К содержанию
РецензированоUZ2022

BEZORILIK JINOYATLARINI TUSHUNCHASI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Oripov Temurmalik Baxtiyor o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘qituvchisi · Avezov Asilbek Akmalovich

Академические исследования в современной науке · 2022

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizda guruhiy bezorilik jinoyatlarining sodir etilish tendensiyasi, dinamikasi va o‘ziga hos jihatlari statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan bo‘lib, unda bezorilik harakatlariga huquqiy baho berishda jamoat joyi tushunchasining jinoiy-huuqiy asoslari, kriminalistik jihatlari, shu bilan birga mazkur jinoyatlarni fosh etishda vujudga kelayotgan muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: guruhiy bezorilik, jamoat joyi, tan jarohati, jinoyat ishi, sud, moddiy zarar, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalari. Dunyoda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi turli ko‘rinishdagi harakatlar va axborot urushi avj olib bormoqda. Bunda jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimaslikda ifodalangan guruhiy bezorilik jinoyatlarining yangi turlari ommalashib borayotganligini mazkur jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazish taktikasini yanada takomillashtirish masalalarini tadqiq qilish lozimligini anglatadi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sud-huquq sohasidagi islohotlarga alohida e’tibor qaratilayotganligi, xususan ayrim jinoyatlarni dekriminallashtirish, ma’muriy kvalifikatsiya ishlarini rivojlantirish zarurati ushbu islohotlarning alohida muhim qismini tashkil etmoqda. Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortishda inson qadrini ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “2022– 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”ning 14-maqsadida, «Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash»[1] ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV huquqiy statistika va tezkor ma’lumotlar boshqarmasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda bezorilik fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan va hisobga qo‘yilgan jinoyatlar soni jami 3 024 ta bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020-yilda 1 565 tani tashkil etgan va o‘sish sur’ati 1 459 taga yoki 93,2 foizga oshib ketgan. Ushbu ko‘rsatkich eng ko‘p 182 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Toshkent shaxar (728 ta), Namangan viloyati (455 ta), Toshkent viloyati (395 ta) va Surxondaryo viloyati (383 ta)da qayd etilgan[2]. Bugungi kunda mazkur jinoyatlarning tahlili, 2021 yilda Respublika bo‘yicha har 100 ming aholiga 8,8 tani tashkil etmoqda. Yuqoridagi statistik ma’lumotlar, bezorilik jumladan, guruhiy bezorilik jinoyatlarini ortib borayotganligi, yillar kesimida keskin ortganiga va aholi ulushiga nisbatan ko‘rsatkichning yuqoriligicha qolayotganligini bildiradi. Shuningdek, bezorilik jinoyatlarini fosh etilishi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlillarga e’tibor qaratsak, jumladan, 2021-yilning 12 oyi davomida Respublika bo‘yicha jami 48 ta bezorilik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishda jalb etilishi lozim bo‘lgan shaxslar aniqlanmasdan qolgan. Eng ko‘p fosh etilmagan bezorilik jinoyatlari ulushi Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi 13 ta, keyingi o‘rinda Toshkent shahri 11 ta va Namangan viloyatida 7 tani tashkil etmoqda. Mazkur tahlillar asosan bezorilik jinoyatlari qayd etilishi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan mazkur viloyatlarda bezorilik jinoyatlarining fosh etilish darajasi ham tushib ketganligini ko‘rsatadi. Bezorilik jinoyatlarini tergov qilishda avvalo bezorilik qilmishini jinoiy- huquqiy kvalifikatsiya qilishni talab etadi va mazkur normaning tahlili mavzuni yoritishda birlamchi ahamiyat kasb etadi. Bezorilik harakatlari o‘zining ijtimoiy xavfliligi nuqtai nazaridan javobgarlikning ma’muriy va jinoiy turi bilan farqlanadi. Shu bois dastavval, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- moddasida nazarda tutilgan mayda bezorilik huquqbuzarligini yoritish lozim bo‘ladi. Normaga ko‘ra, jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xattiharakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – mayda bezorilik huquqbuzarligi tarkibini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi dispozitsiyasida bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa deya belgilangan. Yuqoridagi normalarning huquqiy tahlili mazkur qilmishlarni qay biri huquqbuzarlik va qay biri jinoiy qilmish ekanligi borasidagi aniq chegarani belgilashga xizmat qiladi. Bugungi kunda amaliyotchilarni bezorilik 183 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference harakatlariga huquqiy baho berishda mavjud eng katta muammo sifatida mazkur aniq tahlilning mavjud emasl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mamlakatimizda guruhiy bezorilik jinoyatlarining sodir etilish tendensiyasi, dinamikasi va o‘ziga hos jihatlari statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan bo‘lib, unda bezorilik harakatlariga huquqiy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mamlakatimizda guruhiy bezorilik jinoyatlarining sodir etilish tendensiyasi, dinamikasi va o‘ziga hos jihatlari statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan bo‘lib, unda bezorilik harakatlariga huquqiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jinoyat ishi, tan jarohati, sud, moddiy zarar, jamoat joyi, guruhiy bezorilik, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники