Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAGISTRATURA BOSQICHIDA KOGNITIV LINGVISTIKANI O‘QITISH: MAQSADLAR, YONDASHUVLAR VA TAJRIBALAR
Sadinova Mohira Abdirashid qizi · Садинова Мохира Абдирашид кизи · AND EXPERİENCES · Sadinova Mohira Abdirashid qizi · Theoretical Spanish Linguistics (UzSWLU, Intern-teacher at the Department of)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article analyzes the goals, approaches, and practical experiences of teaching cognitive linguistics in master’s programs. The theoretical foundations of cognitive linguistics, teaching methods, and the use of innovative technologies are examined. The article also addresses challenges in the educational process and ways to overcome them. The research results contribute to the development of an effective educational system aimed at deepening master’s students’ knowledge and skills. 57 Key words: Cognitive linguistics, master’s program, teaching methods, linguistics, innovative technologies. Bugungi kunda tilshunoslik sohasida kognitiv lingvistika muhim o‘rin tutmoqda. U tilni inson ongining faoliyati va kognitiv jarayonlar nuqtai nazaridan o‘rganadi hamda til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab bog‘liqliklarni ochib beradi. Kognitiv lingvistikaning nazariy va amaliy jihatlari nafaqat tilshunoslikka, balki ta’lim jarayoniga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Magistratura bosqichida kognitiv lingvistikani o‘qitish nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishga qaratilgan. Bu fan yordamida talabalar tilni yanada chuqurroq tushunib, uning murakkab strukturaviy va konseptual tomonlarini anglay olishadi. Ushbu maqolada magistrantlarni kognitiv lingvistika asosida oʻqitishning maqsadlari, yondashuvlari va metodlari hamda amaliy tajribalar tahlil qilinadi. Shuningdek, kognitiv lingvistikani o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Kognitiv lingvistika — tilni inson ongining kognitiv jarayonlari bilan bog‘liq tarzda o‘rganadigan ilmiy soha hisoblanadi. Bu yo‘nalish til va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganib, til shakllarining ma’nolarini inson miya faoliyati orqali tushunishga harakat qiladi. Lakoff va Johnsonga koʻra kognitiv lingvistika tilde metafora orqali namoyon boʻladi va tilni inson tajribasi bilan chambarchas bog‘laydi [3]. Kognitiv lingvistikaning asosiy tushunchalari sifatida mental kontseptlar (ongda shakllangan tushunchalar), metafora va metonimiya kabi kognitiv jarayonlar, til birliklarining ma’nolarini kontekstda o‘rganish kabilarni olish mumkin [1]. Kognitiv lingvistika tilning semantik va sintaktik tuzilmalari bilan bog‘liq kognitiv model va sxemalarni ishlab chiqadi va tilni insonning idrok doirasida tushunishga intiladi. Tomas Ungerer va Hans-Jörg Schmidlarning fikricha, kognitiv lingvistika tilni oʻrganishda alohida ahamiyat kasb etib, uning yordamida til o‘rganuvchilar til birliklarini faqat yodlash bilan cheklanmay, balki ularni yanada chuqurroq tushunish imkoniga ega bo‘lishadi [4]. Kognitiv lingvistika tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlaridan farqli tilni inson miya faoliyati doirasida, bilim va tajriba bilan bog‘liq jarayon sifatida ko‘radi [3]. Ushbu yondashuv til o‘qitishda innovatsion metodlarni qo‘llashga asos yaratadi, masalan, vizualizatsiya, konseptual xaritalar va interaktiv mashqlar orqali o‘rgatish. So‘nggi yillarda kognitiv lingvistika magistratura bosqichida o‘qitishda keng qo‘llanilmoqda. Bu esa tilshunoslikda yangi konseptlar va metodlarni ishlab chiqish hamda amaliyotda tatbiq etishga yordam beradi. Magistratura bosqichida kognitiv lingvistikani o‘qitishning asosiy maqsadi talabalar bilim darajasini oshirish, tilni chuqur tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Ushbu fan yordamida magistrantlar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishadi, balki til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab bog‘liqliklarni amaliy jihatdan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, kognitiv lingvistika tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur kognitiv kompetentsiyalarni shakllantirish ham muhim vazifa hisoblanadi. O‘qitishda turli yondashuvlar qo‘llaniladi. Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun interaktiv darslar, seminarlar va ilmiy muhokamalar tashkil etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda esa vizualizatsiya, konseptual xaritalar, metafora va metonimiyani aniqlash kabi usullar keng 58 qo‘llaniladi. Innovatsion texnologiyalar yordamida o‘quvchilar mustaqil fikrlash va tahliliy ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Innovatsion yondashuvlar doirasida interaktiv platformalar, multimedia vositalari va guruh ishlari qo‘llanilib, talabalar mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va ilmiy tadqiqotlarni olib borishga o‘rgatiladi. Bu usullar o‘qitish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi. Bu yondashuvlarning barchasi talabalarda analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ularni nafaqat tilshunoslik, balki boshqa fan sohalarida ham tadqiqotlar olib borishga tayyorlaydi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning o‘z metodikasini doimiy ravishda takomillashtirishlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishlari ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, kognitiv lingvistikani o‘qitish jarayonida qiyinchiliklar ham uchraydi. Jumladan, terminologiyaning murakkabligi, talabalarning yangi konseptsiyalarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklari,
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the goals, approaches, and practical experiences of teaching cognitive linguistics in master’s programs.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the goals, approaches, and practical experiences of teaching cognitive linguistics in master’s programs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cognitive linguistics, master’s program, teaching methods, linguistics, tilshunoslik, innovatsion texnologiyalar., magistratura, ta’lim metodlari, Kognitiv lingvistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025