovatsion metodlardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy savodxonlikni o‘rgatish metodikasini takomillashtirishda foydalanish imkoniyatlari tadqiq qilinadi. 1. Iqtisodiy savodxonlik va uning boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati. Iqtisodiy savodxonlik atamasi birinchi marta 20-asr oxirida qo‘llanila boshlangan. U moliyaviy bilimlar, ko‘nikmalar va odatlarni egallash orqali shaxsning pul mablag‘larini oqilona sarflash qobiliyatini anglatadi (OECD, 2020). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: Pul birliklari va ularning ahamiyatini tushunish, Xarajatlar va daromadlarni rejalashtirish, Tejamkorlik va investitsiya tushunchalari, Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari. Bu ko‘nikmalarni shakllantirishda an’anaviy dars metodlari yetarli emas, shuning uchun o‘yinli va interfaol texnologiyalardan foydalanish samaradorlikni oshiradi. 2. "Escape Room" Metodidan Foydalanish" Escape Room" – bu o‘quvchilarga bir qator topshiriqlarni hal qilib, maxfiy kod yoki kalitni topish orqali xonadan qochish imkoniyatini beruvchi interfaol o‘yin formatidir. Bu metod: Ijodiy fikrlashni rivojlantiradi, Jamoada ishlash ko‘nikmasini mustahkamlaydi, Motivatsiyani oshiradi, Murakkab mavzularni soddalashtirib beradi. 2.1. Iqtisodiy savodxonlik darslarida "Escape Room" metodini qo‘llash usullari. 1. "Pul topishmalari" – O‘quvchilar turli tanga va banknotlarni tanib, ularning qiymatini hisoblash orqali kodni ochishadi. 155 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 2. "Xarajatlarni optimallashtirish" – Belgilangan byudjet doirasida eng ko‘p mahsulot sotib olish uchun masalalar yechish. 3. "Bank missiyasi" – Omonat va foizlar haqida bilimlar asosida bank seyflarini ochish. Bu metod yordamida bolalar nafaqat iqtisodiy bilimlarni, balki mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham o‘zlashtiradilar. "Olti ta fikrlash shlyapasi" metodologiysi Edward de Bono tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u turli nuqtaiynlardan muammolarni yechishga yordam beradi. Har bir shlyapa ma’lum bir fikrlash usulini ifodalaydi: Rang Fikrlash turi Iqtisodiy savodxonlikdagi misol Oq Faktlar Pul birliklari haqida ma’lumot to‘plash Qizil His-tuyg‘ular Xarajatlar haqida shaxsiy fikrlar Qora Tanqidiy fikrlash Byudjetning kamchiliklari Sariq Ijobiy fikrlash Tejamkorlikning afzalliklari Yashil Ijodiy yechimlar Yangi daromad manbalarini topish Ko‘k Tizimli boshqaruv Reja tuzish va natijalarni baholash Mavzu: "Oilaviy byudjetni rejalashtirish" Oq shlyapa: Oilaviy daromad va xarajatlar jadvalini tuzish. Qizil shlyapa: "Pulni sarflashda qanday his etasiz?" Qora shlyapa: "Qanday xarajatlarni kamaytirish mumkin?" Sariq shlyapa: "Tejamkorlik qanday foyda keltiradi?" Yashil shlyapa: "Qo‘shimcha daromad manbalarini taklif qiling." Ko‘k shlyapa: Yakuniy rejani ishlab chiqish. Bu usul yordamida o‘quvchilar murakkab iqtisodiy tushunchalarni tahlil qilish va ijodiy yechimlarni topishni o‘rganadilar. Metod Afzalliklari Kamchiliklari Escape Qiziqarli, motivatsiyani Tayyorgarlik talab Room oshiradi qiladi Six Thinking Tizimli fikrlashni Vaqt talab etadi Hats rivojlantiradi Ikkala metod ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishda samarali bo‘lishi mumkin, ammo ularni birgalikda qo‘llash yanada yaxshi natijalar beradi. Xulosa 156 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference "Escape Room" va "Six Thinking Hats" kabi innovatsion metodlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga iqtisodiy savodxonlikni o‘rgatish

Доказательный фрагмент

«This article explores innovative methods for developing economic literacy in primary school students using "Escape Room" and "Six Thinking Hats" techniques.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores innovative methods for developing economic literacy in primary school students using "Escape Room" and "Six Thinking Hats" techniques. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Economic literacy, primary education, “Escape room” method, Iqtisodiy savodxonlik, Boshlangʻich sinf
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники