Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIL VA ADABIYOT-MILLAT MA'NAVIYATINING ASOSIY TAYANCHI.
Sindarova Rahbaroy Shuhrat qizi · Sindarova Ravshana
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается значение языка и литературы в формировании национального духовного сознания. Язык интерпретируется как душа народа, а литература — как его сердце. Оба элемента играют важную роль в воспитании молодежи и обогащении мышления. Освещается влияние гармонии языка и литературы на развитие общества, их роль в становлении культуры и нравственности. Ключевые слова: родной язык, литература, духовность, национальные ценности, мышление, воспитание Annotation: This article explores the role and significance of language and literature in shaping national spiritual identity. Language is interpreted as the soul of the nation, while literature is seen as its heart. Both play a crucial role in enriching human thought and educating the younger generation. The article highlights the impact of the harmony between language and literature on societal development and their role in cultural and moral formation. Keywords: native language, literature, spirituality, national values, thinking, education. Har bir xalqning ma'naviy dunyosi, madaniyati va tarixiy tafakkuri, avvalo, uning tilida va adabiyotida namoyon bo‘ladi. Ona tili — millatning ruhi, adabiyot esa uning yuragi sanaladi. Bu ikki muqaddas tushuncha xalqning o‘zligini anglashida, avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlashda beqiyos o‘rin 5 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tutadi. Til orqali xalqning hayoti, dunyoqarashi, urf-odati, qadriyatlari asrlar davomida shakllangan, adabiyot vositasida badiiy ifoda topadi. Shu bois til va adabiyot nafaqat muloqot vositasi, balki jamiyat ma'naviyatining tayanch ustunlari sifatida qadrlanadi. Bugungi globallashuv davrida ona tilimiz va adabiyotimizni asrash, rivojlantirish har birimizning muqaddas burchimiz sanaladi. Asosiy qism. Til insonlar o‘rtasidagi aloqa vositasi bo‘lishdan tashqari, u millatning tarixiy xotirasi, tafakkuri, dunyoqarashi va madaniyatini o‘zida mujassam etgan noyob hodisadir. Ona tili orqali inson o‘zligini anglaydi, atrof-muhitni idrok qiladi, milliy qadriyatlarga ega bo‘ladi. Til rivoji millat ravnaqi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli har bir xalq o‘z tilini asrab-avaylashga, uni yosh avlodga beg‘ubor holda yetkazishga intiladi. Adabiyot esa tilning badiiy shaklidir. U orqali insoniyat tafakkuri, tuyg‘usi, orzu-umidlari badiiy obrazlar vositasida ifodalanadi. Adabiy asarlar xalqning ichki dunyosini, tarixini, g‘am-tashvishini, quvonchini o‘zida aks ettiradi. Masalan, Alisher Navoiy o‘z asarlari orqali nafaqat o‘z davrining badiiy tafakkurini, balki o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini ham namoyon qildi. Uning ijodi orqali tilimiz yuksak ilmiy, falsafiy va estetik darajaga beqiyos rivojlandi. Til va adabiyot uyg‘unligining ijtimoiy hayotdagi roli nihoyatda muhimdir. Bu ikki unsur orqali yoshlar tarbiyalanadi, ma’naviy qadriyatlarga hurmat oshadi, Vatanga, xalqqa sadoqat ruhida kamol topadi. Ayniqsa, hozirgi zamonda texnologiya va chet tillar ta’sirining kuchayishi ona tiliga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirishni talab qilmoqda. Shu sababli adabiyot darslari orqali nafaqat badiiy asar o‘rganiladi, balki tilga, milliylikka muhabbat, estetik qarashlar shakllanadi. Xulosa. Til va adabiyot millatning ma'naviy asoslarini mustahkamlovchi kuchli vositadir. Ular orqali avlodlar orasidagi bog‘liqlik saqlanadi, madaniyat uzviy davom etadi, milliy o‘zlik qadrlanadi. Har bir inson, ayniqsa yoshlar, til va adabiyotning asl mohiyatini anglab, uni ardoqlashi hozirgi zamon talabidir.Bu esa yurtimiz ravnaqi, ma'naviy yuksalishi va madaniy merosning saqlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Demak, til va adabiyot nafaqat fan, balki hayot maktabi hamdir.Bugungi kunda til va adabiyotga yurttimizda katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, tanlovlar va ijodiy uchrashuvlar bunga yorqin misoldir. 6 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent: Ma’naviyat, 2008-yil. 2. Jo‘raev N. Til — millat ko‘zgusi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 3. Mamarasulov Q. Adabiyot va milliy o‘zlik. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 4.G‘afurov N. Ona tili va adabiyot ta’limining dolzarb masalalari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 7
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается значение языка и литературы в формировании национального духовного сознания.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается значение языка и литературы в формировании национального духовного сознания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- native language, literature, spirituality, national values, tarbiya, ma'naviyat, tafakkur, adabiyot, ona tili, milliy qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024